Darsning mavzusi: Tushum kelishigi Darsning maqsadi: a ta’limiy



Yüklə 323,93 Kb.
səhifə1/3
tarix21.05.2023
ölçüsü323,93 Kb.
#118986
  1   2   3
Tushum kelishigi yangi dars ishlanma


Darsning mavzusi: Tushum kelishigi
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy: tushum kelishigi va uning so‘roqlari, qo‘shimchasi haqida tushuncha berish, otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan kelishik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishi, kelishik qo‘shimchalari, uning nomlari, so‘roqlari va vazifasi yuzasidan bilim berish;
FK1: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish;
b)tarbiyaviy: nutqimizda mavjud so‘zlardan unumli va to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish orqali ona tilimizni qadrlash ruhini singdirish;
TK5: milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash;
d)rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni lug‘atini boyitish, savodxonligini oshirish;
FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qilish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qilish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish;
TK2: darsda kitob bilan ishlay olish,o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish;
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars
Darsning metodi: suhbat metodi, savol-javob,”Bo`lishi mumkin emas” ta’limiy o‘yini,test
Darsning jihozi: “Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi jadvali”,rangli rasmlar, didaktik materiallar, mavzuga oid plakatlar, multimedia ilovalari
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
-o‘qituvchi quyidagi to‘rtlik bilan darsni boshlaydi:
Barkamol avlod o‘g‘il-qizlari
O‘sib ulg‘aying ozod diyorda.
Siz borsiz, biz bormiz, siz uchun dunyo-
Sizdirsiz kelajak yulduzi go‘yo.
Darsning oltin qoidalari eslatiladi;
-bir-birining fikrini hurmat qilish;
-qo‘l ko‘tarib javob qilish;
-o‘zaro hurmat;
-do‘stona munosabat;
O`quvchilarni darsga tayyorgarligi aniqlanadi;
2019-yil 19-mart…
Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus” ishlab chiqildi.
O`quvchilar tomonidan har bir tashabbus nomi va shu tashabbus bo`yicha sinfda amalga oshirilgan ishlarni aytib o`tadilar.





Dars shiori: Intilamiz, izlanamiz topamiz imkon
Biz Vatanga bo‘lamiz munosib inson.
Dars davomida o`quvchilar “ Balli,bolajon”, “ Yuksal,bolajon”, “ Intil,bolajon” nomli rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantirilib boriladi.


Yüklə 323,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin