Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Izofunksional oqsillar
Tirik hujayrada ma’lum bir funksiyani ado etib boradigan oqsil bir
necha shaklda bo‘lishi mumkin, izofunksional oqsillar yoki izooqsillar
deb shularga aytiladi. Masalan, odam eritrotsitlarida gemoglobinning
bir nechta shakli topilgan: katta yoshdagi odamda ustun turadigan
shakllari HbA (butun gemoglobinning 96% uning ulushiga to‘g‘ri
keladi), HbF va HbA
2
dir (har qaysisiga taxminan 2%dan).
Gemoglobinlarning hammasi har xil to‘plam protomerlari: 
α

β
, g dan
tuzilgan tetramerlardir: HbA formulasi – 2 
α
2
β
, HbF – 2 
α
2
γ
, HbA
2


α
2
δ
. Barcha gemoglobinlarning umumiy belgisi – 2a protomerlariga
borligidir. Turli protomerlar birlamchi strukturasi jihatidan bir-biriga
o‘xshash bo‘ladi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalari jihatidan ham
protomerlar bir-biriga ancha o‘xshab ketadi. Gemoglobinlarning hamma
shakllari bir xildagi funksiyani ado etadi – kislorodni biriktirib olib,
to‘qimalarning hujayralariga yetkazib beradi, biroq gemoglobinning bu


shakllari funksional xossalari jihatidan bir-biridan ma’lum darajada farq
qiladi. Masalan, HbF kislorodga HbAdan ko‘ra ko‘proq yaqin bo‘ladi
va HbAdan kislorodni ajratib olishi mumkin:
HbA .O

+ HbF 

HbA + HbF .O
2
HbF odamning embrional rivojlanishi davri uchun xarakterlidir (fetal
gemoglobin); homiladorlikning so‘nggi haftalari va tug‘ruqdan keyingi
dastlabki haftalarda u asta-sekin HbAga almashib boradi. Homila qoni
bilan ona qoni aralashmaydi; homila onasining qon tomirlaridan
platsentada homilaning qon tomirlariga kislorod diffuziyalanib o‘tishi
hisobiga kislorod bilan ta’minlab boradi. Fetal gemoglobinning
kislorodga ko‘proq yaqin bo‘lishi ona bilan homila tomirlari orasida
kislorod konsentratsiyalarining farqi kam bo‘lganida diffuziya yuzaga
chiqaverishini mumkin qilib qo‘yadi.Mioglobin gemoglobinlar bilan
kamroq darajada yaqin bo‘ladi: tuzilishi va kislorodni biriktirib olish
xossasi jihatidan u gemoglobin protomerlariga juda o‘xshash, lekin
qonda aylanib yuradigan va o‘pkadan (yoki platsentadan) to‘qimalarga
kislorod yetkazib beradigan gemoglobindan farq qilib, mioglobin
muskullarda qo‘zg‘almay turadi va gemoglobindan mitoxondriylarga
kislorod yetkazib berishda, shuningdek, muskullarda kislorod rezervi
hosil qilishda oraliq vositachi bo‘lib xizmat qiladi.Izofunksional oqsillar,
umuman olganda, bir xildagi funksiyani ado etib boradigan oqsillar
oilasidir, lekin bu oila ba’zi a’zolarida alohida bir kichikroq xususiyatlari
bo‘lishi fiziologik jihatdan muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bir
turdagi organizmlarda topiladigan oqsilning ko‘pdan-ko‘p molekulyar
shakllari izooqsillar deb ataladi; har xil biologik turlarga mansub
organizmlarning bularda bir funksiyalarni bajarib boradigan oqsillari
(gomologik oqsillar) izooqsillar qatoriga kiritilmaydi. Masalan, odam
gemoglobini bilan quyon gemoglobini, garchi bir xilda funksiyani ado
etib boradigan bo‘lsada, izooqsillar emas.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin