Biznes modellarni yaratish



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə1/13
tarix07.06.2023
ölçüsü51,39 Kb.
#126538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
BIZNES MODELLARNI YARATISH




BIZNES MODELLARNI YARATISH


Dastlab biz Canvas biznes modelining mazmun va mohiyatini tushunib, to’qqizta blokning har biri nima maqsadlarga yo’naltirilganligi va ularning tavsifi bilan tanishib chiqdik. Ushbu bo’limda Canvas modelining to’qqizta bloke asosida biznes modelni tahlil qilish uchun savollar va savollarga javob toppish mumkin bo’lgan izohlarni keltirdik. Quyida har bir blok uchun savollar ketma-ketligi keltirilgan.



  1. Mijozlar segmentlari. Biznes model tuzayotganda bozor segmentini yaxshi tushunish uchun quyidagi savollarga javob berish kerak. Kim uchun qiymat taklifi yaratiladi? Kompaniya uchun qaysi mijozlar muhimroq? Biznes modellarda iste'molchilar segmentlarini tanlash turli yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunga bir nechta misollarni ko'rib chiqamiz:

Ommaviy bozor. Keng Iste'mol tovarlari taklifi bilan bog'liq biznes modellar iste'molchilar segmentlarini farqlamaydi. Bunda qiymat taklifi, sotuv kanallari va mijozlar bilan munosabatlar tizimi o'xshash talab va ehtiyojlarga ega bo'lgan iste'molchilarning katta guruhiga qaratiladi. Ushbu turdagi biznes modeli, masalan, maishiy texnika sanoatida odatiy holdir.
Maxsus bozor. Ehtiyot qisimlar bozoriining biznes modellari iste'molchilarning alohida segmentlariga yo'naltirilgan. Qiymat takliflari, savdo kanallari va mijozlar bilan munosabatlari bozor talablariga muvofiq ravishda quriladi. Shunga o'xshash biznes modellarini ko'pincha resurslar va ehtiyot qismlarni yetkazib berishda kuzatish mumkin. Misol uchun, ko'plab avto ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar katta avto kompaniyalarning xaridlariga bog'liq.

Fraksional segmentatsiya. Ayrim biznes modellari ehtiyojlar va talablar jihatidan bir oz farq qiladigan bozor segmentlarini ajratib ko’rsatadi. Banklardagi chakana xizmat ko'rsatish bo'limlari, masalan, CrediteSuisse-da depozitlari 100000 AQSh dollaridan oshadigan mijozlar guruhini va ulardan 500 000 AQSh dollaridan oshiqroq bo'lgan eng boy mijozlar guruhini ajratib ko'rsatishi mumkin. Ushbu segmentlardagi mijozlar bir-biridan farq qiladi, bu CrediteSuisse biznes modelining boshqa tarkibiy qismlari, xususan qiymat takliflari, savdo kanallari, mijozlar bilan aloqalar, daromad manbalari uchun muhimdir.

Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin