Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Mashg’ulot bayoni 
 
Pastki jag‘ tishlar ko`ndalangiga bukilgan tumshuqsimon ombirlar yordamida sug‘uriladi. 
Pastki kurak tishlar yon tomonlaridan yalpaygan ingichka  ildizlarga ega. Bunday anatomik tuzilish ularni yukorigi kurak 
tishlar singari rotatsion xarakat bilan ajratishga imkon  bermaydi. Pastki kurak tishlarni sug‘urishda tarnovsimon va 
oxirlari yarim aylana ko`rinishidagi tor lunjli ko`ndalangiga bukilgan tumshuqsimon  ombirlardan  foydalaniladi.  Ombirni 
o`rnatilgandan keyin u chap qo`lni I barmog‘i yordamida tish o`qi bo`ylab suriladi. Lyuksatsiya va ahamiyatsiz rotatsiya 
xarakatlari  bilan  ajratiladi.  Kreslo  suyanchig‘i  vertikal  ,  bemor  boshi  esa  bir  oz  egilgan  xolatda  bo`lishi  kerak.  Birinchi 
chiqaruvchi  xarakat  lab  tomonga  qilinadi,  tish  yukoriga  va  tashqariga  ajratiladi.  Tumshuqsimon  ombirlar  bo`lmaganda 
pastki kurak tishlarni to`g‘ri yoki nayzasimon ombirlar yordamida ham sug‘urish mumkin. 
Pastki qoziq tish yumaloq shaklda yoki yon tomonlaridan yalpaygan xolatdagi bitta uzun va muqaxkam ildizga 
ega.  CHap  tomon  qoziq  tishni  sug‘urishda  shifokor  bemorni  oldida,  o`ng  tomondagisida  esa  orqa-yon  tomonida 
turadi. Tumshuqsimon ombirlardan foydalaniladi. Qoziq tishni ajratishda birinchi vestibulyar tomonga so`ng til tomonga 
xarakat bajariladi, ozgina rotatsion xarakatga yo`l qo`yiladi. YUkoriga va oldinga yo`nalishlarda tish sug‘uriladi. 
Pastki premolyarlar ko`ndalang kesimida oval shaklga ega bo`lgan bitta ildizga ega. Ba`zida ildiz til va lunj 
qismlarga ajralgan bo`ladi. Sug‘urish uchun tumshuqsimon ombirlardan foydalaniladi. Ombir lunjlarini tish o`qi bo`ylab 
maksimal suriladi va fiksatsiya qilinadi, lyuksatsiya bilan ajratuvchi xarakat qilinadi. Sekin asta siltash oshiriladi. 
Ajratish  oxirida extiyotlik bilan rotatsiya xarakatini qilish mumkin. yumalost bemorni o`ng  va orqa tomonida turadi. 


CHap tomon premolyarlarni sug‘urishda bemorni  old va o`ng tomonida turadi. Premolyarlar yukoriga va tashkariga 
chikariladi. 
Pastki  molyar  tishlarni  sug‘urish  ularni  anatomik  tuzishili  tufayli,  ildizlarini  joylashuvini  va  qiyshik  chiziq 
soxasida alveolyar o`siq kengligi xisobiga qiyinchilik tugdiradi. Birinchi va ikkinchi premolyarlar ikkitadan ildizga 
ega  -  diqal  va  proksimal, ba`zida ular  qiyshaygan.  Bu tishlar lunkalari keng  va  muqaxkamdir.  Birinchi  molyar  tish 
vestibulyar va til tish  ildizlari bir xil. Ikkinchi molyar tishlar vestibulyar tish katagi devori kengrok. Bu tishlar lunjlari 
keng  va  tikansimon  do`ngligi  bor  tumshuqsimon  ombirlar  yordamida  sug‘uriladi.  Ombirlar  joylashganda  shunday 
suriladiki  lunjlari  ildizlar  oraligigi  muqaxkam  joylashtiriladi.  Birinchi  molyarda  birinchi  qimirlatuvchi  xarakat  lab 
tomonga, ikkinchisida - til tomonga qilinadi. Tish yukoriga va lunj tomonga ajratiladi. 
Uchinchi molyar tishlarni sug‘urish og‘iz burchagidan olib tashlashda bir oz qiyinchilik tug‘diradi va maxsus 
usullarni  qo`llashga majbur etadi. Ulardan satxi bo`yicha bukilgan ombir va elevatorlardan foydalanishdir. Uni sug‘urishdagi 
qiyinchilik atipik joylashuvi va ildizini yaqqol qiyshiqligidir. Tish extiyotlik bilan ravon xarakat ila avval til tomonga, keyin 
lunj tomonga ajratiladi. Tish yukoriga va lunj tomonga sug‘uriladi. 
Tishlarni  elevatorlar  yordamida  sug‘urish.  Tish  ildizlarini  ba`zida  esa  tishlarni  sug‘urishda  natija  bo`lmasa  elevotorlardan 
foydalaniladi.  Bunda  birinchi  turdagi  richag  printsipiga  asolanadi,  shu  bilan  birga  ikki  elkali  richag  printsipi  ham 
qo`llaniladi. elevator ishchi (lunj), oralik va massiv ushlovchi qismlaridan iborat. Ko`p mikdorda turli shakldagi elevatorlar 
mavjud. 
To`g‘ri  elevator.  Ishchi  qismi  oxirlari  o`tkirlashgan  tarnovsimon  lunj  shaklga  ega.  elevator  belgilangan  vazifasi  -
yukori yagoni joylashggan tish ildizlarini, tish yoyidan tashqarida joylashgan tishlarni, ba`zida pastki uchinchi molyar 
tishlarni  (aql)  ildizlarini  olib  tashlash.  YUkori  tishlarni  ildizlari  elevator  ishchi  qismini  ildiz  bilan  alveola  orasiga 
kirgazilib olib tashlanadi. elevator lunji tarnovsimon yuzasi ildizga karatiladi va lunkaga chukurrok kiritilib aylanma 
xarakat qilinadi. SHifokorni bemorga nisbatan xolati xuddi yukori tishlarni ombirlar bilan sug‘urishdagi xolatdagidek 
bo`ladi. 
Elevatorni ushlovchi qismi butun qo`l kafti bilan ushlanadi, bunda II barmoq lunji yaqinida joylashadi. To`g‘ri 
elevatorlarni turliligiga qaramay ularni asosiy kamchiligi: ishchi qismini tarnovsimon lunji juda massiv hisoblanadi. 
Bu periodontal yorikka chuqur kirishiga to`sqinlik qiladi. Ildizni chuqur joylashuvi va alveola devorini massiv 
bo`lishida fissur bor bilan ildiz bilan alveola orasida yoriq hosil qilinadi. 
Tajriba  ko`rsatadiki,  to`g‘ri  elevator  o`z  vazifasini  to`liq  bajarishi  uchun  ishchi  qismida  lunji  egovlanib, 
ingichka  va  o`tkir  konussimon  plaqinka  shakllantiriladi.  Modifiqirlangan  to`g‘ri  elevator  yordamida  periodontal 
yoriqqa oson kirib chayqatma xarakat bilan tish yoki ildiz olib tashlanadi. elevator o`qi tish o`qiga nisbatan 45° 
burchak xosil qilib joylashtiriladi. Bu ildizni gaymor bushligiga itarilishini oldini oladi. 
Burchak  ostida  egilgan  elevatorlar  (yon)  pastki  tish  ildizlarini  olishda  ishlatiladi.  Asosan  molyar  tishlarni.  Bu 
elevatorlarni  lunji  asbob  o`qiga  nisbatan  60—80°  burchak  ostida  egilgan  bo`ladi.  Qaysi  nuqtada  qanday  kuch 
ishlatilishiga  qarab  "O`ziga"  va  "o`zidan"  elevatorlar  farqlanadi.  SHifokorni  bemorga  nisbatan  turishi  ombirlar  bilan 
olishdagi  xolatdagidek  bo`ladi.  elevator  to`liq  o`ng  qo`l  kafti  bilan  ushlanadi,  fakat  2  barmoq,  lunjga  yaqin 
joylashtiriladi.Elevator ishchi qismi ildiz bilan tish katagi orasiga yoki ikki ildiz orasiga kirgaziladi, egilgan qismi esa 
olinadigan ildizga qaratilgan bo`ladi. 
Ko`p  ildizli  tishlarni  ildizlarini  olishda,  elevator  lunji  olingan  ildiz  lunkasiga  kirgaziladi.  Avval  ildizlararo 
to`siq olib tashlanadi, keyin boshka ildizlar olinadi. elevator lunji boshqa tomoni qo`shni tishga tiraladi. elevator bilan 
ildiz bo`sh lunka tomonga chiqarib olindi. 
Leklyuzni  nayzasimon  elevatori.  Ko`proq  pastki  uchinchi  molyar  tishlarni  olishda  qo`llaniladi.  Asbob  keng 
ushlovchi qismdan, to`g‘ri burchak ostida ulangan nayzasimon (shtik) qismdan, ishchi qismi (lunji) uchki qismi 
o`tkirlashgan. SHifokorni bemorga nisbatan turishi ombir bilan olishdagi xolatdagidek.  
O`tkir  lunj  qismi  shunday  kirgaziladiki,  ishchi  qismi  olinadigan  tishga,  aylanma  tomoni  ikkinchi  molyarga 
qaratiladi. Xarakat jarayoni tish chiqarilib aspiraqiyaga olib kelmasligi uchun chap qo`l barmoqlari bilan nazorat 
qilinadi. Xozirda tibbiyot ishlab chiqarish soxasida turli nayzasimon elevatorlarni ishlab chiqish yo`lga qo`yilgan. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin