Burun ichi ususli:
Anestetik burun to‘sig`i asosiga uni ikki tomonidan qilinadi. Burun-tanglay nervini burun bushligi tubi
shilliq qavati ikki tomonlama to‘siq asosida 1-2% dikainni adrenalik bilan birga surib og`riqsizlantirish
mumkin.
Mashg`ulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar: «Qora quticha», «o’rgimchak ini» «QORA QUTICHA» USULINI QO‘LLASH
Ushbu usul mashg`ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda
tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.
Xar bir talaba qora qutichadan nomalum preparatning qisqa annotatsiyasi yozilgan kartochkani oladi.
Talabalar o‘z javoblarini asoslagan xolda ushbu preparatni aniqlashi kerak.
Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi, preparatning
farmakodinamika va farmakokinetikasi to‘ldiriladi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama
qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.
Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza
yuritishni shakllantiradi.
«O‘RGIMCHAK INI» USULINI QO‘LLASH
1. Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.
2. Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.
3. Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog`langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan
tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.
4. Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va
savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar ―‖o‘rgimchak ini‖ga
o‘ralguncha davom etadi.
5. Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan
ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal echilgunga qadar davom etadi.
Eslatma: talabalardan xar bir javobga e`tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga
koptokcha berilishi noma`lum.