Aylanma mablag`lar tarkibini nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazardan natural-moddiy shakllari va qiymat ko`rsatkichi sifatida tasniflash zarur.
Savdo korxonalarining aylanma mablag`lari natural-moddiy shakllari bo`yicha quyidagi tarkiblardan (elementlardan) iborat bo`ladi:
Tovar zaxiralari (chakana savdo shoxobchalarida, ulgurji savdo omborlarida, yo`lda, ommaviy ovqatlanish korxonalarida).
Xom ashyo va tayyor mahsulotlar (ommaviy ovqatlanish korxonalarida).
Taralar, yoqilg`i, qodoqlash materiallari.
Xo`jalik ehtiyojiga ishlatiladigan materiallar (kassa cheklari, kompyuter kraskalari kabi).
Arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan tez eskiradigan mehnat qurollari.
Sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar.
Aylanma mablag`lar qiymati bo`yicha quyidagicha tasniflanadi.
Tovar zahiralari summasi. Aylanma mablag` tarkibida tovar zahiralarini summasi 60-70 % tashkil qiladi.
Debitorlik qarzlari. Savdo korxonalariga qarzdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va boshqa narsalar bo`yicha qarzlari summasi.
Pul aktivlari. Savdo korxonalarining kassasidagi, bankdagi hisob va valyuta raqamlaridagi pul va boshqalar sifatidagi mablag`lari.
Qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar. Savdo korxonalarini har xil qimmatbaho qog`ozlarga qo`yilgan mablag`lari, bankdagi depozit hisob raqamidagi pullari. Ularni ishlatilish muddati bir yilgacha, shu sababli ular iqtisodiy mazmuni jihatidan foyda (daromad) olish maqsadida qisqa muddat ichida bo`sh pul mablag`laridan foydalanishni ifoda qiladi.
Aylanma mablag`larni boshqa turlari. Bularga kelgusi davr qilingan xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar kelgusi asosiy faoliyatga doir bo`lib, lekin hisobot davrida amalga oshiriladi. Ularga masalan: oldindan to`langan ijara haqlari; oldindan to`langan boshqa tarmoqlarning xizmat haqlari; boshqa oldindan bo`nak (avans) sifatidagi to`lovlar kiradi.
Ushbu xarajatlar hisobot yilida amalga oshirilgan bilan kelgusi davrning muomala (davr) xarajatlarida o`z aksini topadi.
Aylanma mablag`lar ularni rejalashtirilishi nuqtai nazardan normalashtiriladigan aylanma mablag`lar va normalashtirilmaydigan aylanma mablag`larga bo`linadi.
Miqdori real aniqlanishi normalar va normativlar orqali mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar normalashtiriladigan aylanma mablag`lar tarkibiga kiradi.
Normalashtirilishi mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar tarkibiga quyidagilarni kiritish zarur: