51
rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida amalga
oshiriladi.
Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning
rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi, jumladan, kichik
yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga
butunlay aralashmaganligi hisobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarda
maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib
boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari,
mazmuni, vositalari o‘zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning
oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan
ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiy-
tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonini beradi. Faollik bolaga
xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonida- faollik asosida faoliyatning har
xil turlari shakllanadi.
Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni
maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilaг,
ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab oladilar.
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy lari
undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrof ma’lum bir
munosabatning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Masalan, kattalarning hissiy-predmetli munosabatlaridanoq
bolada dastlabki ijtimoiy talab vujudga keladi, dastlabki harakat va
tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini
egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay
Dostları ilə paylaş: