Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan fe'llarni shaxs, narsa va o'rin-joy otlariga taqqoslang, ular o'rtasidagi farqlarni aniqlang.
Chorvachilik, chopiq, loygarchilik, terim, ko'rik.
BILIB OLING. Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deyiladi.
ESLAB QOLING. Faoliyat-jarayon otlari -lik, -chilik, -garchilik, -(i)m, -(i)k (-q) qo'shimchalari yordamida yasaladi: ezmalik, g'allachilik, serobgarchilik, terim, unum va hokazo.
309-mashq. Gaplarni ko'chiring, faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarning tagiga chizing.
1. O'rindiqning bir chekkasida o'tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib turardi. (Yo'ldosh Sulaymon) 2. Dadam kunduzi g'o'zani chopiq qilib juda charchagan ekan, sira uyg'onmadi. (Murod Xidir) 3. Toshning bardoshi zo'r (Asqad Muxtor) 4. Ta'tilda o'qituvchi opamiz sayohatga olib boradigan bo'ldi. (Hakim Nazir) 5. Bog'chada maza edi. Kuni kecha xayrlashuv tantanasi bo'ldi (S. Anorboyev). 6. Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay boshladim. (N. Normatov)
310-mashq. Gaplarni o'qing, faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarni aniqlang, ma'nosini izohlang.
1. Bilim kishining ko'nglini yoritadi, unga ro'shnolik beradi. (Yusuf Xos Hojib) 2. Yoshlik qaytib kelmaydi. (Asqad Muxtor) 3. Bu dunyoda uning qo'lidan kelmaydigan ish yo'q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik — hammasini eplaydi. (X. Sultonov). 4. Ancha ovoragarchilik bilan bir mashina paxta olib qaytdik. (P. Qodirov). 5. Huriniso ipakchilik zvenosining boshlig'i bo'lgan ekan. (Abdulla Qahhor). 6. Shomurod asli yilqichining bolasi, dehqonchilikni xushlamaydi. (Murod Muhammad Do'st) 7. Yolqin akam traktor terimidan bo'shagandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatadi. (P. Qodirov)
1. Faoliyat-jarayon otlari deb nimaga aytiladi?
2. Shunday otlar ishtirokida gaplar tuzing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
Dostları ilə paylaş: |