129
Destruksiya qanday ta’sirlar natijasida sodir bo’layotganiga qarab, quyidagi
turlarga bo’linadi:
1. Kimyoviy destruksiya – suv, kislota, tuz, kislorod, peroksid va boshqalar;
2. Fizikaviy destruksiya – issiqlik, yorug’lik, radiatsiya, ultratovush;
3. Biologik destruksiya – chirish va hokazolar.
Yuqoridagi faktorlar ko’pincha birgalikda kompleks ta’sir etadi.
Geterozanjirli makromolekulalarda boradigan destruktiv jarayonlar ancha yaxshi
o’rganilgan. Odatda bunday zanjirda yuqoridagi faktorlar ta’sirida zanjir uglerod-
geteratom bog’i bo’yicha uziladi va natijada monomer xosil bo’ladi. Bunday
reaksiyalar mos ravishda gedromeralkogoliz, atsidoliz va hokazolar deb yuritiladi.
Karbozanjirli polimerlar kimyoviy destruksiyasi ancha chidamli, ammo fizik va
biologik destruksiyaga geterozanjirli polimerlardagidan ko’p uchraydi. X/x va q/x
da polimer moddalardan tobora ko’proq foydalanayotgan xozirgi vaqtda polimerlar
destruksiyasini o’rganish va unga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish
muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Odatda bu vazifani hal etishda mexanik, fizik-kimyoviy va kimyoviy
usullardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: