Annotatsiya


Boshqaruv nazariyalarining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə3/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Boshqaruv nazariyalarining rivojlanish bosqichlari

Menejment fanining shakllanish davriga qadar, insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab, insonlar u yoki bu shakl va mazmunda faoliyat ko‘rsatganlar. Ular hayotiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida mehnat qilishgan va farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan, shu davrlardayoq boshqarishga muxtojlik vujudga kelgan, ularning mehnat faoliyatlari davomida o‘zaro munosabatlar shakllanib borgan, mazkur jarayonlarda o‘zaro ta’sir, munosabatlar, boshqarish usullari shakllanib, rivojlanib borgan bo‘lib, bu davrlarni boshqarishning amaliyot davri deb aytish mumkin.

Qadimda va ayniqsa, o‘rta asrlarda shakllangan davlatlar, imperiyalar faoliyati murakkab tashkilotlarni boshqarish amaliyotidan darak beradi. Turkistonda Amir Temur hukmronligi vaqtida barpo etilgan va bugungi kungacha saqlanib kelayotgan tarixiy obidalarning yaratilishi turli kasb egalarining o‘zaro munosabatlari rasmiy tarzda shakllanganligidan va ular ma’lum bir maqsad yo‘nalishida boshqarilganligidan dalolat beradi. Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu.Sezarь, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asrlarda Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‘lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor - mulk egasi ishlab chiqarishni o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan.

XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshlanadi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni faoliyatning maxsus bilimlarni talab etuvchi maxsus sohosiga aylantiradi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usularini izlashga olib keladi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilm, fan vujudga kelgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning isboti sifatida boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining bir necha tarixiy davrlarga bo‘linishini ko‘rishimiz mumkin (jadval).



Davrlar

Rivojlanish bosqichlari

I Davr (Qadimiy davr)

Birgalikda mehnatni tartibga solish va tashkil qilishning eng birinchi, oddiy, boshlang‘ich shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kelgan. Bu davrda boshqarish urug‘, jamoa, qabila a’zolari bilan birgalikda maslahatlashib amalga oshirilgan. Qadimiy Misrda davlat xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha boy tajribalar to‘plangan bo‘lib, bu davrda (eramizdan avvalgi 3000-2500 yillar) yetarli darajada rivojlangan davlat boshqarish apparati va unga xizmat qiluvchi qatlam (amaldor-mirzalar) shakllanadi. Boshqaruv faoliyatiga birinchilar qatori tavsif bergan shaxs SUKROTdir (eramizdan avvalgi 480-397 yillar). U boshqarishning turli shakllarini tahlil qilish asosida boshqarishning universallik tamoyilini tadqiq qildi. Platon (eramizdan avvalgi 428-394 yillar) davlat boshqarish shakli klassifikatsiyasini yaratdi. ALEKSANDR MAKEDONSKIY (eramizdan avvalgi 365-323 yillar) harbiylarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi.

II Davr (Industrial davr)

Bu davrda davlat boshqaruvi nazariyasi sohasida Adam Smitning xizmati katta bulib, u boshkarish soxasida mutaxassis sifatida tanildi, chunki u mexnat taksimotining turli shakllarini taxlil kilib, shox, va davlat majburiyatlariga tavsif berdi. Robert Ouenning ta’limoti menejment maktablarining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning ishlab chiqarish boshqarishini insonparvarlashtirish, hamda o‘qitish zaruriyatini tan olish, ishchilarning mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarb masaladir. Boshqarish nazariyasi va amaliyotida birinchi burilish hisoblash texnikasining yaratilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir.

III Davr (Tartibga solish davri)

Bugungi menejment XIX asrda sodir bo‘lgan sanoat inqilobi natijasi bo‘lib, ishlab chiqarishning boshlang‘ich tipi bo‘lgan fabrikalarning paydo bo‘lishi va katta guruhdagi kishilarni ish bilan ta’minlash zaruriyati, ularning individual egalarining barcha xodimlar faoliyatini nazorat qilish va boshqarishni murakkabligi natijasida eng yaxshi xodimlarni tanlab olib ularni o‘qitishlari birinchi menejerlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, chunki ular joylarda korxona egalari manfaatlarini ifodalashi mumkin edi.

IV Davr (Axborot davri)

So‘nggi boshqarish nazariyalari asosan boshqarishga oid “miqdoriy maktab” vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu maktabning paydo bo‘lishi boshqarishda matematika va kompьyuterlarni qo‘llash bilan bog‘liqdir. 60-yillarda matematik tahlil va menejerning sub’yektiv qarorlarining integratsiyasiga erishadigan matematik apparat yordamida foydalanishga asoslangan boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqish boshlandi. Bir qator boshqarish funksiyalarining formalashuvi inson va EHM mehnatining birga qo‘shilishi, tashkil qilish elementi tarkibini qayta ko‘rib chiqishni talab qila boshladi. Hozir matematik usullar amalda boshqarish fanining barcha yo‘nalishlarida foydalanilmoqda.

F.Teylor (1856-1915) menejmentni o‘rganishga kirishgan birinchi mutaxassislardan, uni inson samaradorligi emas, tashkil qilish faoliyati samaradorligi qiziqtirgan bo‘lib, ilmiy boshqarish maktabining rivojlanishiga asos soldi va “Ilmiy boshqarish” maktabi asoschisi sifatida mehnatni me’yorlash asoslarining metodologiyasini ishlab chikdi, amaliyotga ishchilarni tanlab olish, joylashtirish va mehnatni rag‘batlantirish ilmiy yondashuvini tatbiq qildi.

Boshqarish fanining rivojlanishi F.Teylor va J.Shilbertlar nomi bilan ham bog‘liq, ular mehnat harakatlari sohasida tadqiqotlar o‘tkazib, ish joyini tashkil qilishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqdilar. Boshqaruv nazariyalari asoschilaridan biri A.Fayol boshqarish jarayonining 5 ta asosiy funksiyalari: rejalashtirish, tashkil qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, rahbarlik (motivlash) va nazoratni ajratib ko‘rsatadi.

A.Fayol tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarning mohiyati quyidagicha:



  • mehnat taqsimoti;

  • avtoritet va hokimiyat mas’uliyati;

  • intizom;

  • rahbarlik birligi;

  • farmoyish birligi;

  • shaxsiy manfaatning umumiy manfaatga bo‘ysunishi;

  • mehnatni rag‘batlantirishning markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv muvozanati;

  • bir turdagi menejerlarning ishini muvofiqlashtirish;

  • tartib;

  • odillik;

  • samimiylik;

  • xodimlar qat’iyligi;

  • tashabbus.

R.Ouen birinchi bo‘lib kishilarga e’tiborni qaratish zarur degan fikrni olga suradi, uning g‘oyasi bo‘yicha firmalar stanok va mashinalarga qarashga ko‘p vaqt sarflab odamlar haqida oz g‘amxo‘rlik qiladi. Uning g‘oyasining asosiy mazmuni insonlarga ham e’tibor qaratish, ular uchun ham vaqt sarflash, ularga g‘amxo‘rlik qilish, dam olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishdan iborat.

E.Meyo “inson munosabatlari” maktabining asoschisi hisoblanadi. U ishchilar guruhi o‘z nazorat tizimiga ega bo‘lgan ijtimoiy tizim ekanligini asoslagan holda, mazkur tizimga ma’lum tarzda ta’sir etib, mehnat natijalarini yaxshilash mumkin, deb hisoblagan edi. “Inson munosabatlari” harakatida asosiy e’tibor insonlarga qaratilsa, ilmiy boshqarish harakatida esa ishlab chiqarishga qaratilishi sababli “inson munosabatlari” harakati butun ilmiy harakatga qarama-qarshi turib qoldi. Asosiy g‘oya shundan iboratki, kishilarga oddiy e’tiborni qaratish mehnat unumdorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tashkilot samaradorligini oshirish, undagi inson resurslari samaradorligini oshirish orqali amalga oshiriladi.

D.Mak-Gregor (1906-1964) ta’limoti “inson munosabatlari” maktabida alohida o‘rin tutadi. U “X” va “U” nazariyasi asosida 12 xodimlarga kuyidagicha ta’rif beradi.

“X” nazariyasi - bu toifaga mansub insonlarni mehnatga majburlash, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur bo‘lib, ular mehnatdan bo‘yin tovlashga intiladi. Ularni nazorat qilib turish, qistash va muntazam ravishda mehnatga yo‘naltirib turish lozim. Bu toifadagi insonlar rahbar nazoratida faoliyat ko‘rsatishni afzal ko‘radi, mas’uliyatdan bosh tortishga intiladi, faqat o‘z xavfsizligi uchun tashvishlanadi.

“U” nazariyasi - mazkur toifaga mansub kishilar tabiatan passiv bo‘lib yaratilmagan. Ular faol, tashabbuskor, g‘ayratli va uddaburon bo‘lib, tashkilotdagi ishlar yaxshi tashkil etilmagani tufayli loqayd bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu toifadagi xodimlarda jismoniy va aqliy mehnatga intilish, mas’uliyatni his etish hislatlari shakllangan bo‘ladi. Bunday kishi nafaqat o‘ziga mas’uliyat oladi, balki unga intiladi, ularda o‘zini-o‘zi nazorat qilishga moyillik bo‘lgani uchun tashqaridan nazoratga va alohida e’tiborga muhtoj emas.

XX asrning 60-80-yillarida Farbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. Fapb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida: tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishgan; yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqishgan; bir qancha o‘zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta’sirini o‘rganishgan.

Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch.Barnard, G.Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to‘rtta: tizimli, vaziyatli, funksional va miqdorli yondashuvlarni asoslab berishgan. P.M.Kerjensev (1881-1940) boshqaruv yo‘nalishida juda katga ahamiyat kasb etuvchi ishlarni amalga oshirgan bo‘lib, uning boshqarish bo‘yicha “Mehnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish tamoyillari”, “Vaqt uchun kurash” kabi asarlari boshqarish yo‘nalishida darsliklarni yozishda asos qilib olingan. 1950 yillarning oxiridan boshlab boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchayadi va shu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish instituti, boshqarish va normativ bo‘yicha markaziy ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etiladi. Mazkur oliy o‘quv yurtlarining “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Boshqarish” kafedralari va fakulьtetlari tashkil etilib, ular bo‘yicha maxsus fanlar o‘qita boshlangan.

Menejment nazariyalarining rivojlanish tarixi rejalashtirish, tashkil qilish, kadrlar tanlash, boshqarish va nazorat qilish kabi boshqaruv faoliyatlarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida bugungi kun menejmenti shakllanib, rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida rahbarlar faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv tizimini isloh qilish va rivojlantirishga ham juda katta e’tibor qaratilmoqda.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin