145
oshsa, metallning elastiklik xossasi yo’qoladi. Ana shu chegara elastiklik chegarasi
deb ataladi.
Metallning elastiklik xossalari atomlararo ta’sir kuchlaridan kelib chiqadi,
shuning uchun metall qizdirilganda elastiklik moduli pasayadi, chunki
temperaturaning ko’tarilish natijasida metallning kristall panjarasidagi atomlararo
masofa kattalashadi, binobarin, atomlarning o’zaro tortishuv kuchi zaiflashadi.
Metallga ta’sir ettirilgan kuch olingandan keyin metall asli holiga (shakliga)
kelmasa, ya’ni unda qoldiq deformatsiya hosil bo’lsa, bunday deformatsiya plastik
deformatsiya deyiladi. Metallda plastik deformatsiya shu metallga ta’sir ettirilgan
nagruzka
elastiklik
chegarasidan
ortgandagina
vujudga
keladi.
Plastik
deformatsiya, yuqorida aytib o’tilganidek, deformatsiyaning ikkinchi bosqichi,
ya’ni elastik deformatsiyaning davomi bo’ladi.
Plastik deformatsiya jarayonida metallning deformatsiyaga qarshilik ortib
boradi va plastik deformatsiyalanish xususiyati pasayadi. Elastik deformatsiya
bilan plastik deformatsiya orasida chuqur fizikaviy farq bor. Metallning elastik
deformatsiyalanishda, yuqorida aytib o’tilganidek, kristalll panjaradagi atomlar
(ionlar) oralig’i o’zgaradi, ta’sir ettirilgan kuch olinganda esa atomlar (ionlar)
oralig’i asliga keladi, natijada metallning bir qismi dastlabki holiga qaytadi,
deformatsiya yo’qoladi. Plastik deformatsiya vaqtida esa kristallning bir qismi
boshqa qismiga nisbatan siljiydi, ta’sir ettirilgan kuch olinganda kristallarning
siljigan qismi avvalgi joyga qaytmaydi, ya’ni deformatsiya qoladi. Bundan tashqari
plastik deformatsiya vaqtida donalar ichida mozayka bloklari maydalanadi,
deformatsiya darajasi yuqori bo’lgan hollarda esa donalarning shakli va ularning
fazada joylashuvi ham sezilarli darajada o’zgaradi, bunda donalar oralig’ida,
ba’zan donalar ichida ham darzlar hosil bo’ladi.
Deformatsiyani o’lchash usuli qanchalik aniq bo’lsa, A nuqta shunchalik
past turadi. Texnik o’lchashlarda namuna uzunligining yoki boshqa o’lchamining
0,2 protsentiga teng qoldiq deformatsiya hosil qiladigan kuchlanish xarakteristikasi
qabul qilingan, bu xarakteristika
Dostları ilə paylaş: