Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Lizosomalar
Lizosomalar
membrana pufakchalaridan iborat bo‘lgan hujayra
organellalari bo‘lib, ularda juda ko‘p xilma xil gidrolitik fermentlar
bo‘ladi. Lizosoma suyuqligi kislotali muhitga (pH 5) ega. Kislotalik
H
+
-ATF-aza ta’sirida yuzaga keladi. Lizosomalar ham plazmatik
membranalar kabi Golji apparatida hosil bo‘ladi. Lizosomalar vazifasi
Endotsitozlangan moddalarni ham, hujayralarning o‘z tarkibiy qismini
ham «hazm qilish», ya’ni depolimerlashdan iboratdir. Endotsitozlangan
moddalarni «hazm qilish» geterofagiya deb atalsa, hujayraning o‘z
tarkibiy qismlarini «hazm qilish» autofagiya, deb ataladi.


IX BOB
BIOLOGIK OKSIDLANISH
Biologik oksidlanish to‘g‘risida tushuncha
Biologik oqsidlanish yoki to‘qima nafas olishi deb to‘qimalarda
organik moddalarni kislorod ishtirokida parchalanishi va karbonat
angidridining ajralishiga aytiladi. Bunday oksidlanish jarayonida
energiya ajralib chiqadi va o‘z tabiatiga ko‘ra ekzergonik jarayon
hisoblanadi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra biologik oksidlanish va yonish bir xil
jarayondir, chunki 1 molekula glyukozani yonishida ham, oksidlanishi
ham karbonat angidridi, suv va 686 kkal energiya ajralib chiqadi:
C
6
H
6
O
12
+ 6O
2
= 6CO

+ 6H
2
O + 686kkal
Ammo yonish jarayonidan farqli o‘laroq, biologik oksidlanish past
haroratda, alangasiz va suv ishtirokida yuz beradi. Shuni aytish joizki,
O

inert gaz bo‘lib reaksiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishmaydi. Bu jarayon
mexanizmini yoritib berishda bir necha nazariyalar yaratilgan:
1.
Baxning perekisli nazariyasi.
Bu nazariyaga ko‘ra yengil
oksidlanuvchi moddalar ta’sirida kislorod molekulasining ikkala bog‘i
emas, balki bitta bog‘i uziladi, so‘ngra kislorod molekulasi o‘sha modda
bilan birikib, oraliq mahsulot sifatida peroksid hosil bo‘ladi. Bu esa
peroksidaza fermenti ta’sirida parchalanadi, ajralib chiqqan kislorod
oksidlanuvchi substrat bilan birikadi va oksidlangan modda hosil
bo‘ladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin