Yetuk kompozitor Komil Kenjayev ham bolalar uchun IGG ga yaqin turli shoirlarning she'rlari qo'shiqlar: "O'zbekiston bolalarimiz", "Yoshlar qo'shig'i", "Kelajak bizniki", "Biz tinchlik uchun", "Ukamizni boqamiz", "Bizlar xat yozishamiz", "Kimki bo'lsa yig'loqi", "Beshga teng birinchi", "Fizkultura-tanga rohat".

Shu yillarning boshida bolalar qo'shiqlarida zamonaviy usullar paydo bo'la boshladi. Ushbu jarayon ayniqsa kompozitorlar N.Norxo'djayev, Sh.Yormatov kabilarda namoyon bo'ladi. Kompozitorlar bolalar uchun vokal xor syuitalari va kantatalar yarata boshlaydilar. Har bir kompozitorlar xalq qo'shiqlariga, folklorga murojaat qiladilar. Asar ohanglarida ritmik talaffus, kuychanlik xarakter bilan hamohang bo'ladi.
Nadim Norxo'jayevning ijodida qo'shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. U zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda, turli mavzularda, 130 dan ortiq estrada, 100 dan ortiq bog'cha bolalari va maktab o'quvchilariga qo'shiqlar yaratdi. Bastakorning bolalar uchun 1975 yilda yozgan «Hakkalar» (N.Orifjonov so'zi) ilk estrada qo'shig'i endigina tashkil topgan «Paxtaoy» nomli bolalar estrada-vokal cholg'u ansambli ijrosida mashhur bo'lib ketdi. Bundan ilhomlangan kompozitor bolalar va o'spirinlar uchun ko'plab qo'shiqlar yaratdi. «Yaxshi bola», «Oltin paxtam, oppog'im», «Salom bergan bolalar», «Yulduzlarmiz, yulduzlar», «Xoh o'qishda, xoh ishda», « Gullar manim kulganim», «Bog'cha opa, bo'lmang xafa», «Kitob qo'limda», «Bobo xo'roz», «Xumo qushi», «Varragim», «Olmalar» (P.Mo'min so'zlari); «Gijinglagan toychog'im», «Sayyoraxon», «Kichik chegarachi» (M.Abdushukurova so'zlari) shular jumladan,

O'sha paytdagi O'zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi «Bulbulcha» bolalar xori uchun ham ko'pgina qo'shiq yaratib berdi. Ular orasida: «Eng maza, eh maza», «Yod olamiz, shodlanamiz», «O'ynasangchi, tipratikan» (P.Mo'min so'zi), jo'rsiz xor uchun 7 qismli, shoir A.Muxtor so'ziga bolalar xori uchun «Hafta» kantatasi; shoir E.Vohidov so'ziga «Daraxtlar suhbati» xor syuitasi yoki o'zbek xalq qo'shiqlarini xor uchun qayta ishlagan: «Pashsha g'ing-g'ing», «Bozor bayrami», «Chuchvara qaynaydi», 1993 yilda R.Tolib so'ziga kichkintoylar uchun yozgan to'plamga quyidagi qo'shiqlar kiritildi: «Halima va Salima», «Birinchi qor», «Toshbaqa», «Shalola», «Qilichmi, to'qmoq», «Bir, ikki, uch...», «Shamoljon», «Dangasa», «Soat qo'shig'i». Bularning hammasi bolalarni ma'naviy-estetik tarbiyalashda muhim rol o'ynamoqda.
XULOSA
XULOSA
Shu tarzda bolalar xor madaniyati rivojlanib boradi. Biz o'zbek kompozitorlarning qo'shiqlari mazmunini o'quvchilarga gapirib , suhbat o'tkazib Ona vatan haqida, kelajak haqida, har xil hunarlar haqida, tabiat haqida, albatta o'quvchilarni orzulari, kelajakdagi ishlarga intilishining ulkanligi haqida o'zbek kompozitorlari qo'shiqlari orqali bolalarni vatanni va vatan obro'sini asrash kabi ichki xis tuyg'ularni tarbiyalaymiz.