MAVZU: Korreksion pedagogika va inklyuziv ta'lim asoslari
REJA:
REJA:
1.Korreksion pedagogika - pedagogika faninig tarmog'i sifatida.
2.Korreksion pedagogikaning tarkibiy qismlari, tuzulishi va tizimi.
3.Inklyuziv talim va uning o'ziga xosliklari.
4.Inklyuziv ta'lim metodlari.
Korreksion pedagogika —aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korreksion pedagogika so‘zi lotincha tuzatish— bartaraf etish, pedagogika— ta’lim-tarbiya, urganish degan suzlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomalos suzidan olingan).
Korreksion pedagogika —aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korreksion pedagogika so‘zi lotincha tuzatish— bartaraf etish, pedagogika— ta’lim-tarbiya, urganish degan suzlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomalos suzidan olingan).
Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi anomal, aloxida yordamga muxtoj bolalardir. Korreksion pedagogikaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish, shular, asosida integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir. Korreksion pedagogika fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsiyalashgan-inkiyuziv xamda differensial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yullarini tarbiyachi hamda o‘qituvchilarga ko‘rsatib berishdan iborat. Anomaliyalar har xil bo‘ladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, ba’zilari esa kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo‘pol kamchiliklar bo‘lsa, to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish yo‘li bilan ularni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlik shular jumlasidandir.
Korreksion pedagogika nisbatan yangi fan. U asosan 19 asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor Vigotskiy L. S. boshqardi.
L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham o‘rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi.
Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta buldi.
O‘zbekistonda korreksion pedagogika fanining rivojlanish 1967 yildan boshlab tezlashdi, chunki shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘limga 1976 yili surdopedagogika bo‘limi qo‘shildi. 1984 yili esa mustaqil defektologiya fakultetining bir necha bo‘limida ta’lim berila boshlandi.
Hozirgi kunda TDPU BTU va defektologiya fakultetida Defektologiya kafedrasi faoliyat ko‘rsatmoqda, defektolog bakalavr va magistrlar taxsil olmoqdalar.Tallim kunduzgi va sirtqi bo‘limda uzbek va rus tilida tashkil etilgan.
Inklyuziv taʼlim rasmiy taʼlim tushunchasidan ancha kengroq. Bu taʼlimda koʻproq oʻqishda, oʻrganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi.
Maxsus taʼlim aqliy, jismoniy tashqi koʻrinishga muvofiq amalga oshirilsa, inklyuziv taʼlim bolaning qobiliyati va imkoniyatlariga koʻra belgilanadi.
Inklyuziv taʼlim jarayonida ota-onalar bilan ishlash ham muhim. Taʼkidlash joizki, alohida ehtiyojli ota-onalarga ularning farzandlari jamiyatning bir boʻlagi boʻlish huquqiga ega ekanini tushuntirish, bu ishonchni ularning ongiga yetkazish kerak. Mamlakatimiz taʼlim tizimida bu masalaga alohida eʼtibor qaratiladi.
Amerika pedagogikasi inklyuziyani ommaviy maktabni oddiy bolalar va rivojlanish muammolari bo'lgan bolalarning birgalikdagi ta'lim vazifalari va ehtiyojlariga tubdan o'zgartirish sifatida qaraydi. Nemis tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda "inklyuziya" atamasi nisbatan kam qo'llaniladi. Bu erda ular "integratsiya", "birgalikda o'rganish", "inklyuzivlik" atamalarini ishlatishda davom etadilar. Amerika ta'lim modeliga amal qiladigan mamlakatlar, shu jumladan Rossiya, "inklyuzivlik" atamasini tobora ko'proq ishlatmoqda
Inklyuziv ta'lim va tarbiya uzoq muddatli strategiya bo'lib, mahalliy ish sohasi sifatida emas, balki umumiy ta'lim tizimining barcha sohalarda faoliyatini tashkil etishga tizimli yondashuv sifatida qaraladi.