4-rasm. Sanoatda fermentatsiya jarayonining umumiy shemasi
Kolbada (200-1000ml) chayqatish
Bioreaktor (10-100 litr)
Sanoat bioreaktori (1000 litr va undan katta)
Biomassa olish
Hujayra devorini buzish
Tarkibida mahsulot saqlagan
kul'tural suyuqlik
Hujayralar
Ekstraktsiya
Mahsulotni tozalash
Mahsulotni tozalash
Bioreaktorlar. Biotehnologik jarayonning asosiy elementlaridan biri-bioreaktor
ya'ni fermenter.Bioreaktorning vazifasi-mikroorganizmlar, hujayra va to'qimalarni
o'stirish uchun optimal sharoit yaratish.
Mikroorganizm hujayralarini shiddat bilan aralashtirish mumkin. Ularni kerakli
aeratsiya bilan ta'minlasa ham bo'ladi. Sut emizuvchilar, hasharotlar va o'simlik
hujayralari esa mehanik ta'sirlarga chidamsizroq (o'stirish usulidan qat'iy nazar).
Bioreaktorda ma'lum bir jarayon olib borilayotganda undagi komponentlar
geterogen sistema ko'rinishida bo'ladi. Bunday sistema hujayralar suspenziyasi va
gazlardan iborat. Bunday sistemada fazalararo issiqlik va massa almashinuvini
ta'minlash zarur. Shundagina produtsentlarni o'stirish, shuningdek, mahsulot
biosintezi uchun optimal sharoit yaratilgan bo'ladi. Albatta bunda sterillikka va
jarayonning iqtisodiy jihatdan tejamkorligiga ahamiyat berish lozim.
Bioreaktorlarning 3ta asosiy guruhi mavjud:
1.
Aralashtirgichli bioreaktorlar
2.
Barbotajli kolonnalar
3.
Tashqi va ichki sirkulyatsiyali erlift biorektorlar
5-rasm. Turli tipdagi bioreaktorlarning soddalashtirilgan shemasi:
A-aralashtirgichli bioreaktor; B-barbotajli kolonna; C- ichki sirkulyatsiyali erlift bioreaktor; D-
tashqi sirkulyatsiyali erlift bioreaktor. Strelkalar-kul'tural muhitni oqim yo'nalishi.
1-motor, 2-gazni chiqishi, 3-kul'tural muhit, 4-parraklar, 5-havo berish joyi, 6-gazni chiqishi, 7-
kul'tural muhit, 8- havo berish joyi, 9-gazni chiqishi, 10-kul'tural muhit, 11-markaziy quvur, 12-
havo berish joyi, 13-gazni chiqishi, 14-gaz-suyuqlikli separator, 15-kul'tural muhit, 16-havo
oqimining yo'nalishi, 17-havo oqimining yo'nalishi, 18-havo berish joyi