O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan (30 modda) (1995-yil 21-dekabrda qayta tahrir qilingan) (24 modda)
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni 2021-yil 27-yanvarda Qonun matnining 7 bob 29 moddadan iborat yangi loyihasi e’lon qilingan. Qonunchilik Palatasi va Senatda ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilinganligining 30-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi Qarori 2019-yil 4-oktabrda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-5850-son Farmoni 2019-yil 21-oktabrda qabul qilingan
Farmonga muvofiq:
1. 21-oktabr sanasini «O‘zbek tili bayrami kuni» deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
3. Atamalar komissiyasi tashkil etildi.
4. Sohalar va hududlar kesimida vazir va hokimlarning davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
5. Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etish belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 117-sonli Qarori 2020-yil 3-martda qabul qilingan.
Qarorga muvofiq:
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etildi.
Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 13ta hududiy bo‘linmasi ochilib 2020-yil sentabr oyidan o‘z faoliyatini boshladi.
Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida davlat tashkilotlari xodimlari pullik shartnoma asosida o‘qitilmoqda.