1. Dinshunoslikda din tipologiyasining o‘rni.
Dinlarni o‘rga
nishda muayyan mezon asosida tasnif etib, tadqiq etish lozim
bo‘ladi. Bu dinlarning tarixi, e’tiqodiy asoslari, aqidalari, shu
ningdek, birbiriga qilgan ta’siri kabi jihatlarining chuqur va har
tomonlama mukammal o‘rganilishiga zamin yaratadi. Dinlar un
ga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat
yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruh
larga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki
nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo‘lishidan qat’i nazar, ularni
mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir
jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi.
Tarixiy
geografik
E’tiqod qiluv
chilarining
soniga ko‘ra
Etnik
Hozirgi davr
da mavjudligi
jihatidan
DUNYO DINLARI TASNIFI
55
Barcha dinlar o‘z qarashi va odatiga ega
I. Tarixiygeografik tasnif.
1) O‘rta yer dengizi havzasi dinlari:
a) grek;
b) rim;
d) ellinistik.
2) Qadimiy Yaqin va O‘rta Sharq dinlari:
a) Misr;
b) Shumer;
d) Akkad;
e) g‘arbiysomiy;
f) islomgacha arablar dinlari.
3) Yaqin va O‘rta Sharqning
payg‘ambarli dinlari:
a) zardushtiylik;
b) yahudiylik;
d) xristianlik;
e) manixeizm;
f) islom.
4) Hindiston dinlari:
a) vedalar dinlari;
b) hinduizm;
d) hind buddizmi (teravada,
maxayana);
Dunyodagi turli dinlarga e’tiqod
qiluvchilar o‘ziga xos diniy liboslari
bilan ham ajralib turadilar
56
e) jaynizm.
5) Sharqiy va Janu
biSharqiy Osiyo dinlari:
a) ShriLanka, Tibet,
JanubiSharqiy Osiyo havza
si buddizmi;
b) Xitoy dinlari (dao
sizm, konfutsiychilik, bud
dizm maktablari);
d) Koreya va Yaponiya
dinlari.
6) Amerika hindulari
dinlari:
a) toltek va atsteklar dinlari;
b) inklar dinlari;
d) mayyalar dinlari.
II. Etnik tasnif.
1) urug‘qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga
asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila
boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon din
lari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Ame
rika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2) millat dinlari – ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat
vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (ya
hudiy millatiga xos), hinduizm (hindlarga xos), konfutsiychilik
(xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;
3) jahon dinlari – dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilar ning
millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin
bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, xristianlik va islom
dinlarini kiritadilar.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik – yak
kaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik – ko‘pXudolik (hin
duizm, konfutsiychilik) dinlari va h.k.ga bo‘linadi.
Dinlardagi muqaddas manbalar dindorlar
uchun yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi
57
Tabiiy va
metafizik
Haq va botil
Statistik
tasnif
Mavzuviy
Tarixiy
Geografik
Tirik va o‘lik
ILMIY
NOILMIY
DINLARNI TASNIFLASHDAGI YONDASHUVLAR
Dostları ilə paylaş: |