Biokimyo pmd


Bilvosita oksidlanishli dezaminirlanish



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Bilvosita oksidlanishli dezaminirlanish. 
Aminokislotalar
dezaminlanishining asosiy yoli transdezaminlanish yoki bilvosita
dezaminlanishdir. Bu jarayon ham 2 bosqichdan iborat bo‘lib, I bosqichi
transaminlanish deyiladi va bu bosqichda glutamat hosil bo‘ladi (har
qanday aminokislota, masalan: a-ketoglutarat bilan reaksiyaga kirishsa),
II bosqichi esa aynan shu glutamatning bevosita oksidlanish yoli bilan
dezaminlanishidir.
Ushbu reaksiyani glutamatdegidrogenaza katalizlaydi.
Glutamatdegidrogenaza to‘qimalarida juda keng tarqalgan fermentdir.
Koferment sifatida NAD (yoki NADF) saqlaydi. Shuni takidlash
kerakki, glutamatning dezaminlanishi ham ikki bosqichda o‘tadi:
birinchi (anaerob) bosqichda glutamat degidrogenlanishi natijasida
oraliq mahsulot iminoglutarat hosil bo‘ladi; ikkinchi bosqichda esa
iminoglutarat a-ketoglutarat va ammiakka parchalanadi (fermentsiz).
Reaksiya qaytardir; hosil bo‘lgan NH
3,
NADF.H
2
ishtirokida a-
ketoglutaratning qayta aminlanishida foydalanilishi mumkin, natijada
glutamat hosil bo‘ladi.
Aminokislotalarning transaminlanishining ahamiyati va ishtirok
etuvchi koferment
Yuqorida takidlaganimizdek, transaminlanish bu transdezamin-
lanishning birinchi bosqichidir. Aminokislotalarning transaminlanishida
har qanday aminokislotadagi amin (-NH
2
) guruhi (ammiak hosil
bo‘lmasdan) a-ketokislotaga o‘tadi. Amin guruhining akseptori
ko‘pincha a-ketoglutarat, piruvat va oksaloatsetatdir. Transaminlanish
reaksiyalarini transaminazalar yoki (amino-transferazalar) katalizlaydi.


276
Misol tariqasida yuqorida keltirilgan alanin va asparaginat kislotaning
a-ketoglutarat bilan transaminlanish reaksiyasi.
Ahamiyati ikkala reaksiyada ham yangi kislotalar piruvat va
oksaloatsetat va yangi aminokislota glutamat hosil bo‘ladi. Glutamat
esa, yuqorida takidlaganimizdek, bevosita oksidlanish yoli bilan
dezaminlanishga uchraydi. Transaminaza fermentlari kofermenti bo‘lib,
vitamin B
6
ning unumi fosfopiridoksal yoki piridoksat hisoblanadi (FP,
yoki PF).

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin