Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Potentsial energiya tushunchasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə11/13
tarix05.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#93828
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Rajabov Otabek 2-G fizika

Potentsial energiya tushunchasi. Kinetik energiya singari, og‘irlik kuchi ta’siri ostida bo‘lgan jismning potentsial energiyasi darslikda og‘irlik kuchining ishi bilan bog‘liq holda, elastik deformatsiyalangan jismning energiyasi esa elastiklik kuchining ishi bilan bog‘liq holda kiritiladi. Buning uchun og‘irlik kuchining ishiga oid;

Ifoda ko‘rinishda va elastiklik kuchining ishiga oid
ifoda
кo’rinishda qаyta yoziladi.
Formulalarni bunday ko‘rinishda yozish qavs ichidagi mgh-birinchi holatdagi va -ikkinchi holatdagi ifodalarning o‘zgarishi sifatida qarashga imkon beradi. Shuning uchun ham kinetik energiya tushunchasini kiritilgandek og‘irlik kuchi ta’siri ostida bo‘lgan jismning potentsial energiyasi va elastik deformatsiyalangan jismning potentsial energiyasi tushunchalari kiritiladi. Bu tushunchani tushuntirish uchun kerak bo‘lgan hamma zaruriy izohlar va formulalarni tahlil qilish orqali beriladi. Bu yerda eng avval o‘quvchilar diqqati potentsial energiya jism holatiga: a) nolinchi holat deb qabul qilingan sathdan qanday balandlikka ko‘tarilganligiga; b) jismning deformatsiyalanish darajasiga bog‘liq ekanligiga qaratiladi. Bu holat o‘zgarganda (ko‘tarilish balandligi kamayganda, deformatsiya kamayganda) potentsial energiya kamayadi. Berilgan sharoitda jismning holatini boshqa o‘zgartirib bo‘lmasa (jism nolinchi sathga to‘shadi yoki deformatsiyalanmaydigan holatga keladi), potentsial energiya nolgacha kamayadi.
U yuqoridagi formulalardan ko‘rinadiki, h2 va X2 lar nolga teng bo‘lganda, : jismning potentsial energiyasi jism nolinchi sathga tushganda (yoki jism deformatsiyalanmagan holatga o‘tganda), og‘irlik kuchining (yoki elastiklik kuchining) bajargan ishiga teng. O‘quvchilarning asosiy diqqatini quyidagilarga qaratish kerak potentsial energiya tushunchasi ma’lum bir chegaralangan jismga tegishli bo‘lmay, balki o‘zaro ta’sirlashuvchi jismlar sistemasiga tegishlidir. Masalan, biz ko‘tarilgan jismning potentsial energiyasi to‘g‘risida gapirganimizda, hamma vaqt yer sistemasini ko‘zda tutamiz [9].

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin