8
Sintez, bu topilgan isbotlash g'oyasi asosida rost da'volar shartida
berilgan ma'lumotlardan qanday qilib isbotlanayotgan da'vo hosil
bo'lishini ko'rsatuvchi fikrlashdir.
Boshlang'ich sinflarda analiz va sintezdan bilim bo'lagi
sifatida
foydalanish sohasi arifmetik xossalar, tenglamalar va isbotlashi talab
etiladigan jumlalar to'plamidan iboratdir.
Masala shartini analiz qilish malakasini tarkib toptirishning bir qator
imkoniyatlari mavjud. Shulardan misollar keltiramiz, mustaqil bajaring:
1. O'quvchilar bir tup pomidordan 2 kg, ikkinchisidan birinchisiga
qaraganda 1kg ortiq pomidor terishdi. O'quvchilar ikkinchi tupdan
qancha pomidor terishgan?
2. O'quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchisidan
esa birinchisiga
qaraganda 1 kg kam pomidor terishdi. O'quvchilar ikkinchi tupdan
qancha pomidor terishgan?
3. O'quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchi tupdan 1 kg pomidor
terishdi. O'quvchilar ikkala tupdan qancha pomidor terishgan?
4. O'quvchilar bir tupdan 2kg, ikkinchisidan 1kg pomidor terishdi.
O'quvchilar birinchi tupdan ikkinchisiga qaraganda necha kg pomidor
ortiq terishgan?
O'qituvchi o'quvchilarga bir qator shunday masalalarni berib,
ulardan qo'shish (ayirish) amali bilan
yechiladigan masalalarni
ko'rsatishni talab qiladi. Masala shartining tola analizini bolalarda
shakllantirish kerak, bunda shunday vaziyat topish kerakki, masala
savoliga e'tibor berish shart bo`lsin. Misollar keltiramiz:
9
1. Olimning qancha puli bo`lgan? Uning o'zida 50 so'm bo'lgan va
unga onasi yana 20 so'm bergan.
2. a) Bahromda 3 ta olma, Valida 5 ta olma bor. Ularning buvisida
qancha olma bor? b) Hovlida 4 ta o'g'il bola o'ynayotgan edi, ularga yana
3 ta qiz kelib qo'shildi. Hovlida nechta qiz bola o'ynay boshladi?
Birinchi masalada bolalar uchun nima berilganini
va nimani topish
kerakligini aniqlash qiyin, chunki masalaning berilganlari bilan savoli
o'rin almashib qolgan. Keyingi ikkita masala hazil masaladir. Bunda
bolalaning butun e'tibori masala savoliga qaratilishi kerak.
Murakkab masalalarni qarashga o'tishda birinchi qadamdan
boshlaboq bolalar o'z oldilariga
qo'yilgan masalaning yangiligi nimadan
iborat ekanini “payqash" imkonini berish kerak.
Murakkab masalalar bilan tanishtirishni
aynan qaysi xil masaladan
boshlashga nisbatan ikki xil nuqtai nazar mavjud. Birinchi nuqtai
nazarga ko'ra, ishni sonni bir necha birlik kamaytirishga doir va
yig'indini topishga doir sodda masalalarni o'z
ichiga olgan murakkab
masalalardan boshlash ma'qul. Masalan: "Qo'g'irchoq teatriga bir
maktabdan 6 ta o'g'il bola, ulardan 2 ta kam qiz bola keldi. Qo'g'irchoq
teatriga qancha bola kelgan? Ikkinchi nuqtai nazarga ko'ra, ishni yig'indi
va qoldiqni topishga oid sodda masalalarni o'z ichiga olgan murakkab
masalalardan boshlash kerak. ,, Birinchi sinf (shuningdek, ikkinchi,
uchunchi sinf) darsligida sonni bir necha biriik orttirish
(kamaytirish)ga
doir sodda masalalarni olgan murakkab masalalar ko'plab berilgan.
Masalan: "Naima 23 ta yong'oq, Qumri undan 6 ta ortiq, Ozoda esa
10
Qumridan 9 ta kam yong'oq topdi. Ozoda nechta yong'oq topgan?"
Masala shartini qisqacha bunday yozish mumkin:
N. - 23 ta yong'oq. Q. - ?, N. dan 6 ta ortiq. O. - ?, Q. Dan 9 ta kam.
Yechilishi:
(23+6) - 9 = 29 - 9 = 20 (yong'oq).
Javob:
20 ta yong'oq.
Qaralayotgan mavzuda qo'shish va ayirish amallari xossalarini
qo'llanishiga doir masalalar katta o'rin oladi.
Dostları ilə paylaş: