1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI
VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
Dehqonchilik va melioratsiya asoslari
kafedrasi
5410200
–
agronomiya
(dehqonchilik mahsulotlari bo’yicha) ta’lim
yo’nalishi bakalavriat bitiruvchisi
Sanaqulova Zulayxo Saloxiddinovnaning
бitiruv malakaviy ishi
Mavzu: Kuzgi bug’doy hosildorligiga uning begona o’tlariga qarshi kimyoviy
kurash tadbirlarining ta’siri
Ilmiy rahbar, assistent _________ K.Sh.Bozorov
Ish ko’rib chiqildi va
himoyaga qo’yildi. Agronomiya fakulteti
O’simlikshunoslik va dehqonchilik dekani, dotsent
kafedrasi mudiri, _________ D.S.Normurodov
professor _______ K.M.Mo’minov “____”_______2016 yil
“______”_________ 2016 yil
SAMARQAND-2016
4
MUNDARIJA
KIRISh...................................................................................................
5
1.
Adabiyotlar tahlili...................................................................................
10
1.1. Begona o‘tlarning klassifikatsiyasi va ularning keltiradigan zarari.........
10
1.2. Begona o‘tlarning dehqonchilikdagi zarari……………………………...
31
1.3. Begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurashish tadbirlari..............................
34
2.
Asosiy qism...............................................................................................
39
2.1. Begona o‘tlarni hisobga olish uslublari………………………………….
39
2.2. Kuzgi bug‘doyzorlarda tarqalgan asosiy begona o‘tlar va ularning zarar
keltirish indeksi.........................................................................................
41
2.3. Begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan gerbisidlarning tavsifi.................
44
2.4. Gerbisidlarning begona o‘tlarni turlariga ta‘siri........................................
45
2.5. Gerbisidlarning kuzgi bug‘doy o‘sishi rivojlanishi va hosildorligiga
ta‘siri..........................................................................................................
53
2.6. Begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan gerbisidlarning don sifatiga ta‘siri...
57
2.7. Kuzgi bug‘doy begona o‘tlariga qarshi qo‘llanilgan gerbisidlarning
iqtisoliy samaradorligi...............................................................................
61
4.
Gerbisidlar bilan ishlashdagi xavfsizlik tadbirlari…………………... 66
5.
Hayot faoliyati xavfsizligi………………………………………………. 68
5.1. Ekin maydonlarini sug‘orishda (qishda va yozda) xavfsizlik choralari…
68
5.2. Kimyoviy moddalarni tashish va saqlashda shaxsiy himoya
vositalaridan foydalanish………………………………………………...
69
5.3. Biologik xavfli vaziyatlarning kuzgi bug‘doyni o‘sishiga ta‘siri va uni
oldini olish choralari..................................................................................
71
Xulosalar..................................................................................................
73
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.......................................................
75
Ilovalar.....................................................................................................
80
Internet ma’lumotlari......................................................................
83
5
KIRISh
O‘zbekiston Respublikasida don yetishtirishni ko‘paytirish va uning
hosildorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri, kuzgi bug‘doy yetishtirish
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha agrotexnikaviy tadbirlarni, yani jadallashgan
texnologiyalarni
joriy
etish,
o‘g‘it va sug‘orish suvlaridan samarali
foydalanish,donli ekinlarni kasallik, hashorat, zararkunandalardan va begona
o‘tlardan himoya qilish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni
2015-yilda
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
yakunlari
va
2016-yilga
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ham chuqur tarkibiy o‗zgarishlar amalga
oshirilmoqda.
Murakkab
ob-havo
sharoitiga
qaramasdan,
fermer
va
dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‗tgan yili mo‗l hosil
yetishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‗alla, 3 million 350 ming
tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi.
Ta‘kidlash kerakki, bunday mo‗l hosil asosan qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishni
jadallashtirish, seleksiya ishlarini yaxshilash, g‗o‗za va boshoqli don ekinlarining
rayonlashtirilgan
navlarini
joriy
qilish,
zamonaviy
agrotexnologiyalarni
o‗zlashtirish evaziga ta‘minlandi.
Mamlakatimizda bug‗doydan gektaridan o‗rtacha 55 sentner hosil olingani, ayrim
tumanlarda bu ko‗rsatkich 60-77 sentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz,
fermerlarimizning ulkan yutug‗idir.
Shu bilan birga, qishloq xo‗jaligining meva-sabzavotchilik, bog‗dorchilik,
uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari ham jadal sur‘atlarda rivojlandi.
O‗tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming
tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming
tonna meva yetishtirildi.
Qishloq xo‗jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan mahsulotlarni
saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e‘tibor qaratilmoqda. O‗tgan
6
yili qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800
tonna sig‗imga ega bo‗lgan 114 ta yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va
modernizatsiya qilindi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy
quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy
keskin oshib ketishiga yo‗l qo‗ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo‗jaligi
mahsulotlari bilan uzluksiz ta‘minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni
kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda.
Bularning barchasi fidoyi dehqon va fermerlarimiz, barcha qishloq xo‗jaligi
xodimlarining mashaqqatli va sharafli mehnati mahsulidir, desak, ayni haqiqatni
aytgan bo‗lamiz.
Fursatdan foydalanib, bugun, mana shu yuksak minbardan turib, barcha qishloq
mehnatkashlariga yana bir bor chin qalbimdan samimiy minnatdorlik izhor etishni
o‗zimning burchim deb bilaman.
O‗tgan yili iqtisodiyotimizni tarkibiy o‗zgartirish va diversifikatsiya qilishni
chuqurlashtirish, bandlikni ta‘minlash, odamlarimizning daromadi va hayot sifatini
oshirishning muhim omil va yo‗nalishlaridan biri tariqasida xizmat ko‗rsatish va
servis sohasini jadal rivojlantirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirildi.
2015-yilda yalpi ichki mahsulot o‗sishining yarmidan ko‗pi xizmat ko‗rsatish
sohasi hissasiga to‗g‗ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o‗rni va ta‘siri
naqadar katta ekanini ko‗rsatadi. Bugungi kunda xizmat ko‗rsatish sohasining yalpi
ichki mahsulotdagi ulushi 2010-yildagi 49 foizdan 54,5 foizga yetdi. Jami band
aholining yarmidan ko‗pi ushbu sohada mehnat qilmoqda.
Bank, sug‗urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari barqaror
sur‘atlar bilan rivojlanmoqda, ular xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat
qilmoqda. Xizmat ko‗rsatish sohasida 80 ming 400 ta kichik biznes subyekti
faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko‗rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining
80 foizdan ortig‗ini tashkil qiladi.
Qishloq va tumanlarimizda xizmat ko‗rsatish sohasini izchil rivojlantirishga
alohida e‘tibor qaratilmoqda. Qishloq joylarda xizmat ko‗rsatish va servis sohasini
yanada jadal rivojlantirish dasturi doirasida so‗nggi uch yilda 22 ming 800 dan
7
ortiq loyiha amalga oshirildi, ko‗rsatilayotgan xizmatlar hajmi 1,6 barobar,
qishloqda bir kishiga to‗g‗ri keladigan xizmatlar hajmi 1,5 barobar oshdi.
O‘zbekistonda kengayib borayotgan g‘alla maydonlarida juda ko‘plab
turdagi har xil kam, ikki va ko‘p yillik begona o‘tlartarqalgan bo‘lib, ular g‘alla
ekinlarini unib chiqishidan tortib to ularning hosilini yig‘ishtirib olishgacha
bo‘lgan davrlarda o‘simlikning bir miyo‘rda o‘sishi va rivojlanishiga to‘sqinlik
qiladi. Ular suv, yorug‘lik, oziqa moddalaridan va boshqa tashqi muhit omillaridan
juda yaxshi foydalaniladi , o‘g‘itlar tarkibidagi oziqamoddalarini o‘zlashtirish
ko‘rsatkichini 30-40 foizga, don hosili va sifatini 20-50 foizgacha kamaytiradi,
g‘allazorlarda turli xil kasallik, hashorat va zararkunandalarni tarqalishiga sababchi
bo‘ladi
Respublаkamizda
qishloq
xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli
o‘simlikshunoslik mahsulotlari yetishtirishda to‘siq bo‘lib turgan faktorlardanbiri,
begona o‘tlar bo‘lib, ulkan muammolarni yuzaga keltirib chiqarmoqda. Shu sababli
ham, ayniqsa sug‘oriladigan yerlardayetishtirilayotgan boshoqli don ekinlari
maydonidagi begona o‘tlarga qarshi kurashishning ilmiy va amaliyasoslarini har
bir tuproq va iqlim sharoitida har bir ekin va nav bo‘yicha yaratilishi dolzarb
masala hisoblanadi.
Boshoqli don ekinlari yoppasiga ekilib, maxsus ishlov bermasligi sababli
ular orasida begona o‘tlar erkin rivojlanib, suv va oziqa elemetlarini o‘zlashtirishi,
soya qilishi, kasalliklar, zararkunanda, hashoratlarni erkin rivojlanishi uchun qulay
sharoit yaratishi va boshqa salbiy tavsiyalardan don hosildorligi va sifati 40-50
foizgacha pasayadi (Zaxarenko, 1990; Taskoyeva, Taskoyev, 1995).
Sug‘oriladigan yerlarda boshoqli don ekinlari yetishtirilganda qulay sharoit
yanada yaxshilanishi evaziga begona o‘tlarning seravj o‘sishi va rivojlanishi
evaziga dehqonchilikka keltiradigan zarari yanada ortadi (Ibrogimov, 1999; A
zoyev,2006). Shu sababli ham kuzgi bug‘doy dalalaridagi begona o‘tlarni ekologik
sof va samarali gerbesidlar vositasida bartaraf etish zarurati tug‘iladi (Sodelnikov,
2002).
8
Har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitining o‘ziga xos bo‘lishi kuzgi
bug‘doy yetishtiriladigan dalalardagi begona o‘tlarga qarshi gerbesidlarning
tavsiya etilgan me‘yorlari tegishli muddatlarda qo‘llanilganida ham samaradorligi
doimo ham talablar darajasida bo‘lavermaydi.
Gerbisidlarning begona o‘tlarga tanlab ta‘sir etish xususiyati ba‘zi bir
begona o‘tlarni bartaraf etsada, ayrimlariga umuman ta‘sir etmaydi. Masalan,
Granstor gerbisidi ikki pallali kent bargli begona o‘tlarga ta‘sir etsa, Lumo super
gebisidi faqat boshoqli begona o‘tlarnigina bartaraf etadi. Ob-havo sharoitining
o‘zgarishi ham gerbisidlarning ta‘sir etishi doirasini kengaytirishi yoki qisqartirishi
mumkin.
Muammoni hal etilishida respublekamiz va xorij davlatlarining olimlari
tomonidan begona o‘tlarning zararli xususiyatlari, klasifikasiyasi, begona
o‘tlarning tarqalishi oldindan bashoratlashtirish,agrotexnologik va kimyoviy
usullarda boshoqli don va boshqa ekinlar dalalaridagi begona o‘tlarning bartaraf
etishning jadal vaekologik sof usullarini ishlab chiqish sohasida ulkan ishlar
amalga oshirilgan va oshirilmoqda.
Dehqonchilikda xavfli begona o‘tlar turlari soni 209 turdan iborat bo‘lib,
ular 59 ta botanik oilaga mansubdir. Shundan 80 tur begona o‘tlar o‘ta xavfli
bo‘lsa ,129 turi nisbatan xavfli hisoblanadi. Ushbu tarqalgan begona o‘tlarning 209
turining 57 foizini bir yillik, keng tarqalgan begona o‘tlar tashkil etsa ,43 foizini
esa, asosan ko‘p yillik begona o‘tlar tashkil etadi.
Begona o‘tlar gektaridan yuzlab tonna suv iste‘mol qilishi mumkin.
Masalan, yovvoyi suli 1kgquruq barg, poya, ildizva urug‘ hosil qilishi uchun 0,5
tonna suv iste‘mol qiladi. Begona o‘tlar yorug‘lik uchun raqobatda ko‘pincha
madaniy o‘simliklardan ustin keladi va natijada madaniy o‘simliklar karbonat
angedridni yetarli darajada o‘zlashtirolmay ,kam miqdorda organik modda
to‘playdi , ya‘ni hosildorligi juda past bo‘ladi.
O‘zbekiston respublikasi dehqonchiligi tajribalaridan shu narsa ma‘lumki,
kuzgi g‘alla ekinlari yetishtirishda kasalliklar tufayli 9,1%, zararkunanda va
hashoratlar tufayli 5%, begona o‘tlar ta‘sirida esa 9,8%, ba‘zan 15-20% hosil
9
o‘yqotiladi. Bu esa begona o‘tlarga qarshi kurashish tadbirlarini kuchaytirish,
qo‘llaniladigan har xil kimyoviy vositalar, ayniqsa, gerbisidlar samaradorligini
oshirish va pirovord natijada sifatli va yuv\qori hosil olish vazifasi dolzabligini
isbotlaydi. Shuning uchun ham bizlar, respublikamizning turli tuproq-iqlim
sharoitidagi sug‘oriladigan yerlarida yetishtiriladigankuzgi g‘alla ekiladigan
maydonlarda tarqalgan begona o‘tlarga qarshi gerbisidlardan foydalanish va
ularning saamaradorligini aniqlash maqsadida qator ilmiy-tadqiqot ishlari
tajribalari natijalarini tahlili asosida ushbu bitiruv malakaviy ishini bajardik.
10
1. Adabiyotlar sharhi.
Begona o‘tlar naqadar ko‘p bo‘lishi bilan birga har xildagi biologik
xususiyatlarga ega bo‘lishi sababli ularga qarshi kurashish usullari ham turlicha
bo‘ladi. Shu sababli ham begona o‘tlar bir yillik, ikki yillik,ko‘p yillik bo‘lishi
bilan birga erta bahorgi, kech bag‘orgi, yozgi kuzgi, qishki va boshqa
muddatlardao‘suvchilarga bo‘linadi. Shu bilan birga parazit bo‘lmagan, yarim
parazit, parazit va boshqalarga bo‘linadi. Shu sababli ham eng avvalo begona
o‘tlarga qarshi kurashishda ularni oilasi, turi bo‘yicha o‘rganib, undan keyingina
ularga qarshi kurashish rejasi oldidan tuzilishi kerak.
1.1. Begona o’tlarning klassiffikatsiyasi va ularning keltiradigan zarari.
Begona o‘tlarning klassifikatsiyasi bo‘yicha dastlabki ma‘lumotlar M.
G.Chijevskiy, A. N. Kiselyov, V.Ye.Yegorov, P.M.Baleyevlar (1957) tomonidan
darsliklarga kiritilib, tizimlashtirilgan bo‘lib, undan kam yillikva ko‘p yillik
guruhlarga bo‘lingan.
S.N.Rijov va I.F.Sukachlar (1955) begona o‘tlarni bir yillik, ikki yillik va
ko‘p yillik hamda shu guruhlarni ham mayda guruhlarga bo‘lgan.
A.M.Likov (1999) va boshqalar begona o‘tlarni zarar keltiruvchilik
xususiyatlari bo‘yicha parazit bo‘lmagan bngona o‘tlar,parazit va yarim parazit
gurug‘larga bo‘lgan. Ushbu olimlar begona o‘tlarning gegetasiya davri bo‘yicha
kam yillik va ko‘p yillik ikkita katta guruhlarga bo‘lib, xususiyatlari bo‘yicha ham
kichik guruhga bo‘lgan. Kam yillik bngona o‘tlar ikki yillikdan ko‘p bo‘lgan
guruhlardan iborat bo‘lib, ularga efemerlar, eta bahorgi, kech bahorgi, qishlovchi,
kuzgi vaikki yilliklar kiradi. Ko‘p yillik begona o‘tlaresa vegetativ usulda
ko‘paymaydigan,kuchsiz ko‘payadigan va kuchli ko‘payadigan gruhlarga
bo‘linadi. Begona o‘tlarning ushbu klassifikasiyasi amaliy ishlarda muhim
ahamiyatkasb etib, ularga qarshikurashishning samarali usullariniishlab chiqishda
yordam beradi.
Begona o‘tlarning eng zamonaviy va qulay klassifikasiyasi A. V. Fisyunov
(1980) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra begona o‘tlarni parazit
bo‘lmagan, parazit va yarim parazit kabi ikkita katta gruhga hamda 5 ta podtiplarga
11
(bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik, parazitlar va yarim parazitlar) bo‘ladi. A. V.
Fisyunov klassifikasiyasi asosan begona o‘tlarning biologik xususitlari bo‘yicha
tuzilgan. Ushbu klassifikasiya bo‘yicha birinchi biologik gruhlarga bir pallali va
ikki pallali, bahorgi, kuzgi, qishlovchi begona o‘tlar kiradi. Ikkinchi biologik
gruhlarga ikki pallalilardan fakultativ va haqiqiy bngona o‘tlar kiradi.
Bngona o‘tlarning eng katta biologikgruhlarga bir pallali va ikki pallali
begona o‘tlar kirib, ularga kartoshkali, ildiz tonali, ildizidan ko‘payuvchi, ildiz
sochiqli, piyozli va o‘rmalovchi begona o‘tlar kiradi. To‘rtinchi biologik
gruhbegona o‘tlarga faqat ikki pallali begona o‘tlar kirib, ular ildizli va poyali
begona o‘tlardan iborat. Beshinchi biologik gruh begona o‘tlar ikki pallali begona
o‘tlar bo‘lib, ildizli va poyali begona o‘tlardan iborat. Demak, begona o‘tlarning
klassifikasiyalari orasida A. V. Fisyunov tomonidan taklif etilgan klassifikasiya
amalyotda begona o‘tlarga qarshi kurashishda ko‘proq aniqlikka ega bo‘lib,undan
foydalanish juda qulay.
A.Sagdullayev, A.Yuldashev, N.Turdiyeva, X.Boboyeva (2014) ma‘lumotlari
bo‘yicha g‘o‘za va kuzgi bug‘doy begona o‘tlariga qarshi chigit ekish bilan bir
vaqtda, g‘o‘zaning o‘suv-shonalash davrida, paxta hosili terimidan so‘ng, kuzgi
bug‘doyning tuplanish davrida esa bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi
Kotoran 80 % Stomp, 33 %, Gezagard, 50 % n.k., 50 % s.e. larni gektariga
tasmasimon usulda 1,0-1,5 litrdan ekish bilan bir vaqtda qo‘llanilganda
samaradorligi 25-35 kundan kein 90-95 % ko‘rsatadi, g‘allasimon begona o‘tlarga
qarshi yuqorida qayd qilingan gerbisidlar 89,2-92,5 % samara beradi. Ko‘p yillik
begona o‘tlarga qarshi g‘o‘zaning o‘suv shonalash davrida ajriq 8,12 sm, g‘umay
12-17 sm, qamish 18-25 sm ga yetganda Zellek super, 104 g/l n.k., Dalzlak Ekstra,
104 % s.e. lar yoppasimon ishlatilganda ularning o‘rtacha samaradorligi bir
yilliklarga qarshi 91,0-96,0 %, ko‘p yilliklardan ajriqqa 70-78 %, g‘umayga 90,0-
96,0 %, qamishga 80-85 % gacha bo‘lgan.
12
Begona o‘tlarning qishloq xo‘jalik ekinlari orasida 200 tadan 400 tagacha
turi uchrab, suv va oziq moddalarni madaniy ekinlarga nisbatan ko‘proq
o‘zlashtirishi, soya qilishi, hosilni yig‘ishtirib olishga xalaqit berishi bilan birga
serurug‘ligi, noqulay sharoitlarga chidamliligi, tez ko‘payishi va boshqa
xususiyatlari bilan xarakterlanadi (Hamroyev va boshq.., 1999; Likov va boshq..,
2004).
V. A.Zaxarenko (2001) ma‘lumotlari bo‘yicha, begona o‘tlar boshoqli don
ekinlari orasida rivojlanib, don hosildorligini 30-40% gacha pasayib ketishiga
sababchi bo‘lsa, S. A. Kott (1995,2001) ekinlar orasida 400 dan ortiq zararli va
zararli begona o‘tlar uchrabnafaqat ma‘daniy ekinlarga, balki inson va
hayvonlargaham katta zarar yetkazishini ta‘kidlaydilar.
R.Danilov (2000). P. P. Kolmakov, V. P. Shashkov(2001) V. S. Zuza (2004)
boshoqli don ekinlari dalasida begona o‘tlarning erkin rivojlanishi uchun qulay
sharoit bo‘lishining sababi, bunday ekinlarning o‘sishi va rivojlanishi jarayonida
ishlov berilmasligibo‘lib, boshoqli don ekinlari orasida rivojlangan paxtatikon
begona o‘ti har gektarerdan 140 kg azot,120 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘zlashtirirsa,
kuzgi bug‘doy don hosildorligi 16 s/ga, somoni 24 s/ga bo‘lganida45 kg azot, 21
kg fosfor va 30 kg kaliy o‘zlashtirishi aniqlangan. Ya‘ni, paxtatikon bug‘doyga
nisbatan azotni 3 xissa, fosforni 5 xissa ko‘p o‘zlashtirishini aniqlaganlar.
A.N.Kiselyov (1991) ma‘lumotlari bo‘yicha boshoqli don ekinlari orasida
begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, unga munosib holda kasalliklar va hashoratlar ham ko‘p
bo‘ladi. Masalan, yovvoyi suli ko‘p bo‘lsa, sariq dog‘kasalligi, raygras ko‘p bo‘lsa,
sariq verus kasalligi ko‘payadi.
Respublekamiz sharoitida ekinzorlar orasida rivojlanadigan begona o‘tlar va
ularga qarshi kurashish ishlari 1960-70 yillardan boshlangan bo‘lib, boshoqli don
ekinlari dalalaridagi bngona o‘tlarga qarshi kurashish ishlari eng avvalo, lalmikor
yerlarda ko‘proq o‘rganilgan.
N. V. Pokrovskiy, T. N. Solyanko(1996) lalmikor yerlar uchun yaratgan
sprovochnigida begona o‘tlar va ularga qarshi kurashish ishlariga katta ahamiyat
berib, lalmikor yerlarda keng tarqalgan begona o‘tlarning biologik xususiyatlarini
13
o‘rganib, ularga qarshi kurashishning agrotexnologik va kimyoviy usullarini
keltirgan.
U. Allanazarova (2007) lalmikor yerlarda yetishtirilayotganbug‘doy
dalalaridagi begona o‘tlar bo‘yicha fonologik kuzatuv ishlarini olib borib, begona
o‘tlarning qachon pishib yetilib, urug‘ berishi va zararini aniqlashga erishgan.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida keng tarqalgan begona o‘tlar
bo‘yicha dastlabki ma‘lumotlarni S. N. Rijov va I. V. Sukachlar (1965)tomonidan
yaratilgan darslikdan olish mumkin. Ushbu olimlarning yozishicha, tuproqda suv
va oziqa elementlar qayaa ko‘p bo‘lsa, begona o‘tlar shuncha tez rivojlanadi.
I. T. Vaselchenko va O. A. Pidottilar (1970) sug‘oriladigan yerlarda keng
tarqalgalgan begona o‘tlarni aniqlagichini yaratgan. Ushbu aniqlagich bo‘yicha
sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladigan ekinzorlarda 400 dan ortiq begona o‘tlar
begona o‘tlar bo‘lishi qayd etilgan.
T.S. Zokirov (1999) va A. Q. Ematov (2003) ishlarida ham sug‘oriladigan
yerlardabegona o‘tlar juda ko‘p tarqalib, ekinlarga katta zarar yetkazishligi
ta‘kidlanadi. Bir tup olabutada100 ming donadan 700 ming donagacha urug‘
bo‘ladi, itqunoq urug‘i 25-30 yilgacha, qo‘ypechak urug‘i 50 yilgacha , sho‘ra
urug‘i 60 yilgacha tuproqda saqlanib, hayvonlar organizmidan o‘tib, go‘ng bilan
yerga qaytib tushgandaunuvchanligi tezlashadi.
Boshoqli don ekinlariorasida 200 dan ortiq begona o‘tlar uchrab, ular kuchli
rivojlanib, ma‘daniy o‘tlarni soyalab qo‘yadi, tuproqdagi suv va oziqa
elementlarini o‘zlashtirib, boshoqli don ekinlarini o‘sishi rivojlanishiva
hosildorligiga katta zarar yetkazadi. Samarqand viloyati sharoitida Sh Rizayev
(2006) ishlarida kuzgi bug‘doyzorlardagi begona o‘tlar o‘rganilgan va ularga
qarshi agrotexnik va kimyoviy kurashish tadbirlari ishlab chiqilgan.
Respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida esa 72 ta oilaga mansub
bo‘lgan begona o‘tlarning 841 ta turi uchraydi. Jumladan, 519 turi bir yillik, 322
turi esa ko‘p yillik begona o‘tlarga to‘g‘ri keladi (Mamatov, Mamajonov, 1997).
Lekin, qishloq xo‘jaligiga keltirilayotgan zarar bo‘yicha bir yillik begona o‘tlar
14
ko‘proq ustunlik qiladi. Ko‘p yillik o‘q ildizli begona o‘tlar-21%, ildizpoyalilari
7 va qolgan barcha biologik guruhlardagi begona o‘tlar -2% atrofida uchraydi.
A.V.Beshanov (1988) keyingi yillarda MDH mamlakatlarida begona
o‘tlarning 1030 dan ortiq turi tarqalgan deb hisoblaydi. Ushbu begona o‘tlardan
u yoki bu xududlarda 80-120 ta turi kuchli zarar keltiradi (Fisyunov, 1983).
Shuningdek, har bir dalaning o‘zida ham o‘ta xavfli begona o‘tlarning 15-20
turini uchratish mumkin va ularga qarshi agrotexnikaviy, kimyoviy kurashish
tadbirlarini uyg‘unlashgan holda qo‘shib olib borish kerak, deb hisoblaydi
mualliflar.
P.A.Gomoliskiy (1982) O‘zbekistonda tarqalgan begona o‘tlarning
yashash sharoitiga qarab, 3 guruhga bo‘ladi: lalmi (bahorikor) yerdagi ekinlarni
begona o‘tlari, sug‘oriladigan yerlardagi va sholizordagi begona o‘tlar. Lekin,
ushbu guruhlar o‘rtasidagi chegara shartli hisoblanadi. Chunki, faqatgina
ma‘lum bir sharoitda yashashga moslashgan begona o‘tlardan tashqari, har xil
sharoit va xududlarda ham yaxshi o‘sib, rivojlanadigan g‘umay, yantoq, kakra
kabi begona o‘tlar ham mavjud.
Begona o‘tlar g‘allazorlarda o‘sishi, rivojlanishi va bo‘yiga qarab, uch
guruhga bo‘linadi:
-yuqori qavat (yarus) begona o‘tlari, bunday begona o‘tlarning bo‘yi g‘alladan
ancha baland bo‘ladi (g‘umay, bo‘ztikan, yantoq, kakra va h.k.).
-o‘rta qavat (yarus) begona o‘tlari, ushbu begona o‘tlarning bo‘yi g‘allaning
bo‘yi bilan bir xil bo‘ladi. Masalan, ismaloq, lolaqizg‘aldoq, shabada va boshqalar.
Yuqorida ko‘rsatilgan ikki guruhga kiruvchi begona o‘tlar, madaniy
o‘simliklarning butun vegetasiyasi davrida ularning rivojlanishiga salbiy ta‘sir
ko‘rsatadi va hosilni kombaynlar bilan o‘rib-yig‘ishtirishni qiyinlashtiradi, g‘alla
sifatini pasaytiradi hamda ko‘plab hosilni nobud bo‘lishiga olib keladi;
-pastki qavat (yarus) begona o‘tlarining bo‘yi g‘allanikidan ancha past
bo‘ladi. Bu guruh begona o‘tlari (qiziltasma, itqo‘noq va boshqalar) madaniy
o‘simliklar bilan faqat ularning boshlang‘ich rivojlanish davrlaridagina raqobat
15
qilishadi, hosilni kombaynlar bilan o‘rib – yig‘ishtirib olishga ta‘sir ko‘rsata
olmaydi (Hamrayev, Hasanov va boshqalar, 1999).
Sh.Rizayevning
(2006)
ma‘lumotlariga
qaraganda
(1.1-jadval)
respublikamiz va Samarqand viloyati g‘allazorlarida 79 turdan ortiq begona o‘tlar
tarqalgan bo‘lib, shundan: efemerlar–2, erta bahorgilar–6, kech bahorgilar–31,
qishlovchilar– 4, ikki yilliklar–4, ko‘p yillik o‘q ildizlilar–11, ildiz poyalilar–8,
ildiz bachkililar–10, shingil ildizlilar–2 va yer bag‘irlab o‘suvchi begona o‘tlar–1
ta turni tashkil etadi.
G‘allazorlarni eng ko‘p ifloslantiradigan bir yillik begona o‘tlar 54,4%, ikki
yilliklar–5,1 va ko‘p yilliklar 40,5% atrofida uchraydi. Tajriba o‘tkazilgan
maydonlarda begona o‘tlarning tarqalishida u yoki bu turdagi qonuniyat
kuzatilmagan. Begona o‘tlar miqdori aniqlangan maydonlarda har xil o‘simliklar
oilasi, turiga ta‘luqli bo‘lgan bir–ikki va ko‘p yillik begona o‘tlar mavjudligi
aniqlangan.
1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |