Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Rasulova Nigora Yusupovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Turizm va servis kafedrasi 
assistenti
Annotatsiya:
Maqolada O‘zbekistonning yashil turizmni rivojlantirish istiqbollari o‘rganilgan. Jumladan, atrof-muhitni 
muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda ekoturizmning ahamiyati, “yashil” iqtisodiyotni shakllantir-
ishda hududlarning ekoturistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, sohani 
rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va xulosalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Ekoturizm, “yashil” iqtisodiyot, ekoturistik imkoniyatlar.
Аннотация:
В статье рассматриваются перспективы развития зеленого туризма в Узбекистане. В частности, науч-
но проанализированы значение экотуризма в охране окружающей среды и рациональном использовании природ-
ных ресурсов, вопросы эффективного использования экотуристического потенциала регионов в формировании 
“зеленой” экономики. Также представлены научные предложения и выводы по развитию области.
Ключевые слова:
экотуризм, “зеленая” экономика, возможности экотуризма
Abstract:
The article discusses the prospects for the development of green tourism in Uzbekistan. In particular, the signif-
icance of ecotourism in environmental protection and rational use of natural resources, the issues of effective use of the 
ecotourism potential of the regions in the formation of a “green” economy are scientifically analyzed. Scientific proposals 
and conclusions on the development of the region are also presented.
Key words:
ecotourism, “green” economy, ecotourism opportunities
K I R I S H
Yashil iqtisodiyotga o‘tish O‘zbekistondagi mehmondo‘stlik va turizm sohasi uchun dolzarb vazifadir. Yashil 
texnologiyalarni joriy etishning asosiy maqsadi energiya va tabiiy resurslarni isteʼmol qilish darajasini pasaytirish, 
chiqindilarni kamaytirish va atrof-muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatishini oldini olish, shu bilan birga mehmonlar uchun 
qulay yashash sharoitlarini saqlab qolish va albatta biznesning rentabelligini oshirishdan iborat hisoblanadi.
Mamlakatda ekologik turizmni rivojlantirish, mazkur sohada aholini ish bilan bandligini oshirish va shuning 
bilan bir qatorda tabiiy turfa xillikni, ya’ni biobalansni saqlash, iqlim o‘zgarishlarining oldini olish maqsadida 
davlat organlarining ekologik turizmni rivojlantirish sohasida aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizm-
larini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, ekologik turizmni rivojlantirish 
maqsadida zamonaviy innovatsion platformalarni amaliyotga keng tatbiq etishning yaxlit tizimini yaratish, ax-
borot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va 
kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yilning 30-mart kuni mamlakat turizmini rivojlantirish bo‘yicha 
videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.1 Biryoqlama iqtisodiyot barqaror bo‘lmaydi. Shu bois, mamlakatimizda iqti-
sodiyotni tarkibiy isloh qilib, keng ko‘lamda rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, turizm drayver soha-
lardan biri sifatida belgilanib, zarur sharoitlar yaratilmoqda. Masalan, sayyohlarga viza berish yengillashtirildi. 
Aeroportlarda navbatlar va tekshirishlarga barham berildi, yashil yo‘laklar qilindi. Valyuta ayirboshlash bemalol 
bo‘ldi. Shuningdek, suv omborlari, o‘rmon xo‘jaligi yerlarini o‘rganib, xavfsiz yerlarda turistik zonalar tashkil 
etish mumkinligi qayd etildi. Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Xora-
zmning cho‘l hududlarida “safari” turizmini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, ekologik turizmni 
rivojlantirishda innovatsion raqamli platformalarni tatbiq etish dolzarb masalalardan bo‘lib hisoblanadi.
1 https://www.spot.uz/oz/2023/03/30/tourism-assignment/


55
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ–4477-son qarori bilantasdiqlangan 
2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishStrategiyasida iqlim oʻzga-
rishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardanfoydalanish samaradorligini oshirish va 
tabiiy ekotizimlarni asrash boʻyicha bir qator vazifalarkeltirilgan. Shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda 
barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning 15-maqsadi “Quruqlik ekotizimlarini himoyalash 
va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga koʻmaklashish, oʻrmonlardan oqilona foydalanish, choʻllanishga qar-
shi kurashish, yerlarning yemirilishini toʻxtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yoʻqolib ketish jarayonini 
toʻxtatish”dan iborat. Bu esa oʻz navbatida, hududlarning turistik-rekreatsion imkoniyatlaridan samarali foydala-
nish va ekoturizmni rivojlantirishtirish bilan bogʻliq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF–60-son, 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respub-
likasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tad-
birlar to‘g‘risida”gi PF–5326-son Farmonlari, 2017-yil 18-yanvardagi “2017–2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini 
rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2731-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-
sining 2018-yil 3-dekabrdagi “Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari 
doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 978-son qa-
roriva boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish O‘zbekistonda ekoturizmni 
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ekoturizmning maqsadini belgilashda jahonda ekoturizmning kelib chiqishi va shakllanishini puxta o‘rgan-
ishni talab qiladi. Hozirgi kunda ekoturizm jahon turizmida jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalish hisoblanadi. 
Shu o‘rinda ekoturizm insoniyatning XXI asrdagi eng og‘ir sayyoraviy ekologik muammolarining yechimlarini 
ham topilishida najot yo‘llaridan biri ekanligining mazmunini, mohiyatini tushunib olishni talab qiladi. Turizmning 
ko‘plab turlari o‘z mavzusi yoki atalishi bo‘yicha bir yo‘nalishni yoki bir maqsadni bildiradi.
Jahonda iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibida ekoturizm xizmatlarini rivojlantirish sohasidagi 
ilmiy tadqiqotlarning tahliliga ko‘ra2027-yilga borib jahon ekoturizm bozori hajmi 2020-yildagi 351 000 million 
AQSh dollaridan 878 760 million AQSh dollariga yetishi va 2021–2027-yillar mobaynida o‘rtacha 14% o‘sishi 
bashorat qilinmoqda
2
.
AQShda qo‘riqxonalar XIX asrda shakllantirildi va mamlakatda ekoturizm ancha yaxshi rivojlangan. AQSh 
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarga tashrif buyuruvchilardan olinadigan daromadlar bo‘yicha yetakchilik 
qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Avtraliya va Keniya turibdi. Laos, Kosta-rika, Peru, Nepal, Ekvador, Hindiston, 
Filippin ekoturistlar diqqat markazida turgan hududlar hisoblanadi. Yevropada muhofazalanadigan hududlar 
Germaniyada 37% ni, Rossiyada esa 13,9 %ni tashkil etadi. Finlyandiya, Norvegiya va Islandiya davlatlari 
“yashil” turizm uchun diqqatga sazovor joylardan hisoblanadi
3
.
Respublikamizda o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, ekologik vaziyatiga va mentalitetiga 
ega bo‘lgan bevosita O‘zbekiston Respublikasi ekoturizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar raqobatbardoshligi, 
tashkiliy-iqtisodiy omillaridan samarali foydalanishning ilmiy-amaliy masalalari bo‘yicha yaxlit ilmiy izlanishlarn-
ing amalga oshirilmaganligi tadqiqotlar yo‘nalishini belgilashda asos bo‘lib xizmat qildi.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Bugungi kunda jahon ilm-fanida turli tadqiqotchilar tomonidan ekoturizm bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-nazariy 
va amaliy-fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, 
ekoturizmning tabiatga taʼsiri, ekoturizmning barqaror rivojlanishi, ekoturizm imkoniyatlari kabi masalalarda 
olib borilayotgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan 
tadqiqotlar amalga oshirilish metodologiyalari bilan bir-biriga ancha yaqin, o‘xshash bo‘lsa-da, ammo ularning 
maqsad va o‘rganish sohasi turlicha ekanligini eʼtirof etish mumkin. Xususan, ekoturizm imkoniyatlarining ken-
gayishi, ekoturizmning barqaror rivojlanishi, ekoturizmning o‘rni masalalari bo‘yicha Mayra Sanchez Morgan
4

Harshavardhan Reddy Kummitha, TuğbaKiper
5
, I. P. Menbere, K. Miller, Ceballos Lascurain H. Kabi tadqiqotch-
ilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarni misol sifatida keltirish mumkin.
F. T. Egamberdiyev va H. Y. Yoqubjonovalar o‘zlarining ilmiy maqolalaridan birida: “Turizmning ekologik 
yo‘nalishi dastavval, dunyo miqyosida amaliy ishlardan boshlangan. Ekoturizm ayni kunda namunali tarzda 
rivojlanib kelayotgan Skandinaviya mamlakatlarida 1972-yildan boshlab fuqarolarga kitlarni tomosha qilish va 
o‘rganishni tashkil qilish orqali yig‘ilgan mablag‘ni ularning muhofazasi uchun sarflashgan. Keyinchalik mam-
2 globenewswire.com

https://plus-one.ru/manual/2021/08/24/chto-takoe-ekoturizm-sovremennaya-koncepciya-zelenogo-turizma

Mayra Sanchez Morgan, Doctor of Philosophy dissertation on “Ecotourism and Women’s Empowerment: A Case Study in Quintana 
Roo Mexico” Michigan Technological University, 2019. https://doi.org/10.37099/mtu.dc.etdr/971

TuğbaKiper, “Role of Ecotourism in Sustainable Development” Namık Kemal University, -Turkey, 2013. http://dx.doi.org/10.5772/55749


56
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
lakatda ekoturistik marshrutlar ishlab chiqilib, ular Yevropaning boshqa mamlakatlariga, Osiyo, Shimoliy Amer-
ika davlatlariga yoyilgan”ligini
6
maʼlumot sifatida keltirib o‘tadilar. 
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Ilmiy izlanish jarayonida aniq faktlar asosida tadqiqot o‘tkazishda statistik va moliyaviy holat dinamikasini 
aks ettirish, ma’lumotlarni guruhlarga ajratish hamda indeks va normativ usullarini hisobga olib ularning tuzil-
ishini o‘rganish asosida ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni anglashni mantiqiy xulo-
salash, tahlil va sintez qilish, ko‘rsatkichlar dinamikasini tahlil qilish, statistik ma’lumotlarni taqqoslash kabi usul 
va uslublardan foydalanildi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Respublikada ekoturizmni rivojlantirish mamlakat tabiatini muhofaza qilish va atrof muhit tozaligini saqlash 
yuzasidan qo‘shimcha sa’y-harakatlarni talab etadi. Shu o‘rinda tabiiy savollar tug‘iladi: qanday qilib ekoturizm-
ni mamlakatning tabiiy merosiga va mavjud ekosistemasiga zarar yetkazmasdan rivojlantirish mumkin? Ikki 
yo‘nalishni o‘zaro uyg‘unlikda olib borish mumkinmi?
“Bugungi kunda ekologik barqarorlik raqobatbardoshlikning muhim omili bo‘lib bormoqda. Ekologik xabar-
dorlikni oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish, samarali ekologik texnologiyalarni qo‘llash mamlakatda turistik 
tarmoqni yanada rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘zbekiston prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 
2020-yil 28-sentyabrdagi yig‘ilishda taʼkidlab o‘tganidek, mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish 
uchun milliy standartlarni xalqaro talablarga muvofiq darajaga keltirish va ularni korxonalarda joriy etish muhimdir.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonning yashil iqtisodiyot bo‘yicha milliy dasturi qabul qilinishini 
va 2030-yilgacha “yashil” rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ushbu hujjat issiqxona 
gazlari chiqarilishini qisqartirish, qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish va resurslardan foy-
dalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Yashil turizmni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu borada 
Turkiya 2023-yilda dunyodagi birinchi milliy yashil yoki ekoturizm dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.U 
bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, 2030-yilgacha davom etadi.
Dastur Global Barqaror Turizm Kengashi bilan hamkorlik kelishuvi doirasida amalga oshiriladi va iqlim bo‘yicha 
Parij kelishuvi asosida mahalliy turizm sanoatida global barqaror rivojlanish amaliyotini joriy etish va atrof-muhit 
ifloslanishini kamaytirishni nazarda tutadi. “Xalqaro sayyohlarning 87 foizi barqaror turizm doirasida sayohat qi-
lishni xohlaydi. Dam oluvchilarning uchdan ikki qismi ekologik toza sayyohlik kurortlarida qolishga moyil.
O‘zbekiston okean va dengizlardan uzoqda joylashgani va tabiiy suv havzalari hajmi kichikligi sababli 
ekoturizmni rivojlantirish uchun maqbul joylari qo‘riqxonalar va ularga yaqin joylashgan hududlar hisoblanadi. 
Bugungi kunda mamlakatda Toshkent, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 
joylashgan 7 ta qo‘riqxona mavjud bo‘lib, umumiy-maydoni 188,33 ming gektardan oshadi. Ushbu qo‘riqxonalar 
asosan yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlar va o‘simliklarni himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
Tadqiqotchi M. Z. Ruzimovaning fikriga ko‘ra: O‘zbekiston ekoturistik resurs va imkoniyatlarga juda boy. 
Turoperatorlik firmalari tomonidan “Toshkent-Chorvoq-Toshkent”, “Toshkent-Bildirsoy-ChimyonToshkent”, 
“Toshkent-Zomin-Toshkent”, “Toshkent-Aydarko‘l-Toshkent” kabi marshrutlarda o‘tkazilgan ekoturlar, cho‘l 
hududlardagi tuyadagi sayr, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo turistlarining katta e’tibor va e’tiroflari-
ga sazovor bo‘lmoqda. Tahlillarga ko‘ra, ekoturizm xizmatlarini ko‘rsatayotgan turoperatorlik firmalari asosan, 
Chimyon-Chorvoq rekreatsiya zonasi doirasida faoliyat ko‘rsatmoqda xolos. Biroq, O‘zbekistonning Hisor, Bo-
botog‘, Ko‘hitangtog‘ (Surxondaryo), Chaqchar (Qashqadaryo), Nurota (Navoiy-Jizzax), Zarafshon (Samar-
qand), Turkiston (Jizzax), Oloy (Farg‘ona), Qurama, Chotqol (Namangan) tog‘lari, Qizilqum cho‘lidagi qoldiq 
tog‘lar, Qizilqum cho‘li, Orol dengizining qurigan tubi va qodiq sho‘r ko‘llar, Ustyurt platosi, Borsa kelmas sho‘rx-
ogi, Mingbuloq botig‘i, Aydarko‘l, Dengizko‘l, Amudaryo va Sirdaryo sohilidagi to‘qaylar, Muruntov kareri va 
tabiatning noyob yodgorliklari bo‘ylab majmuali va mavzuli ekoturlar tashkil etish to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan. 
O‘zbekistonda o‘ziga xos joziba va takrorlanmas manzaralarga boy bo‘lgan speleoturizm (g‘or turizmi) katta 
imkoniyatlarga ega. Ayni paytda O‘zbekistonda 500 dan ortiq g‘orlar bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra, yetarli turistik 
infratuzilmaga ega bo‘lmaganligi sababli ularning birortasiga ham ekoturlar tashkil etilmayapti. O‘zbekiston 
cho‘llari va tekislik hudlarida barxan, dyuna, to‘qay, sho‘rxok, taqir, quduqlarni, shuningdek mahalliy cho‘ponlar 
yashash tarzini namoyon qiluvchi o‘tovlarni tomosha qilishga qaratilgan tuya sayrini tashkil etish katta imkoni-
yatlarga ega.
7

Egamberdiyev F. T. Yoqubjonova H. Y. Ekoturizmning iqtisodiy mohiyati va uni takomillashtirish masalalari // Iqtisodiyot va innovatsion 
texnologiyalar ilmiy electron jurnali. –Toshkent, 2018. -№ 3. –B. 3.

M. Z. Ruzimova. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning istiqbollari. “Science and Education” Scientific Journal / Impact Factor 
3,848 (SJIF) February 2023 / Volume 4 Issue 2


57
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
Turizmning birgina ekologik yo‘nalishiga doir 20 xil ko‘rinishini Qashqadaryo viloyatidarivojlantirish imkoni-
yati mavjud bo‘lib, bu o‘z o‘rnida mana shu yo‘nalishga dahldor boshqa sohalar (qishloq, o‘rmon va baliqchilik 
xo‘jaligi) rivojiga ham ijobiy ta’sir etadi. 
Ekoturizmning nazariyasi xali to‘liq tadqiq etilmasdan uning yangi ko‘rinishlari vujudga kelmoqda. 
Ekoturizmningsofiqtisodiysamarasinianiqlash – mushkul masala. Turli mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, 
ekoturizmdan tushgan daromadning 95 foizi mahalliy hududlar (viloyat va tumanlar) iqtisodi ulushiga to‘g‘ri 
keladi. Bundan tashqari, ekoturistlarning kunlik xarajatlari boshqa turdagi sayyohlarnikidan 2–3 barobar ko‘p. 
Misol uchun, dunyoning yetakchi ekoturizm hududlaridan biri bo‘lmish Kosta-Rikada bir sayyoh ekoturizm man-
zilida o‘rtacha $1000 sarflasa, bu ko‘rsatkich Fransiyada $400 ga teng. Boshqa misol: Dominikada sayyohlar 
tabiatga ziyonsiz kichik qo‘noqlar uchun sayyohlik kemalaridan ko‘ra 18-marta ko‘p pul to‘laydi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Respublikada faoliyat yurituvchi turoperatorlar, davlat hokimiyati idoralari xodimlari va aholining ekologik 
bilimlarini oshirish masalaning yana bir muhim jihatidir. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya 
va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni 
ishlab chiqishni tavsiya etish mumkin. Shuningdek, ekoturlarni Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlab chiqish lozim. BMTning barcha barqaror rivojlanish maqsadlariga (xususan, 
ekologik va iqtisodiy barqarorlik sohasidagi) erishish uchun O‘zbekiston Respublikasida turizmning muqobil turi 
sifatida ekoturizmni rivojlantirish muhim albatta. Uni rivojlantirishda ekologiya va turizmning manfaatlari qara-
ma-qarshiligi emas, aksincha, hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida ekoturizmni rivojlantirishda bir necha tarmoqlar va hududlararo masalalarni 
hal qilish zarur bo‘lganligi uchun asosiy vazifa va maqsadlari O‘zbekiston Respublikasida Ekoturizmni rivojlan-
tirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida Ekoturizm Assotsiatsiyasini tashkil qilishni tavsiya etamiz.
O‘zbekiston RespublikasiEkoturizmAssotsiatsiyasining maqsadi – mintaqada tabiiy va tarixiy-madaniy 
merosinisaqlash ishi bo‘yicha a’zolarni birlashtirish va tadbirlarni muvofiqlashti-rishhamda ijtimoiy-iqtisodiy 
faoliyatning samarali shakli sifatida ekologik turizmni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin