O Mir, tu piri mo ba irshodi tuyyom,
Doim ba duogo ÿiyu bo yodi tuyyom.
In shahr ba tu xushastu mo botu xushem,
Mardumi xarobi Astrobodi tuyyom1.
Xurosonning eng uzoq burchaklaridan salom va
tabriklar yog‘ildi. Bu — podshohga va uni qursha-
gan fitnachilarga toza yuraklarning, aqllarning javobi
edi.
1 M a ’ n o s i: Ey M ir, sen pirim izsen , b iz sen in g irshoding b ila n harak at qil-
m oqdam iz.
D o im o ishim iz seni y o dlash va seni du o q ilish d an ib oratdir.
Bu s h a h a r sen bilan xush k o 'rin a d i, b iz esa sen b ila n k o 'n g lim iz n i xush etam iz.
Biz
0
‘lg an im iz h o ld a sening A stro b o d in g n in g x arobi b o 'lu rm iz.
299
Navoiy shiringina, zavq bilan yasog‘liq uyda tanho
ishlar edi. Uning tevaragida gilam ustida juz-juz
qog‘ozlar, toza charm dan yasalib, chiroyli o ‘yma
gullar ishlangan juzdon, uyum-uyum daftarlar qalashib
yotardi. B a’zilarini chang qoplagan, b a’zilarining chet-
lari titilgan, dog‘-dug‘ tushgan... Bu uning g‘azallari
edi. G ‘azallarning bir qismi ayrim, kichkina devon-
larga to ‘planib, keng tarqalgan bo‘lsa ham , hammasi
bir kitobda, m a’lum tartibda terilmagan edi. Astro-
bodda Navoiy, ko‘pdan buyon xayolini band etib,
lekin tinch vaqt topolm aganidan orqaga tashlab kela-
yotgani orzuga — katta devon tuzishga kirishdi.
U g‘azallarni umrining poyalariga qarab — bolalik,
yigitlik, o ‘rta yoshlik, nihoyat, qarilik kabi to ‘rt faslga
b o ‘lishni m a ’qul ko'rdi va qog‘ozlarni bir-bir ko‘zdan
kechirib, ayira boshladi. G ‘azallar behad ko‘p, ular-
dan butun yashalgan umrning qaytmas nafasi gurul-
laydi. Ham m asining bir tarixi bor, maskani bor. M a
na, M ashhadda tashlandiq hujrada xasta-g‘arib yashar-
kan, o ‘n olti, o ‘n yetti yoshlarida yozgan g‘azallar...
M ana bu Samarqandga kelgan kunlarda. X o‘ja Fazul-
lo Abdullaysning xonaqosidagi hujrada aytgan mis-
ralar. M ana, ko ‘ngilning toza, sirli hayajonlari bilan
ko‘ksi to ‘lib, maktabdan qaytish bilan bir burchakka
tanho tiqilib aytgan ilk g‘azallar. Bularni m ehribon
onasiga o ‘qib bergandi, u qanday suyungan, bag‘riga
bosib, qanday o ‘pgan edi; Bu b o ‘saning m ehrini shoir
go‘yo o ‘z yuzida shu damda tuyganday bo ‘ldi.
Otasi G ‘iyosiddin Kichkina bu o ‘ychan, xayolchan
o ‘g ‘ilchaning ilk mashqlarini o ‘qib, hayajon bilan uni
quchoqlam aganmidi? Sovg‘alar keltirmaganmidi? Bu
g‘azallar yillarning qa’ridan jonli iliq xayollami, xoti-
ralam i uyg‘otdi. Navoiyning ko ‘z oldidan o ‘zining
bolaligi o ‘tdi. U kichkina Alisherni ko ‘rdi. Ancha vaqt
xayollar, xotiralar sehrida qoldi. Yuragida hasrat
qaynab ketdi. Bu — um r tongini sog‘inish edi, chaqa-
loq onasining qo ‘lida turib, to ‘lin oyga qo ‘l uzatgani
kabi, behuda, lekin m a’nodor hasrat edi...
* * *
300
Shoir boshqa bir daftarni ko‘zdan kechirdi. M ana
bu bayt uning butun borlig‘ini egallab oldi:
Dostları ilə paylaş: |