22 BIoloGIYA FAnInI o‘QITISHdA YAnGI ZAMonAVIY PedAGoGIK MeTodlARnI dARS JARAYonIdA Qo‘llASH Raximova Farog‘at Tuychiyevna Toshkent shahar Uchtepa tuman 295-umumiy o‘rta ta’lim maktabning biologiya fani o‘qituvchisi Annotatsiya: maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya fani o‘qituvchilarining
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, biologiya fanini o‘qitish shakllarini
kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish to‘g‘risida
ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: interfaol, dars, metod, bosqich, tushuncha, topshiriq, ko‘rgazma.
interfaollik deganda o‘quvchining o‘quvchi bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqoti
o‘zaro ta’sir ko‘rsatish rejimida ishlashi tushuniladi. interfaol o‘qitish, avvalo, dialog tarzda
o‘qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal
etilishidir.
darsning har bir bosqichida metodlarning u yoki bu birikmalaridan foydalaniladi. muayyan
bosqichdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlovchi metod ustunlik qiluvchi metod
hisoblanadi, qolgan metodlar unga bo‘ysunadi. Biologiyani o‘qitishda, aksariyat hollarda,
ko‘rgazmali metod yetakchi o‘rinni egallaydi, boshqa metodlar unga bo‘ysunadi yoki singib ketadi.
“ikki qismli kundalik” metodi bu metod o‘rganilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning
tushunchalarini shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi. maqsad: o‘quvchilarning
o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishini uyg‘otish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish,
tushunchalarni o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash.o‘tkazish bosqichlari:
1-bosqich. o‘quvchilarga mavzu yuzasidan matn o‘qish uchun taklif etiladi.2-bosqich.
o‘quvchilarning barchasi matn bilan tanishganiga ishonch hosil qilingach, ulardan daftarga
vertikal chiziq chizish so‘raladi. ikkita ustun hosil bo‘ladi.3-bosqich. o‘quvchilarga daftarning
chap ustuniga mantdagi tushunchalar va ularning ta’rifini yozishlari aytiladi.4-bosqich. o‘quvchi
o‘ng tomondagi ustunga muayyan tushunchaga o‘zining izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan matndagi
tushunchani o‘z fikri bilan chog‘ishtirib, umumlashtirib beradi.5-bosqich. Topshiriq bajarilgach,
o‘quvchilar (o‘z xohishiga ko‘ra) bittadan tushunchani va ularga yozilgan izohni o‘qishlari taklif
etiladi. Tushunchalar va ularning izohi o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur tushuncha
yuzasidan o‘z izohini berishga ruxsat etiladi, biroq fikrlar takrorlanmasligi so‘raladi.
bunda o‘quvchilar individual (faol metod) yoki guruhlarda (interfaol metod) ishlashlari
mumkin.
“Xatoni tuzat” o‘quvchilarga varaqda darslikdagi matnlardan bir parcha beriladi. matnda bir
nechta xatoliklar bor. o‘quvchi shu xatolarni tuzatishi lozim. Bunday mashqlar o‘quvchilarni
darslikda berilgan mavzularni diqqat bilan o‘qishga, tushunishgao‘rgatadi. masalan: “hayotning
organizm darajasi erda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishining birlamchi asosi sifatida
o‘rganilishi, shuningdek, tiriklikning keyingi darajalari bo‘lgan molekula, hujayra, organ, to‘qima,
populyasiya va tur, biogeotsenoz, biosfera bilan o‘zaro aloqadorlik va uzviy likni aniqlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. hayotni organizm darajasida o‘rganishning mohiyati tirik organizm
hujayralarida uchraydigan noorganik moddalar molekulalari,ya’ni: uglevodlar, oqsillar, nuklein
kislotalar, lipidlarning tuzilishi va ularning biologik ahamiyatini aniqlash sanaladi.”
Adabiyotlar:
1. Pratov o’, To’xtayev a. va boshqalar. Biologiya (Botanika). Umumiy o’rta ta’lim
maktablarining 6-sinfi uchun darslik. “o’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2017y.
2. yo’ldoshev J., hasanov s. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “moliya-iqtisod” nashriyoti, 2009.
3. ro’ziyeva d., Usmonboyeva m., holiqova Z. interfaol metodlar: mohiyati va qo’llanilishi /
met.qo’ll. – T.: nizomiy nomli dTPU, 2013