Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

LIPIDLAR ALMASHINUVI
Lipidlar suvda erimaydigan, ammo organik erituvchilarda eruvchan,
kimyoviy tuzilishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan birikmalardir.
Lipidlar organizmda muhim vazifalarni bajaradi:
1. Biomembranalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
2. Biologik membranalar o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi.
3. Nerv impulslarini o‘tkazishda ishtirok etadi.
4. Hujayralararo kontaktni ta’minlashda ishtirok etadi.
5. Organizmda energetik zaxira vazifasini o‘taydi.
6. Organizmga yog‘da eruvchi vitaminlarning tushishi va ularning
o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Eng ko‘p uchraydigan lipid neytral yog‘lar bo‘lib, ular asosan
glitserin va yog‘ kislotalaridan tarkib topgan. Odam organizmi lipidlari
tarkibida uchraydigan yog‘ kislotalari jadvalda keltirilgan.
Lipidlarning asosiy sinflari
Neytral yog‘ lar (yoki neytrel gliserollar);
Mumlar;
Sfingolipidlar: sfingomieliplar, serebrozidlar, gangliozidlar.
Steroidlar;
Fosfoglitseridlar: fosfatidiletanolamidlar, fosfatidilserinlar,
fosfatidilinozitollar, plazmalogenlar, kardiolipinlar.
Tabiatda uchraydigan yog‘ kislotalarni shartli ravishda to‘yingan,
bitta qo‘shbog‘ tutuvchi va ko‘p qo‘shbog‘ tutuvchi guruhlarga bo‘lish
mumkin. Yuqorida ko‘rsatilganidek, ko‘pchilik yog‘ kislotalari tarkibida
uglerod juft sonlarni tashkil etadi. Hayvon va o‘simlik lipidlari tarkibiga
kiruvchi to‘yinmagan yog‘ kislotalar molekulasida qo‘shbog‘ ko‘pincha
9 va 10-uglerodlar orasida bo‘ladi (19-jadval).


235
19-jadval
Odam lipidlari tarkibidagi ba’zi yog‘ kislotalari
Nomi
Formulasi Raqamlar bilan
belgilanadigan
simvoli
Toyingan yog‘ kislotalari
Moy kislota CH
3
(CH
2
)
2
COOH
4:0
Miristinat kislota
CH
3
(CH
2
)
12
COOH
14:0
Palmitinat kislota
CH
3
(CH
2
)
14
COOH
16:0
Stearinat kislota
CH
3
(CH
2
)
16
COOH
18:0
Araxinat kislota
CH
3
(CH
2
)
18
COOH
20:0
Begenat kislota
CH
3
(CH
2
)
20
COOH
22:0
Lignotserinat kislota
CH
3
(CH
2
)
22
COOH
24:0
Toyinmagan yog‘ kislotalari
Palmitooleinat kislota
CH
3
(CH
2
)
5
CH=CH(CH
2
)
7
COOH
16:1 (9)
Oleinat kislota CH
3
(CH
2
)
7
CH=CH(CH
2
)
7
COOH
18:1 (9)
Linolat kislota CH
3
(CH
2
)
4
CH=CHCH2=CH(CH
2
)
7
COOH 18:2 (9,12)
Linolenat kislota CH
3
CH
2
CH=CHCH
2
CH=
CHCH
2
CH=CH(CH
2
)
7
COOH 18:3 (9,12,15)
Araxidonat kislota CH
3
(CH
2
)
4
CH=CHCH
2
CH=CH-HCH
2
CH=
=CH(CH
2
)
3
COOH
20:4 (6,9,12,15)
Nervonat kislota
CH
3
(CH
2
)
7
CH=CH(CH
2
)
13
COOH
24:1 (9)
Neytral yog‘lar
(yoki atsilglitserollar) glitserin va yog‘
kislotalaridan tarkib topgan efirdir.


236

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin