Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-558-562
E-mail: carjisor@carjis.org
558
FARMOYISH HUJJATLARINING AYRIM LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Mehribon Faxriddin qizi Shodiyeva
Mirzo Ulug„bek nomidagi O„zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti
(Lingvistika o„zbek tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu
maqolada farmoyish hujjatlari, ularning lingvistik jihatlari haqida,
leksik va morfologik xususiyatlari yuzasidan qisqacha ma‟lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
rasmiy uslub, farmoyish hujjatlari, buyruq,
buyruqdan
ko„chirma, farmoyish, ko„rsatma, leksika.
KIRISH
Rasmiy uslub, hayotimizning barcha jabhalarida o„ziga xos xarakteriga hamda
o„rniga egadir. Rasmiy uslubning asosini ish yuritish hujjatlarisiz tasavvur etib
bo„lmaydi. Shuning uchun ham rasmiy uslubni "hujjatlar" , "hujjatlar yuritish uslubi"
deya atash mumkin. Hujjatlar hayotimizni ma'lum darajada tartibga solib turadi.
Ularga turmushimizning har jabhasida duch kelishimiz mumkin. Hujjatlar mazmunan
va shaklan turli tumandir. Rasmiy ish yuritish hujjatlari bir necha turlarga bo‟linadi.
Ulardan biri farmoyish hujjatlari hisoblanadi. Farmoyish
hujjatlari rahbarlar
tomonidan chiqariladigan buyruq, buyruqdan ko„chirma, farmoyish hamda ko„rsatma
kabi hujjatlari bo„lib, ular rahbariyatning, tashkilot
yoki korxonaning boshqaruv
qarorlarini rasmiylashtiradigan, qonuniylashtiradigan hujjatlar sanaladi.
Biror bir
tashkilot yoki korxonaning faoliyati ularni tayyorlash va nashr etishsiz amalga
oshirilmaydi va rasmiy kuchga ham ega bo„lmaydi. Shuning uchun ushbu hujjatlarni
tayyorlashda katta e‟tibor va ehtiyotkorlik talab etiladi.