Biokimyo pmd


-jadval Ba’zi fermentlarning optimum pH muhiti



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

12-jadval
Ba’zi fermentlarning optimum pH muhiti
Ferment pepsin
kislotali
pankreatik
tripsin
arginaza
fosfataza
amilaza
Optimum 1.5-2.5
4.5-5.0
6.4-5.2
7.8
9.5-9.9
pH
Fermentativ reaksiya tezligining pH muhitiga bog‘liqligi muhim
amaliy ahamiyatga egadir. Jumladan, ferment faolligini aniqlashda
optimal muhitni bufer eritmalar yordamida tanlash kerak. Fiziologik
yoki patologik holatlarda hujayrada pH muhitni kichik diapazonda
siljishi (azidoz yoki alkaloz) fermentativ reaksiya tezligiga ta’sir etadi
va modda almashinuvining keskin o‘zgarishiga olib keladi.


117
Tirik organizmlarda fermentativ reaksiyalar tezligining
haroratga bog‘liqligi
Organizm haroratining muayyan darajadan ortib ketishi fermentlar
faolligini pasaytiradi. Fermentativ reaksiya maksimal faoliyat
kechiradigan daraja ushbu ferment uchun optimal harorat deb yuritiladi.
Ko‘pchilik fermentlarning ta’siri uchun optimal tana harorati 37
0
Cga
yaqin (normal tana harorati). Masalan: oqsil va kraxmalning kislotalar
bilan gidrolizi 100
0
Cda bir necha soat davomida kechadi, ferment
ta’sirida esa 37
0
Cda bir necha daqiqada sodir bo‘ladi. H
2
O

ning temir
ionlari bilan parchalanishi sekin boradi, katalaza fermenti ta’sirida esa
juda tez kechadi va fermentdagi 1 mg temir 10 tonna neorganik temirning
o‘rnini bosadi.
Fermentativ reaksiyalar tezligini tana haroratiga bog‘liqligi muhim
amaliy ahamiyatga egadir. Masalan, infeksion omillar ta’sirida
organizmda isitmaning ko‘tarilishi (lixoradka) biokimyoviy jarayonlarni
tezlashtiradi va hujayrada endogen substratlarni tanqisligini vujudga
keltiradi (organizmni darmonsizlantiradi). Negaki tana haroratining 1
o
C
ortishi fermentativ reaksiyalar tezligini 20% oshiradi. Ba’zi fermentlar
termolabil bo‘lgani sababli yuqori tana haroratida denaturatsiyaga
uchraydi va biokimyoviy jarayonlar tabiiy kechishini o‘zgartiradi.
Bularni oldini olish uchun lixoradka holatida dori vositalar
qo‘llanilishini taqozo etadi. Demak, ulardagi modda almashinuvini
pasaytirishi ajratilgan a’zolarni sovutishda qo‘llaniladi. To‘qima va
suyuqliklarni yaxlatilgan holatda yoki past temperaturada saqlash
autokatalitik parchalanishning oldini olish usuli bo‘lib qoldi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin