Boshlang'İchsinf o'quvchilarning nafosat,ekologik tarbiyaning vazifalari



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə1/3
tarix27.09.2022
ölçüsü70,5 Kb.
#64227
  1   2   3
boshlang\'ich sinf o\'quvchilarning nafosat,ekologik tarbiyaning vazifalari

BOSHLANG'İCHSİNF O'QUVCHİLARNİNG NAFOSAT,EKOLOGİK TARBİYANİNG VAZİFALARİ

Reja:


  1. Ekologik tarbiya haqida tushuncha.

  2. Maktabda ekologik tarbiyaning maqsad va vazifalari.

  3. Ekologik tarbiyani tashkil etish shakllari.

  1. darsda

  2. sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarda

d) oilada

Tayanch so’z va iboralar: Tabiat kitobi, muvozanat, atrof- muhit, ijtimoiy muammo, milliy va mintaqaviy, umumbashariy, ekologiya, E.Gekkel, ehtiyotkorona munosabat, ekologik ong, madaniyat va hokazo.


Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi. «Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu yo‘lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni «O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da o‘z ifodasini topgan.
Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, ekologik muammolarning ijtimoiy xavfi xususida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrni qayd etadi: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘likdir»1.
O‘quvlarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi.
Ekologik ta'lim o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta'limiy jarayonidir.
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib, u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik faoliyat esa ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir.
Ekologik madaniyat o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:

  1. O‘quvchilarning ta'lim jarayonida o‘zlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish.

  1. Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to‘g‘risidagi tasavvurini boyitish.

  1. O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi to‘g‘risidagi e'tiqodni shakllantirish.

  1. O‘quvchilarda ekologik faoliyat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalash hamda ularning tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish.

Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish va jazolash kabi metodlar yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini ta'minlaydi.
O‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan sub'ektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, Internet) materiallari va ularning g‘oyalari o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi.

Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumbashariy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir, - deb ta‘kidlagan I.A.Karimov (O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 115-bet).


Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar
«Alifbo»sini ochib, birinchi so‘zni hijjalab o‘qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» - deb ta‘kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublika «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta‘limning barcha darajalarida ta‘lim oluvchilarning ekologik va sanitariya-gigiyena ta‘limi hamda tarbiyasini takomillashtirish zarur» - deb alohida ta‘kidlangan.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin