Basketbolchilarga to'pni boshqarish texnikasini o'rgatish metodikasini takomillashtirish Reja



Yüklə 46,97 Kb.
səhifə15/17
tarix24.10.2022
ölçüsü46,97 Kb.
#66022
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
BASKETBOL kurs

To’pni to’sib olib qo’yish. To’pni uzatish paytida to’sib olib qo’yish, to’pni to’sib olib qo’yishning shu usulining muvaffaqiyati avvalo himoyachi harakatining tezligi va o’z vaqtidaligiga bog’liqdir. Agar hujumchi to’pni joyida turib kutsa, unga qarshi chiqmasa, unda to’pni to’sib olib qo’yish nisbatan qiyin emas keskin harakat qilib, sakrab bir yoki ikki qo’l bilan to’pni to’sib olib qo’yish kerak.
Odatda hujumchi to’pga yetarli darajada tez chiqadi. Bunday holda himoyachi qisqa oraliqda mumkin bo’lgan maksimal tezlikni olib, uchayotgan to’p tomondagi yo’lda raqibning o’zi o’tishi kerak. Yelka yoki qo’llar bilan to’p tomonga raqib yo’lini kesadi va to’pga ega bo’ladi.
Hujumchi bilan turtishib ketmaslik uchun, himoyachi, uning yonidan zich (yopishgan) holda o’tayotib, yo’n tomonga ancha og’adi. To’pni egallagandan keyin xato qilib qoymasligi uchun darhol to’pni urib yurishga o’tishi ma’qul.
To’pni olib yurganda to’sib olib qo’yish. To’pni olib borayotgan hujumchiga himoyachi yetib olgan paytda amalga oshiriladi. Buning uchun unga to’pni urib yurishning tezligi maromi moslashishi kerak, so’ng esa, hujumchining orqasidan chiqib, undan bir lahza avval hujumchiga yaqinroq qo’li panjasiga sakrayotgan to’pni qabul qilish va o’zi to’pni urib yurishni davom ettirishi kerak, lekin boshqa yo’nalishda.
To’pni otish paytida ushlab olish. Bo’yda va sakrash balandligida hujumchi oldida ba’zi afzalliklarga ega bo’lgan himoyachi savatga otish paytida to’pni qo’ldan uchib chiqishiga halaqit qilishi kerak. Otishga qarshi harakat paytida himoyachi bevosita to’p yaqinida bo’lishi kerak. O’shanda bukilgan panjani to’pga yonidan – tepasidan qo’yishadi, natijada hujumchi savatga otishni bajara olmaydi. To’pni to’sish o’yinchi sherikning straxovka qilishi davomida ham amalga oshishi mumkin. Masalan, markaziy o’yinchi to’pni olgan zahoti sakrab burilib savatga hujum qiladi. Biroq straxovka uchun tomonga boshqa himoyachi burilib, otishning asosiy davrini boshlang’ich paytida to’pni orqasidan to’sadi. To’pni ushlab olish paytida butun qo’l bilan (qo’llar bilan) yuqoridan pastga harakat qilishdan qochish kerak, ayniqsa, ikki yoki bir qo’l bilan pastdan tashlashga harakat paytida.

Yüklə 46,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin