Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Ko‘rsatkich
1-davr
2-davr
3-davr
Bir birlik mahsulot narxi, ming.so‘m
0,573
0,688
0,812
Sotilgan mahsulot soni, dona
66532,000
88131,000
100725,000
Ishlab chiqarilgan mahsulot soni, dona
73000,000
92582,000
105000,000
Bir birlik mahsulot narxining o‘zgarishi, %

120,070
118,020
Sotilgan mahsulot sonining o‘zgarishi, %

132,460
114,290
Ishlab chiqarilgan mahsulot sonining o‘zgarishi, %

126,820
113,410
Mahsulotga talab egiluvchanligi

1,100
0,970
Mahsulotga taklif egiluvchanligi

1,060
0,960
Shunday qilib, 1-davrda mahsulotlarga talab va taklif egiluvchanligi ko‘rsatkichlari bir birlikdan oshib ketadi 
va mos ravishda 1,10 va 1,06 ni tashkil qiladi, 3-davrda esa talab egiluvchanligi 0,97 ni, taklif egiluvchanligi 0,96 
ni tashkil qiladi. Biz taklif qilayotgan yondashuvga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektning mintaqaviy umum-
lashtirilgan soliq yuki darajasini hisoblash 5-jadvalda keltirilgan.
5-jadval:
Xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq yukini hisoblash, ming.so‘m
Ko‘rsatkich
1-davr
2-davr
3-davr
Barcha soliq summasi, 
3 590,00 
7 908,00 
11 398,00 
JShDS summasi,
657,00 
1 273,00 
1 939,00 
Qo‘shilgan qiymat solig‘I,
729,00 
2 725,00 
3 694,00 
Talab egiluvchanligi, ulushda, 
– 
1,10 
0,97 
Taklif egiluvchanligi, ulushda, 
– 
1,06 
0,96 
Mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum, 
49 365,00 
78 231,00 
104 898,00 
Moddiy xarajatlar, 
35 697,00 
54 592,00 
71 444,00 
Amortizatsiya, 
738,00 
812,00 
1 209,00 
Soliq yuki, 
– 
0,23 
0,24
Soliq yukining hisoblangan ko‘rsatkichi 2-davrda 23% va 3-davrda 24% ni tashkil etdi. Shu tarzda, tahlil 
qilinayotgan bosqichda o‘rnatilgan talab va taklif egiluvchanligi bilan soliq to‘lovlarida QQSning 50% ga ya-
qini hisobga kiritildi.Hisoblash haqiqatga yaqin, chunki korxonaning asosiy mahsulotlari sotuvidan tushgan 
tushumning jami realizatsiyadan tushgan tushum hajmidagi ulushi, qoida tariqasida, taxminan 76–79% ni tash-
kil qiladi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Soliq yukini hisoblashda soliq summalari ularning to‘lov manbalari bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligi sababli, 
qisman qo‘shilgan qiymatdan foydalanish imkoniyati mavjud, ammo soliq miqdori nisbati universal emas. Shu 
munosabat bilan, bizning yondashuvimiz, amortizatsiya ajratmalari olib tashlangan holdagi qo‘shilgan qiymat-
dan, ya’ni yangi yaratilgan qiymatdan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bunday yondashuv turli 
xil obyektlardagi ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rtasidagi farqni yumshatishga imkon beradi, 
bu esa o‘z navbatida uni nafaqat turli sohalarni qiyosiy tahlil qilishda, balki iqtisodiyotning ishlab chiqarish va 
ijtimoiy sohalarini ham tahlil qilishda qo‘llash imkonini beradi.
Soliq yukini hisoblashning hozirgi usullarini batafsil tahlil qilish quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:

Soliq yukini hisoblash usullarining xilma-xilligi va ushbu ko‘rsatkichlardagi farqlanishlarning yetarli dara-
jada katta ekanligi soliq yukini aniqlash usullarini Qonunchilik darajasida birlashtirish va ushbu ko‘rsat-
kichdan foydalanishni hisoblash maqsadlari va usullarini tasdiqlash zarurligini ko‘rsatadi.

Korxonaga soliq yukini hisoblashda bilvosita soliqlarni hisobga olish zarur. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan bilvosita soliqlarni to‘lash mahsulot narxiga ta’sir qiladi va mahsulotga bo‘lgan talab va foyda 
miqdori unga bog‘liq bo‘ladi, ushbu soliqlarni to‘lash to‘lovchining pul mablag‘lari chiqib ketishiga olib 
keladi, bu esa kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Taklif qilinayotgan soliq yukini hisoblash metodologiyasi haqiqatdagi soliq yukini hisoblash imkonini be-
radi, chunki u korxona tomonidan to‘lanadigan barcha soliqlarni hisobga oladi.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
194
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Shunday qilib, maqbul ravishda qurilgan soliq tizimi, bir tomondan, davlatning ehtiyojlarini moliyaviy re-
surslar bilan ta’minlashi kerak bo‘lsa, boshqa bir tomondan, soliq to‘lovchining tadbirkorlik faoliyati uchun 
rag‘batlarini kamaytiribgina qolmay, balki uni faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llarini doimiy ravishda izlashga 
majbur qilishi ham kerak. Shu sababli, soliq to‘lovchining soliq yukiko‘rsatkichi mamlakat soliq tizimi sifatining 
juda jiddiy bahosi sanaladi.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin