D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

8.2.
 
Yorug’likning sochilish usullari. 
Agar yorug’lik o’tayotgan muhit optik jihatdan bir jinsli bo’lsa, ya’ni uning 
sindirish ko’rsatkichi nuqtadan nuqtaga o’tganda o’zgarmasa, u holda bir xil 
hajmlarda yorug’lik to’lqini bir xil elektr momentlari induksiyalaydi, bu 
momentlarning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi oqibatida bir xil amplitudali ikkilamchi 
kogerent to’lqinlar xosil bo’ladi.
Agar muhit mutlaqo bir jinsli bo’lsa, to’lqin fronti bir-biridan l masofada 
joylashgan tengdosh hajmlarning ixtiyoriy ikkitasi chiqarayotgan ikkilamchi 
to’lqinlar bir-birini so’ndiradi. Bir jinsli muhitda yorug’lik sochilmay, faqat 
dastlabki yo’nalishda tarqaladi.
Yorug’lik sochilmasligining zaruriy va yetarli sharti - muhitning bir jinsli va 
ikkilamchi to’lqinlarning kogerent bo’lishidir. Real muhitlarda esa turli sabablar 
bilan yuzaga keladigan optik bir jinslimasliklar hamisha bo’ladi. Tajribalar 
ko’rsatadiki, yorug’likning sochilishi uchun muhitning bir jinsliligi buzilishi
muhim ahamiyatga ega. 


180 
Elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bo’ladigan ikkilamchi 
to’lqinlar yorug’lik to’lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga 
sochadi.
8.4-rasm. Yorug’likning sochilishi. 
Yorug’likning muhitda tarqalishida sochilishini Frenel nazariyasiga asosan 
ikkilamchi nurlarning interferensiyasi yordamida tushuntirish mumkin. Bir 
jinslilikning buzilishi bu fazoviy bir jinslimasliklarda yuz beradigan difraksiya 
hodisalariga sabab bo’ladi. Bunday mayda birjinslimasliklar
tufayli bo’ladigan 
difraksiya yorug’likning diffuziyasi yoki sochilishi deyiladi.
Tinda
l (1869-y.) ko’zga ko’rinadigan yorug’lik to’lqinining uzunligiga 
nisbatan kichik bo’lgan zarralarda sochilishini birinchi bo’lib laboratoriya 
sharoitida kuzatdi. U osmonning zangori bo’lib ko’rinishiga Quyosh yorug’ligining 
yer atmosferasidagi mayda chang zarralarida sochilishidan bo’lsa kerak deb 
hisoblagan.
Optik birjinslimasligi yaqqol ko’rinuvchi muhitlarga xira muhitlar deyiladi. 
Xira muhitlarda yorug’likning sochilishiga Tindal hodisasi deyiladi
.
Xira muhitlarda yorug’lik sochilishini o’rganish tajribasi quyidagicha 
bo’ladi. Yon tomondan turib, A yo’nalishda kuzatgandan sochilgan yorug’lik S 
manbadan kelayotgan yorug’likka qaraganda zangoriroq bo’ladi; qalinligi 


181 
yetarlicha katta bo’lgan kyuvetadan B yo’nalishda o’tgan yorug’lik qizg’ish 
bo’ladi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin