Biokimyo pmd


Ichakda aminokislotalarning chirishi va jigarda chirish



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Ichakda aminokislotalarning chirishi va jigarda chirish
mahsulotlarini zararsizlantirilishi
Ma’lumki, ichak mikroorganizmlari ozlarining osishi uchun ovqat
bilan ma’lum bir aminokislotalarning bo‘lishiga muhtojdir. Ichak
mikroflorasida hayvonlar to‘qimasi fermentlaridan farq qiluvchi
fermentlar sistemasi yigindisi mavjud bo‘lib, ovqat aminokislotalarining
xilma-xil o‘zgarishlarini katalizlaydi (shu jumladan, odam organizmiga
xos bo‘lmagan, xususan, chirishlik, parchalanish). Shu tufayli ichakda
aminokislotalar parchalanishini zaharli moddalari fenol, indol, krezol,
skatol, vodorod sulfid, metilmerkaptan hamda organizm uchun zaharli
bo‘lmagan birikmalar spirtlar, aminlar, yog‘ kislotalari, ketokislotalari,
oksikislotalari va boshqalar hosil bo‘lishi uchun optimal sharoit vujudga
keladi. 
Ichak mikroorganizmlari faoliyati ta’sirida aminokislotalarning
bu kabi o‘zgarishlariga ichakda oqsillarning chirishi deb ataladi.
Chunonchi, oltingugurt tutuvchi aminokislotalarning (sistin, sistein va
metionin) ichakda asta-sekin va tola parchalanishi natijasida
vodorodsulfid (H
2
S) va metilmerkaptan (CH
3
SH) hosil bo‘ladi.
Diaminokislotalar ornitin va lizin, dekarboksillanish jarayoniga uchrashi
natijasida tegishli aminlar hosil bo‘ladi putresin va kadaverin.
Aramatik aminokislotalar fenilalanin, tirozin va triptofaninning
bakterial dekarboksillanishidagi tegishli aminlar feniletilamin,
parooksifeniletilamin (yoki teromin) va indoliletilamin (tripta’min) hosil
bo‘ladi. Ichak mikroblarining fermentlari, ushbu jarayondan tashqari,


267
siklik aminokislotalar yon zanjirlarini parchalashi natijasida (xususan,
tirozin va triptofanni) tegishli zaharli moddalar: krezol va fenol, skatol
va indol hosil bo‘ladi.
Zaharli moddalar (krezol, fenol, skatol, indol) darvoza venasi orqali
so‘rilgandan so‘ng jigarga tushadi va sulfat kislotasi yoki glyukuronat
kislota bilan kimyoviy birikib, zararsiz juft kislotalar hosil bo‘ladi
(masalan, fenolsulfat kislota yoki skatolsulfat kislota). Ushbu kislotalar
esa siydik bilan ajralib chiqadi. Jigarda arilsulfattransiraza va UDF-
glyukuroniltransferaza fermentlari bo‘lib sulfat kislota qoldig‘ini uning
bog‘langan shakli 3-fosfoadenozin-5-fosfosulfatdan (FAFS) hamda
glyukuronat kislota qoldig‘ini uning bog‘langan shakli
uridildifosfoglyukuronat kislotadan (UDFGK) yuqorida ko‘rsatilgan
zaharli moddalarga o‘tkazilishini katalizlaydi. Indol (skatol kabi) dastlab
indoqsilgacha oksidlanadi (skatol skatoqsilgacha), so‘ngra bevosita
FAFS yoki UDFGK bilan fermentativ reaksiyaga kirishadi. Chunonchi,
indol efirsulfat kislota korinishida bog‘lanadi. Uning kaliyli tuzi hayvon
indikani deb atalib, siydik bilan ajralib chiqadi. Odam siydigida indikan
miqdoriga qarab ichakda oqsillar chirish tezligi va jigarning funksional
holati haqida xulosa qilish mumkin.
Klinikada ko‘pincha jigarning funksiyasi va uning zaharli
moddalarni zararsizlantirish rolini aniqlash uchun benzoat kislota qabul
qilingandan so‘ng gippur kislotasi hosil bo‘lishi va siydik bilan ajralib
chiqish tezligi bo‘yicha xulosa qilish mumkin.


268

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin