Biotexnologiya


Biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlash printsipi



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   141
720 (1)

Biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlash printsipi 
Biomassa davriy ravishda nasos stantsiyasi yoki yuklovchi moslama yordamida 
reaktorga yuklanadi. Reaktor isitish sistemasi bilan isitiladi. Unga aralashtirgichlar ham 
o'rnatilgan. Reaktor temirbeton yoki usti qoplamali po'latdan ishlangan bo'ladi. 
Kichikroq biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmalar kompozitsion materiallardan
22
tayyorlanadi. Keyin reaktorga bakteriyalar solinadi. Ular biomassa bilan oziqlanadi. 
Ularning moddalar almashinuvi mahsulotidan biogaz hosil bo'ladi. Bakteriyalarga qulay 
sharoit yaratish uchun reaktor 35-38°С haroratda qizdirilishi, biomassadan kerakli 
miqdorda berib turilishi, shuningdek davriy ravishda aralashtirib turish lozim. Hosil 
bo'lgan gaz gazgol'derga yig'iladi, tozalash sistemasidan o'tib iste'molchiga y'ani qozon 
yoki elektrogeneratorga uzatiladi. Reaktor germetik berk bo'lgani uchun ishlayotganida 
ichiga havo kirmaydi.
22
Kompozitsion materiallar
-ikki yoki undan ortiq komponentdan iborat bo'lgan hamda plastik asosli o'ta mustahkam 
material 


Ba'zi bir hom ashyo turlari mahsus tehnologiya asosida bijg'itiladi. Misol uchun, 
spirtli barda kimyoviy qo'shimchalar qo'shib qayta ishlanadi. Melassali bardaga ishqor 
bilan ishlov beriladi. Bu tipdagi hom ashyoni kimyoviy moddalarsiz ham bijg'itish 
mumkin. Lekin buning uchun ular boshqa turdagi organik hom ashyo, masalan, go'ng, 
silos kabilar bilan aralashtirlishi shart.
Bijg'ish jarayoniga ta'sir qiluvchi faktorlar: 
temperatura; 
namlik; 
рН muhit; 
uglerod, azot va fosforni nisbati C:N:P; 
hom ashyo zarrachalari yuzasining kattaligi;
substratni reaktorga yuklash chastotasi; 
jarayonni sekinlashtiruvchi moddalar; 
jarayonni tezlashtiruvchi qo'shimchalar 
Temperatura 
Metanogen (metan hosil qiluvchi) bakteriyalar 0-70ºС haroratda yashaydi. 
Harorat 70ºСdan oshsa ular halok bo'ladi. Lekin 90ºС yashaydigan shtammlar ham bor. 
Sovuq haroratda ham tirik qolishi mumkin, ammo ko'paya olmaydi.

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin