Biokimyo pmd


To‘qima nafas olishida karbonat angidridning hosil bo‘lishi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

To‘qima nafas olishida karbonat angidridning hosil bo‘lishi
To‘qima nafas olishida hosil bo‘ladigan karbonat angidridi anaerob
yo‘l bilan, ya’ni substrat uglerodiga kislorod birikmasidan hosil bo‘ladi
(qisman susbstratdagi kislorod hisobiga, qisman esa suvdagi kislorod
hisobiga). Bu reaksiyani liaza sinfiga kiruvchi maxsus fermentlar
tezlatadi. Hayvon to‘qimalarida moddalar maxsus fermentlar ta’sirida
oksidlanishi yo‘li bilan dekarboksillanishi natijasida CO
2
hosil bo‘ladi.
Bu jarayonda maxsus degidrogenazalar muhim rol o‘ynaydi. Bu
degidrogenazalar multiferment komplekslar bo‘lib, bir nechta fermentlar
va quyidagi 5 ta kofermentlardan tashkil topadi: TPF, lipoat kislota,
koenzim-A, FAD va NAD. Bu degidrogenazalarga piruvatning
oksidlanishi va a-ketoglutaratning dekarboskillanish reaksiyalarini
tezlatuvchi piruvatdegidrogenaza va ketoglutaratdegidrogenaza
komplekslari kiradi. Bu reaksiyalarda dekarboksillanish bilan
degidrogenlanish bir vaqtda sodir bo‘ladi. To‘qimalarda CO

ning bir
202


qismi dikarbon kislotalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki E-holatdagi
dekarboksillanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu reaksiyani tezlatuvchi
E-dekarboksilaza fermenti dikarbon kislotalardan CO

ni ajratib
chiqaradi. Reaksiya mahsuloti CO
2
bilan ketokislotalar hisoblanadi.
Masalan, oksaloatsetatni dekarboksillanishidan pirouzum kislota va CO
2
hosil bo‘ladi. Dekarboksillanish qaytar jarayon bo‘lib, hayvon
to‘qimalarida CO
2
bir qismini biriktirib olish natijasida qayta dekarbon
kislotalari hosil bo‘ladi (masalan: pirouzum kislotasidan oksoloaatsetat).
Krebs siklining biokimyoviy funksiyalari
1. Integrativ funksiyasi – Krebs sikli metabolik «kollektor»
(yig‘uvchi) vazifasini o‘tab, uglevodlar va oqsillarning katabolik yo‘lini
birlashtiradi.
2. Amfibolik funksiyasi – Krebs sikli ikki xil funksiyani bajaradi.
a) katabolik – atsil qoldig‘ining parchalanishi, karbonat angidridi va
suv ajralib chikishi.
b) anabolik – atsetil KoA va oksalatsetatdan birikish reaksiyasi
natijasida murakkab modda sitrat hosil bo‘lishi, Krebs siklining
substratlaridan glyukoza, aminokislotalar yog‘ kislotalari va boshqalar
sintezlanishi.
3. Energetik funksiyasi – Krebs sikli reaksiyalarining borishi
natijasida 1 mol atsetil KoA ning parchalanishidan 12 mol ATF
sintezlanadi.
4. Vodorod donor (vodorod generator) funksiyasi – Krebs sikli nafas
zanjiri uchun vodorodning asosiy generatori hisoblanadi. Bu siklda 4
juft vodorod atomlari hosil bo‘lib, ulardan 3 jufti NAD bilan, bir jufti
esa FAD bilan birikadi. Oshqozon fundal bezlarining hujayralirda
vodorod protonlari elektron tashish zanjiriga emas, balki xlorid kislota
sinteziga sarflanadi.


204
X BOB

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin