часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
231
rahbar, partiya xodimlari qoldirilmadi. Ayrimlari yaqqol ko`zga tashlanmaganlar xufiy
nazoratga olindi.Respublikada birinchi qatag`on qurboni respublika Xalq Komissarlari Soveti
raisi Fayzulla Xo`jayev edi. U 1896 yili Buxoroda savdogar millioner oilasida dunyoga kelgan.
Fayzulla Xo`jayev 1922-1924 yillarda Buxoro Respublikasi Mehnat va Mudofaa Sovetining
raisi bo`ldi.1920 yil 11 sentabrda BKP safiga kirdi. So`ngra Buxoro Komunistik Partiyasi MK
tarkibiga ham kiritildi. 1920 yil oktabrda Buxoro Xalq Nozirlari Soveti raisi qilib
saylandi.RKP(b) MKning 1924 yil 5 noyabrdagi qaroriga binoan O`zbekiston revkomi raisi
etib tasdiqlandi. 1925 yil 14 fevraldan 1937 yil 17 iyungacha O`zbekiston SSR XKS raisi
lavozimida ishladi.1923 yilning boshlarida F.Xo`jayev Germaniyada bo`ladi. Maqsad el
dardiga davo izlash ya`ni, Germaniyaning Buxorodagi elchixonasini ochish, Rossiyaning
Buxoro Xalq Respublikasi ichki ishlariga aralashuvini oldini olish edi.
Fayzulla Xo`jayev siyosiy bilimli, madaniyatli, savdoxonli bo`lishga doim katta e`tibor
bergan. Mana uning o`z yaqinlari davrasida aytgan so`zlari: "Sizlar o`qimay qo`ydinglar. O`z
ustimizdan ishlamayapmiz. Madaniy darajamiz va ma`naviy qiyofamiz achinarli holatga
kelib qoldi. Biz ana shu savodsizligimiz oqibatida Vatanni, Buxoroni boy berib qo`ydik. Shu
sababli ham o`z Vatanimizda rahbarlik ishlarini qo`lga ololmadik va mustaqillik yo`lida aql
bilan ish yurita bilmadik."
1938 yilning 2-13 martida Moskvadagi Soyuzlar uyining katta zalida F.Xo`jayev va bir
guruh partiya Sovet xodimlari sud qilindi. Unga Sovetlarga qarshi, millatchi degan aybnoma
qo`yildi va otib tashlandi. Keyinchalik Fayzulla Xo`jayev o`limidan so`ng oqlandi.
1937 yilgi qatag`on Akmal Ikromovni ham chetlab o`tmadi. A. Ikromov qanday odam
edi?
U 1898 yil 14 noyabrda Toshkentdagi O`hchi mahallasida yashovchi Ikrom domla
oilasida dunyoga keldi. Onasi Tojiniso opa ma`rifatli ayol edi. Ular uylarida ochilgan
maktabda bolalarni o`qitar edilar. Yosh Akmal ham ularga qo`shilib savodini chiqaradi, diniy
va dunyoviy darsliklarni, kitoblarni o`qish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1918 yil 18 fevralda eski
shahar tashkiloti A. Ikrsmovni bolsheviklar safiga qabul qiladi. Ushbu davrdagi barcha
ziyolilar qatori u ham sovet mafkurachilarining nayrangiga ishonib aldandi. Shu kundan
e`tiboran u, partiya qayerga yuborgan bo`lsa o`sha yerda, o`z kuchi va bilimini ayamay sarf
qildi. 1926 yilda "Hujum" tadbiri buyicha partiya a`zosi sifatida Toshkent, Farg`ona,
Namangan, Karshi, Termiz va boshqa shaharlarda faol xotin-qizlar bilan uchrashdi. 1926
yilda Mehnat Qizil Bayroq, 1935 yil dekabrida Lenin ordeni bilan taqdirlandi.
1937 yil 2-13 mart kunlari Moskvadagi Soyuzlar uyning katta zalida F.Xo`jayev,
A.Ikromov va boshqalar sud qilinadi va 15 mart kuni shoshilinch ravishda qamoqxonada
otib tashlanadi.Toshkendagi qamoqxonada ushlab turilgan xotini Zelkina ham 1938 yilning 7
oktabrida otib tashlanadi. Akmal Ikromovning 5ta aka ukalari va 2ta o`g`li ko`p yillar
davomida qamoq va surgunlarda sarson bo`lishadi.1953 yil iyul Plenum qarorlari asosida
tuzilgan maxsus komissiya ishi asosida 1957 yil 31 iyuldagi qaroriga asosan A. Ikromov
oqlandi va partiya safiga qayta tiklandi.