Kredit sifati
2017-yil
2018-yil
2019-yil
2020-yil
2021-yil
Summa
%
Summa
%
Summa
%
Summa
%
Summa
%
Standart
2955,3
94,3
4724,6
94,4
5791,1
96
6255
86
7939,8
83,6
Substandart
59,5
1,9
95,1
1,9
36,2
0,6
175
2,4
294,4
3,1
Qoniqarsiz
62,7
2
60,1
1,2
1809,7
0,3
313
4,3
360,9
3,8
Shubhali
31,3
1
55,1
1,1
42,2
0,7
269
3,7
351,4
3,7
Umidsiz
25,1
0,8
70,1
1,4
12,1
0,2
262
3,6
550,8
5,8
Jami
3133,9
100
5004,9
100
6032,4
100
7273,8
100
9497,4
100
Yuqoridagi jadvalda ATB “Hamkorbank” kredit portfelining sifati bo‘yicha tasniflanishi tahlil etilgan bo‘lib,
2017-yilda jami kreditlarning 94,3 foizi standart kreditlarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib esa jami
kreditlarning 83,6 foizi standart kreditlarga to‘g‘ri kelgan. Standart deb tasniflangan kreditlar bo‘yicha zaxi-
ra yaratilmagan. Bankda kreditlar bo‘yicha zaxira tasniflangan kreditlar bo‘yicha mos holda 2021-yil yakuni
bo‘yicha 550,8 mrd. so‘m miqdorida shakllantirilgan.
Tijorat banklari kredit portfelining samaradorlik darajasini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri – mud-
dati o‘tgan kreditlarning jami kredit qo‘yilmalari tarkibidagi salmog‘ini o‘zgarishi hisoblanadi.
Kreditning o‘z vaqtida qaytarilmasligini va shu sababali muammoli kreditning yuzaga kelishini quyidagi
belgilar orqali bilish mumkin:
●
qarz oluvchi tomonidan belgilangan muddatda balansning taqdim etilmasligi;
●
debitorlik qarzning birdaniga o‘sib ketishi;
●
qisqa muddatli aktivlar ulushining kamayishi;
●
qisqa muddatli kreditorlik qarzlarning noproportsional o‘sishi;
●
likvidlik koeffitsiyentining pasayishi;
●
aktivlar tarkibida asosiy kapital ulushining oshishi;
●
savdo hajmining pasayishi;
●
muddati o‘tgan qarzlarning o‘sishi;
●
operatsion faoliyatdan ko‘rilgan zararlarning paydo bo‘lishi.
Muammoli kreditlar odatda qarz oluvchining kreditni to‘lashi uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan hollar-
da yuzaga keladi. Ba’zi hollarda ular mijozning schyotida mablag‘lari bo‘la turib, kreditni to‘lashni xohlamagan-
da ham yuzaga kelishi mumkin. Kredit bo‘limi xodimlari shu belgilar yuzaga kelishini birinchi bo‘lib sezmoqliklari
va bankni kredit bo‘yicha yo‘qotishlardan saqlovchi chegara bo‘lishlari lozim. Ular bank va mijoz manfaatini
saqlab qolgan holda bu moliyaviy qiyinchiliklardan chiqish yo‘llarini ishlab chiqishga yordam berishlari, bosh-
qacha aytganda, banklar to‘lov kuni kreditni undirishni o‘ylab o‘tirmasdan, mijoz faoliyatida muammolar yuzaga
kelgan vaqtdan boshlab mijozga yordam berishlari, ularga ta’sir ko‘rsatishlari zarur. Buning uchun bank doimo
mijozning faoliyatidan xabardor bo‘lishi, o‘zi uchun zarur axborotlarni yig‘ib, tahlil qilib borishi zarur.
Muammoli kreditlar yuzaga kelish sabablari bo‘yicha bir-biridan farq qilsada, ularning oldini olishda qo‘yida-
gi yondashishlar qo‘l kelishi mumkin. Bunda:
13 https://cbu.uz/upload/medialibrary/ca1/Markaziy_bankning_2022_yil_uchun_hisoboti.pdf
14 “Hamkorbank” ATB ning yillik hisobot ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
267
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
●
qarzni restrukturizatsiya dasturini ishlab chiqish;
●
qo‘shimcha hujjatlar va kafolatlar olish;
●
qo‘shimcha fondlarni to‘xtatish yoki qo‘shimcha investitsiya qilish;
●
garovni sotish;
●
boshqa aktivlarni sotish;
●
kafolat bo‘yicha to‘lovni talab qilish;
●
boshqaruvni almashtirish;
●
menejment ishlarini olib borish;
●
huquqiy ishlarni ko‘rib chiqish;
●
muammoli krediti mavjud mijozlarga tashqi boshqaruvchi tayinlash.
Ma’lumki, tijorat banklarining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash va mustahkamlash Markaziy bank
tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Shuning uchun banklar tizimining samarali va barqaror faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlash masalasi turli mamlakatlar Markaziy bankining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Har bir mamlakatda
bu sohada o‘rnatiladigan nazorat Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida ularning aktivlari bo‘yicha mumkin
bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar tashkil qilish va uni doimo barqaror ushlash masalasini qo‘yadi.
Hozirda O‘zbekiston bank tizimida shunday amaliyot borki, ya’ni banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning
muddatlarini uzaytirish amaliyoti keng qo‘llanilmoqda, aslida bu banklarda yuzaga kelishi aniq bo‘lgan real
muammoli kreditlardir. 2022-yilda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quv-
vatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarning qaytarish muddatlarini uzaytirish amaliyoti
davom ettirildi15.
Xususan, 2022-yil davomida mijozlarning jami 36 trln. so‘mlik kreditlari bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirildi.
Eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan tadbirkorlik subyek-
tlarining 4 trln.so‘mlik kreditlarining qaytarish muddatlari uzaytirildi.
Muddati uzaytirilgan kreditlar qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 75 trln.so‘mni tashkil etib, 64,0 trln.so‘mi
(86 foizi) yuridik shaxslar va 11,0 trln. so‘mi (14 foizi) jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
2022-yilda undirilishi istiqbolsiz bo‘lgan bir yildan ortiq muddat davomida qaytarilmagan mijozlarning 6,2
trln.so‘mlik “umidsiz” toifaga tushib qolgan kreditlari balansdan chiqarildi.
Banklar tomonidan 2022-yilda aktivlar bo‘yicha 11 trln. so‘m miqdorida qo‘shimcha zaxiralar yaratildi ham-
da muammoli kreditlarni zaxiralar bilan qoplanish darajasi 1,3 barobarga oshib, 2023-yil 1-yanvar holatiga 102
foizga yetdi. Provardida, 2022-yilda muammoli kreditlar ulushi 1,6 foiz bandga yoki 3,6 foizgacha (14 trln. so‘m)
kamaydi16.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Tadqiqot ishimizda amalga oshirilgan tahlillar natijasida quyidagi xulosalarni shakllantirdik:
1. Tijorat banklarida muammoli aktivlarni kelib chiqishiga ichki va tashqi omillar sabab bo‘ladi. Ichki omillar
quyidagilardan iborat:
●
mijozning kredit olish uchun taqdim qilingan arizasiga ilova qilingan hujjatlari kredit mutaxasislari to-
monidan to‘liq o‘rganilmasdan, uning kreditga layoqati va potensiali yetarlicha tahlil qilinmasdan kredit
ajratilishi;
●
kredit ta’minoti uchun yetarlicha likvid ta’minot olinmasligi;
●
kredit davri davomida monitoring ishlarining o‘z vaqtida olib borilmasligi.
Tashqi omil sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
●
mijozning moliyaviy xolatini yomonlashuvi;
●
kredit ta’minotini qiymatini qardsizlanishi va yo‘qolishi/buzilishi;
●
mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy muhitning o‘zgarishi;
●
iqtisodiy inqirozlar va boshqa fors-mojor holatlar.
15 https://cbu.uz/oz/press_center/reports/1077776/
16 https://cbu.uz/oz/press_center/reports/1077776/
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
268
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
2. Tijorat banklarida muammoli aktivlarni kamaytirishda quyidagi amallarni bajarish talab etiladi:
●
muammoli aktivlarni vujudga kelishini oldini olish uchun aktivlarni joylashtirishda uning qaytishini mu-
kammal o‘rganib chiqish;
●
kredit byurosi faoliyatini oshirish, ushbu tashkilot tomonidan berilgan ma’lumotni to‘g‘riligiga ularni va
ularga ma’lumot beruvchi tashkilotlar javobgarligini ta’minlash hamda tijorat banklari tomonidan har bir
mijoz bo‘yicha kredit byurosidan ma’lumot olish majburiyligini va ushbu ma’lumotlar salbiy bo‘lganda
kredit ajratmaslikni me’yoriy hujjatlarga kiritish;
●
kredit byurosida kredit tarixi yomon mijozlar ro‘yxatini ya’ni qora ro‘yxatni shakllantirish va bu ro‘yxatdagi-
larga asosli ma’lumotlar bilan o‘zini oqlamagungacha moliyalashtirishni to‘xtatish;
●
tijorat banklarida muammoli aktivlar bilan shug‘illanuvchi alohida bo‘linma tashkil qilish, bo‘linma tarkibi-
ga yurist shtatini kiritish va bu bo‘lim faoliyatini boshqa aktiv amaliyotlar bilan shug‘illanuvchi bo‘limlar
faoliyati bilan uyg‘unlashtirish hamda bankdagi barcha aktiv amaliyotlarni ko‘rib chiquvchi qo‘mitalarga
ushbu bo‘lim mutaxasislaridan birini a’zolikka kiritish;
●
mamlakatimizda muammoli aktivlar bilan shug‘illanuvchi va ularni sotib olish imkoniyatiga ega kollektrlik
organlarini tashkil qilish.
Dostları ilə paylaş: |