b o ‘lib, u kompozitsiya mavzusini, xarakterini, mazm unini, rang
va proporsiyalarnl tenglashtirib, rang uyg'unligini ta ’minlashda
yordamchi elem ent b o ‘lib hisoblanadi.
Ikebana kom pozitsiyasini, yoqim li va k o ‘rkam chiqishi
ranglaming to ‘g'ri tanlanganligiga, kompozitsiya uchun tanla-
nadigan idishning shakli, rangi va m aterialiga, shuningdek,
kompozitsiyaning qo ‘yiladigan joyi va obyektiga qay darajada
moslanganligiga bogliqdir. Ikebana uchun chinni, billur, shisha,
keramika, plastmassa, metall, yog‘ochdan tayyorlangan maxsus
idishlar ishlatiladi. Bu idishlar baland b o ‘yli vazalar, past bo ‘yli
lagan, tarelka, savat shaklidagi idishlardan iborat b o ‘ladi.
Ikebana sa n ’ati bun d an 600 yil m uqaddam Y aponiyada
shakllanib, uning 60 ga yaqin tu r va uslublari vujudga kelgan
b o ‘lsa-da, uning Ikenoba, Nageira, M oribana, Oxara, Sogesu
kabi vakillari o ‘ziga xos uslub ham da yo‘nalishdagi m aktab
yaratdilar va bu san’atning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdilar.
Ikebana san’ati jahon xalqlari san’ati orasiga asta-sekin kirib
borayotgan bugungi kunda, Yaponiyada bu san’atning yana bir
yangi turi — Akobana san’ati vujudga keldi. Bu san’at xususiyati
quritilgan gul, barg, shoxcha, meva, hayvonlar va boshqa tabiiy
materiallarni qayta ishlash asosida maxsus ramka ichida badiiy
kompozitsiya yaratishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: