Omburlarni ushlash bo`yicha 2ta usul mavjud: Birinchi usuli- omburni ikkala dastasini o`ng qo`lni bilak qismi bilan ushlanadi, 4-5 barmoqlardan tashqari. Bu
barmoqlar dastalar orasida turadi, kerak bo`lsa ular bilan branshlarni surish mumkin. Omburni dastasi jipslanganda
4-5 barmoqlar bransh orasidagi oraliqdan chikariladi.
Ikkinchi usul- yukorigi tishlarni olib tashlashda ancha qulay. Katta barmoq bilan omburni 1ta dastasi ushlanadi, 2-
3 barmoqlarni dastalar aro joylashtiriladi, 4-5 barmoqlar bilan 2-dasta ushaladi. Ikkala dastaning oxiri panjaga tiraladi,bu
omburni itarilishiga yordam beredi. 3-barmoqni ochgan sari omburning branshlari ochiladi va 4-5 barmoqlar bilan
yopiladi. Omburni tishga qo`ygandan so`ng 3-barmoqni tashqariga chiqariladi va fastat ko`rsatkich barmoqdan tashqari hamma
barmoqlar bilan siqiladi.