Tendensiya
Tavsifi
Integratsion tendensiyalar
Moliyaviy bozorda yirik
texnologiya kompaniyalarining
paydo bo‘lishi (Big tech)
Yirik texnologiya (AQShning Google, Apple, Facebook, Amazon va Microsoft, Xitoy ning
Alibaba, Tencent, Baidu, JD, i Xiaomi) kompaniyalari moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi,
shuningdek, kapitalning yuqori jamlanish ko‘rsatkichi va raqamli texnologiyalar sohasidagi
yetakchilik borasida an’anaviy banklar bilan raqobatlasha oladi.
Startaplar integratsiyasi
Startaplar bilan korporativ tezlatgich (akselerator)lar yoki kichik innovatsion kompani-
yalarni sotib olish orqali o‘zaro aloqa qilish
Tizimda yirik banklarning
yetakchiligi (O‘zbekistonda),
banklarni birlashtirish
(dunyoda)
So‘nggi yillarda O‘zbekiston banklar sonining o‘sishi va yirik tizimli ahamiyatga ega
banklar bozor ulushining o‘sishi kuzatilmoqda. Banklar sonining kamayishi va yirik
banklar nazorati ostida kapitalning jamlanishi tendensiyasi AQSh va Yevropa uchun
ham xosdir.
Mobil-bank va internet-bank
Tegishli xizmatlarni bankning
mobil ilovasiga integratsiya
qilish (ekotizimni rivojlantirish)
Smartfonlarning hisoblash quvvatining o‘sishi va raqamli xizmatlarning rivojlanishi nati-
jasida qo‘shimcha bank mahsulotlari va boshqa xizmatlarni, shu jumladan, sheriklik xi-
zmatlarini sotib olish bilan bog‘liq turli funksiyalar banklarning mobil ilovalariga qo‘shila
boshlandi. Masalan, sug‘urta, aviachiptalar, teatr yoki kino chiptalari, elektron kitoblar va
boshqalarni sotib olish.
275
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Brokerlik xizmatlari
Koronavirus oqibatida moliyaviy bozorlarda vujudga kelgan inqirozdan keyin aholining
aksiya va obligatsiyaga kiritgan investitsiyalari salmog‘i keskin o‘sdi. Ko‘pgina banklar bro-
kerlik xizmatlari ko‘rsatishga moslashgan mobil ilovalarini yaratdilar yoki takomillashtird-
ilar. Shu bilan birga, investitsiyalar uchun aholining savodxonlik darajasi pastligi sababli
bir qator banklar o‘z ilovalarida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar tashkil qildilar.
Bank xizmatlaridan
foydalanishni soddalashtirish
Mobil ilovalar va internet-banking xizmati funksional imkoniyatlarining oshishi bilan
banklar bir qator xizmatlarni onlayn tarzda taklif qilmoqdalar. Ular orasida kiberxavfsizlik
tahdidlari tufayli ilgari onlayn tarzda taqdim etilmagan xizmatlar mavjud. Masalan, kar-
talarning PIN-kodini o‘zgartirish, karta limitlarini o‘zgartirish, ilovaga kirishni tiklash va
onlayn kredit olish.
Xodimlar bilan ishlash
Xodimlarni o‘qitish
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida, ularni joriy qilish va ulardan foy-
dalanishga tayyor bo‘lgan xodimlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, funksiyalari
avtomatlashtirilishi yoki butunlay sun’iy intellekt bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan ish
o‘rinlarini qisqartirish tendensiyasi mavjud. Banklar, imkoniyati mavjud vaziyatlarda, o‘z
xodimlarini qayta tayyorlash bilan shug‘ullanadilar.
Yuqori malakali kadrlar
taqchilligi
Yangi raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun mashina orqali o‘rganish, ma’lumotlarni
qayta ishlash va boshqa raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali xodimlarga
talab oshadi. Shu bilan birga, IT-mutaxassislar taqchilligi nafaqat bank sektori uchun,
balki raqamli transformatsiya tashkilot samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mum-
kin bo‘lgan hamma sohalarga ham xosdir.
Autstaffing
IT-mutaxassislarining taqchilligi eng yirik banklarning autstaffing xizmatlardan foydal-
anishga olib keladi (tashqaridan qo‘shimcha xodimlarni jalb qilish). O‘zbekiston moli-
ya bozorida banklar pudratchilar zanjiri orqali tashqi xizmatlarni buyurtma qilishadi, bu
muqarrar ravishda bunday IT-mutaxassisi bir soatlik ish haqining oshishiga olib keladi.
Taklif etilayotgan bank mahsulotlarini takomillashtirish
Mijozlarning ehtiyojlariga
moslashish
Bu mobil ilovalar va sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq.
Bu tranzaksiya xarajatlarni qisqartirish va mijozlar ehtiyojini qondirish darajasini oshirish
imkonini beradi.
Mijozlar tomonidan sun’iy
intellekt yordamida qarorlar
qabul qilinishini qo‘llab-
quvvatlash
Mijoz uchun investitsiya portfelini tanlash yoki kelgusi davrlar uchun xarajatlarni bashor-
at qilish uchun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish
Yangi onlayn autentifikatsiya
texnologiyalari
Xavfsizlikni oshirish uchun biometrik autentifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish,
shuningdek boshqa saytlarga kirish uchun bankning ilovasi orqali autentifikatsiya qilish
Virtual va qo‘shimcha reallikdan
foydalanish (VR i AR)
Iqtisodiy harakatlarga taqlid qiladigan o‘yin va ko‘ngilochar dasturlar, kelajakdagi kvar-
tirani, ko‘rishga imkon beradigan VR-ipoteka xizmati, shuningdek, marketing aksiyalari
Chatbotlar va ovozli
yordamchilar
Operatorni kutish vaqtining qisqarishi yoki spam qo‘ng‘iroqlariga qarshi kurashish uchun
ovozli yordamchi
Biznes jarayonlarini optimallashtirish
Xatarlarni baholash uchun
sun’iy intellektdan foydalanish
Kredit yoki bank kafolati berishda xavflarni aniqroq baholash uchun sun’iy intellektdan
foydalanish, shuningdek, mijoz hujjatlaridagi kamchiliklarni aniqlash
Xodimlarni masofadan turib
ishlashga o‘tkazish
Masofadan turib ishlash natijasida ofis-maydoni xarajatlarini qisqartirish va harakatchan-
likni oshirish
Bank binolaridan uzoqlashish
Xizmatlarni onlayn tarziga o‘tkazish hisobiga bank filiallari binolari va xodimlari uchun
xarajatlarni qisqartirish
Kiberxavfsizlik
Mobil ilova yoki internet-banking orqali foydalanuvchini identifikatsiyalash natijasida yu-
zaga keladigan qo‘shimcha xatarlarga javob sifatida kiber tahdidlardan himoya qilish
xarajatlarining oshishi
Ro‘yxatga olish texnologiyalari Ma’lumotlar bazalarining barqarorligini oshirish va kiber tahdidlardan himoya qilish
uchun blokcheyn texnologiyalarini joriy etish
Yirik ma’lumotlar
texnologiyalari
Ma’lumotlarni tahlil qilish va modellarni yaratishning ilg‘or usullaridan foydalanish, shun-
ingdek hisoblash quvvatining o‘sishi biznes jarayonlarining samaradorligini oshiradi.
Regulyator tomonidan
o‘rnatilgan talablarning
o‘zgarishini kuzatish
texnologiyalari
Bir qator banklar jarimalar va regulyatorning boshqa sanksiyalari xavfini kamaytirish
uchun xodimlarni regulyator talablarining o‘zgarishi to‘g‘risida xabardor qilishga imkon
beradigan tizimlarni joriy qilmoqdalar.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
276
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
Dostları ilə paylaş: |