D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


Yarimo’tkazgichlarning asosiy xossalari



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Yarimo’tkazgichlarning asosiy xossalari.
Uzoq vaqtlargacha fizikada eng 
qiziqarli masala — bu mikrodunyo va makrokosmosni tadqiq qilishdan iborat deb 


152 
hisoblanardi. Aynan shu sohalarda bizni qurshagan dunyoning tuzilishini 
izohlashga oid eng muhim fundamental savollarga javoblar topishga harakat 
qilinardi. Mana endi tadqiqotlrning uchinchi fronti vujudga keldi — qattiq 
jismlarni o’rganishga kirishildi. 
O’zlarining elektron xossalari bo’yicha qattiq jismlar metallarga
dielektriklarga va yarimo’tkazgichlarga ajraladi. Bundan tashqari, past 
temperaturalarda maxsus o’ta o’tkazuvchanlik holati mavjud bo’lib, bu holatda 
elektr tokiga qarshilik nolga teng bo’ladi. 
Mikrozarralarning harakati kvant mexanika qonunlariga bo’ysunadi. 
Masalan, atomdagi bog’langan elektronlarda energiya faqat aniq kvantlangan 
qiymatlar olishi mumkin. Qattiq jismda bu energiya sathlari taqiqlangan energiya 
sohalari bilan ajralgan zonalarga uyushadi. Pauli prinsipiga ko’ra, elektronlar 
pastki sathda yig’ilib qolmay, turli energiya sathlarida joylashadi. Buning 
natijasida zonadagi barcha energiya sathlari to’ldirilishi mumkin. Bunday qattiq 
jism dielektrik bo’ladi. Bundagi elektron energiyasini faqat birdaniga eng oxirgi 
kattalikkacha (taqiqlangan soha kengligicha, yoki, odatda aytilishicha energiya 
tirqishigacha) o’zgartirish mumkin. Shuning uchun dielektrikdagi elektronlar elektr 
maydonida tezlasha olmaydi va nolinchi temperaturada (issiqlik uyg’otishlar 
bo’lmaganda) o’tkazuvchanlik nolga teng bo’ladi (qarshilik cheksizdir). 
Metallarda, aksincha, energiyaning yuqorigi to’lgan sathi zona ichida yotadi, 
elektronlar energiyasi deyarli uzluksiz o’zgarishi mumkin va elektr maydon tok 
hosil qiladi. Elektronlarning maydon bo’ylab tartiblangan harakatiga intensiv 
tartibsiz harakat qo’shiladi. Elektronlarning maksimal energiyasi ularning 
konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Tipik metallarda bu kattalik elektron-volt 
tartibidadir. Bu energiyaga mos temperatura ~ 
K. Shu sababli, hatto absolyut 
nolda ham metalldagi elektronlarning bir qismi keskin harakatlanadi va g’oyat 
yuqori effektli temperaturaga ega bo’ladi. 


153 
Yarimo’tkazgich — kichik energiya tirqishiga ega bo’lgan dielektrik. 
Issiqlik harakati elektronlarni erkin zonaga (uni to’lgan valent zonadan farqli 
ravishda o’tkazuvchanlik zonasi deyiladi) “uloqtirib” chiqargandan so’ng, u yerda 
ular elektr maydonda tezlashadi. Shu sababli, odatda yarimo’tkazgichlar 
temperaturaga keskin bog’liq bo’lgan kichik o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. 
Yarimo’tkazgich o’tkazuvchanligiga, shuningdek, maxsus kirishmalar kiritish 
orqali ta’sir ko’rsatish mumkin. Yarimo’tkazgich kristallar murakkab elektron 
yarimo’tkazgich asboblar, jumladan integral sxemalar deb ataladigan asboblar 
yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda shunday integratsiya darajasiga 
erishilganki, millionlab alohida elementlar 1
yuzada joylashishi mumkin. 
Bunday qurilma xuddi yagona kristallni hosil qiladi va shuning uchun ham 
texnikaning yangi sohasini bejiz qattiq jism elektronikasi deyishmaydi. 
Qattiq jism qanchalik murakkab tuzilgan bo’lsa, kollektiv effektni oshkor 
qilish shunchalik qiyindir. Organik qattiq jismlar, ayniqsa, murakkab tuzilgan 
bo’lsalarda, ularda ham muayyan struktura mavjud. Bu yerda tartiblanish qanday 
vujudga keladi — u qanday kollektiv xossalarga olib keladi, bu savollar hali 
javobini kutadi. Biroq jonli tabiat sirlarini tushunib olishning kaliti aynan shu 
yo’lda yotganligi ayondir.
 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin