otgan mulohazalarini chuqur tahlil qildi; eski faylasuf-
laming nazariyalari bilan solishtirdi. Yozm oqchi bo‘l-
gan kitobida bu masalalarni m um kin qadar keng
oydinlatishga qaror berdi.
Kunjut sepilgan no n bilan sarig‘ m ag‘izni chaynab,
fikrlariga berilib, o ‘zicha kim lar bilandir xayolan
bahslasharkan, Zayniddin kirib keldi. D o ‘stini keyingi
vaqtlarda siyrak k o ‘radigan bo ‘lgani uch u n juda
sog‘ingan Sultonm urod cheksiz quvonch bilan qu-
choqlab, o ‘z yoniga o ‘tqazdi. Sultonm urod Shohrux
madrasasiga mudarris tayin etilgan vaqtda Zayniddin
o ‘zini xattotlik, m usiqiy va shatranjga butunlay
bag‘ishlagan edi. H aqiqatan, bu uch sohada u zamon-
ning oldingi kishilari qatoriga o ‘ta boshlagandi.
B undan tashqari, u toshlarga o‘yma naqshlar solish,
bitiklar yozish san’atida ham m ahorat kasb etgandi.
Shuncha m ashg‘ulotga qaramay, Zayniddin sho‘x,
yengil hayot va ajoyib mojarolar uchun vaqt topar,
ko‘rinishda go‘yo bekorchidek yashar edi.
D o ‘stona hazil va ginaxonlikdan so‘ng ular birpas-
da talay voqealar to ‘g ‘risida so'zlashib olishdi,
N ihoyat, Zayniddin tashqi ko ‘rinishda tam om bepar-
vo olimning soqol bosgan yuziga tikildi-da, boshini
chayqadi.
— Seni ishq ofati ich-ichingdan yondirm oqda...
Ishq dardi eskigan sari o'tkirlashadi.
— Yanglishasen, m en ishq dardini yengmoqqa
qodirm en, — g‘amgin so‘zladi Sultonm urod.
— Yashirish m um kin emas! Navoiy janoblari yozda
«Farhod va Shirin»dan bir bobni o ‘qib berganlarida
sen bor eding, shekilli. M ana bu misralam i xotirla:
Dostları ilə paylaş: