289
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
A D A B I Y O T L A R S H A R H I
S. Vayn o‘z tadqiqotlari natijalariga asoslangan holda, kreditlarning samaradorligini ta’minlashda kreditlar
bo‘yicha tashqil etiladigan zaxiralarning darajasini muhim o‘rin tutishini e’tirof etgan
[2]
.
V. M. Usoskinning fikriga ko‘ra, talab qilib olinadigan depozitlardan kredit resursi sifatida foydalanish tijorat
banklarining likvidliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
[3]
.
J. Sinkining xulosasiga ko‘ra, banklar mijozning pul oqimini tahlil qilish quyidagi dolzarb savollarga javob
topish imkonini berishi kerak:
●
mijozning sof foydasi uning uzoq muddatli qarzlarining joriy qismini to‘lash uchun yetarlimi?
●
kompaniya aynan qancha miqdorda pul mablag‘lari oladi?
●
kompaniya o‘z operatsiyalarini qanday moliyalashtiradi?
●
kompaniyaning joriy holatini rahbariyatning qaysi hatti-harakatlari yoki qaysi tashqi ta’sirlar belgilaydi
[4]
.
A. Omonov tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash masalasini ilmiy asosda tadqiq qilgan. Uning
xulosasiga ko‘ra, tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli depozit mablaglari salmogini oshirish va bankdan
tashkari aylanmalarni zarur darajada kamaytirish maksadida muddatli va jamg‘arma depozitlarga nisbatan Marka-
ziy bankning majburiy zaxira talabini 0 foiz mikdorida joriy etish lozim
[5]
.
Sh. Abdullayevaning xulosasiga ko‘ra, kredit portfelini resurslarning manbalari bo‘yicha deversifikatsi-
yalash natijalariga ko‘ra, ba’zi tijorat banklarining kredit portfelida markazlashgan kreditlar salmog‘ining yuqo-
riligini hisobga olish lozim va shu kreditlar bo‘yicha banklarga yengilliklar berish, ba’zi hollarda ulardan olingan
daromadni soliqdan ozod qilish kabi choralarni ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘lar edi
[5]
.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot ishini amalga oshirishda kredit mexanizmini metodologik asoslarini takomillashtirishda iqtisod-
chi-olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish, statistik tahlil usullaridan hamda muallif tajribalari bilan qiyosiy
tahlil o‘tkazish orqali tegishli yo‘nalishlarda xulosa qilindi va takliflar berildi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Amalga oshirilgan tahlillar ko‘rsatdiki, respublikamizda kredit mexanizmining metodologik va amaliy asos-
larini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Ulardan asosiy-
lari, fikrimizcha, quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: