Education in Malaysia


Milliy g’oya tamoyillarining oila taraqqiyotidagi roli



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə116/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124
1.3. Milliy g’oya tamoyillarining oila taraqqiyotidagi roli

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-demografik ahvolning yana bir muhim xususiyati – jamiyatning asosi bo’lgan kuchli oila tizimidir. O’zbekistonda nikohdan o’tish darajasi yuqori va eng muhimi, oilalarning buzilishi dunyo bo’yicha eng past darajada. Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko’p asrlik an’analari va ruhiyatiga mos bo’lgan g’oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. Respublikada mavjud oilalar soni bugungi kunda 5 milliondan ziyod bo’lib, ularning aksariyati bo’linmagan, ko’p avlodli, turli avlod vakilllari birga yashaydigan va birga xo’jalik yuritadigan xonadonlardir. Oilaning bunday o’zimizga xos bo’lgan shakli bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy ma’naviy qadriyatlardan, an’analardan bahramand qilish, shu bilan birga milliy an’analarimizning saqlanishi, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratdi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog’laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, tug’ilib o’sgan yurti, qishlog’i, shahri, yaxlit Vatanini sevishni o’rganadilar.


O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy istiqboliga bevosita aloqador ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad – O’zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarida jamiyatning negizi hisoblangan oilalar borasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, yo’nalishlari va tamoyillarini belgilash orqali oilaga yo’naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy, iqtisodiy faoliyatning dasturini va oila institutini milliy va umuminsoniy qadriyatlar muvofiqligida mustaqhkamlashning ilmiy asoslangan strategiyasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Respublikamizda 90-chi yillardayoq oilalarning ko’p bolalik shaklidan o’rtacha bolalik shakliga o’tish ro’y berayotganligi bashorat qilingan edi. Chunki 1998-1999 yillarda o’tkazilgan tadqiqotlarda shahar oilalarining 75-76, qishloq oilalarining 53-54 foizi oilada farzand tug’ilishini rejalashtirayotganligi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lingan edi. Lekin muhtaram Prezidentimizning “Sog’lom avlod yili” davlat dasturi asosida “Sog’lom ona – sog’lom bola” ijtimoiy harakatini takmomillashtirishga qaratilgan Davlat dasturidagi chora-tadbirlarning belgilanganligi tufayli, ayni paytda oila va salomatlik sifatlari sog’lom tug’ilgan bola va uni dunyoga keltirgan onaning holatiga bog’liq ekanligini aholi tobora teranroq tushunib bormoqda va bu tushuncha aholining farzand ko’rishga nisbatan reproduktiv ustanovkalarida aks etmoqda.
Oilalar miqdorining ortib borishi oxirgi yillarda asosan yosh oilalar va nuklear tipli, ya’ni, er-xotin va ularning farzandlari alohida yashaydigan oilalar hisobiga sodir bo’lmoqda. Mavjud oilalarning salkam 50 foizi – bu nuklear oilalar, bir xonadonda bir necha alohida oilalar istiqomat qiladigan patriarxal oilalar jami oilalarning salkam 23,5 foizini tashkil etadi. Nuklear, yosh oilalarning aksariyati 9 yildan kam bo’lgan turmush tajribasiga ega bo’lganlar bo’lib, sodir bo’layotgan nikohning barbod bo’lishi holatlari aynan shu kabi oilalarga to’g’ri kelmoqda. Ya’ni, ilmiy izlanishlardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, 70 foizdan ortiq nikoh ajrimlari yosh oilaga to’g’ri keladi.
Bundan tashqari, oila borasidagi yangi holat shuki, agar 90-chi yillarda migrantlar orasida ayollar ko’pchilikni tashkil etgan bo’lib, ular asosan turmushga chiqish oqibatida turar manzilini o’zgartirigan bo’lsa (jami migrantlarning 53%), oxiirgi yillarda aksincha erkaklarning mehnat migrasiyasi ko’lami ortib bormoqda va bu ham oilaning holati va sifatiga kuchli ta’sir etmoqda. Ushbu holat ham jiddiy tadqiqotlarni talab etadi.
Ya’ni, O’zbekiston aholisi katta demografik salohiyatga va qulay tarkibga ega. O’tgan o’n yilliklarda tug’ilish darajasi nisbatan kamaydi, ammo mavjud ko’rsatkichlar ham bu salohiyat va tarkib muayyan davr oralig’idagina saqlanib qolishini ko’rsatadi. O’zbekiston aholisining 37 foizini 16 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil etadi, aholining umumiy tarkibida mehnatga yaroqli aholi ulushining nisbatan pastligi va O’zbekistondagi demografik vaziyatning boshqa xususiyatlari bozor munosabatlariga o’tish davrida aholini faol ijtimoiy muhofaza qilishni taqozo etadi. Shu bois, aholining ijtimoiy muhofazasi O’zbekiston siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biridir va bu tizim izchil takomillashtirib borilmoqda.
Bugungi kunda davlat ijtimoiy siyosatining muhim jabhalaridan biri aholi nufuzi, sifati masalasidir. Aholi sifati deganda, asosan aholi salomatligi darajasi, bolalar va onalar salomatligi darajasi, o’rtacha umr ko’rish darajasi, reproduktiv ustanovkalari, aholi ma’lumoti va ish bilan bandligi darajasi, milliy qadriyatlar va an’analar saqlanganligi kabi qator tavsiflar tushuniladi. Ya’ni, ta’kidlash joizki. mamlakatimiz ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishshini jadallashtirishning muhim sharti aholi sifatini oshirishdir. Bunga erishish uchun davlatimizda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda, lekin ularning samaradorligini oshirish ilmiy asoslangan milliy siyosat asosidagina ta’minlanishi mumkin. Bunda aniq ilmiy ma’lumotlar, jumladan, aholining tarkibi, stratifikasion xususiyatlari, milliy tarkib albatta inobatga olinishi lozim.
O’zbekiston aholisining milliy tarkibi aholi o’rtasida amalga oshiriladigan siyosatning tarkibiy qismi bo’lib, davlatimizdagi demografik vaziyatni ilmiy – asosli baholash va uning monitoringini olib borishga asoslanadi.
Shunday qilib, mamlakat mustaqilligining 20 yili mobaynida amalga oshirilgan ishlar ana shu xalqning yaratuvchanlik yo’lida yagona g’oya atrofida birlashayotganligining isboti bo’lib, bu ishlarning ko’lami O’zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi e’tirofiga sabab bo’ldi. Oliy Majlisning 9 sessiyasida yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “..yurtimizdagi o’zgarishlar va yangilanishlar jarayonining ko’lami kengayib, samaradorligi oshib borgan sari jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish zarurati tobora ko’proq sezilmoqda”.15 Demokratik ko’nikma va fuqarolik fazilatlari tarbiyalanadigan muhim maskanlardan biri – oiladir.
Oilaga doir bunday muammolarni o’rganish, ilmiy tadqiq qilish o’ta dolzarb xisoblanadi. Ayniqsa, muammolar echimini topishda yurtimizdagi demografik vaziyat bilan bog’liq holda ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki mustaqillik yillaridagi mamlakatni modernizasiya qilish jarayonlarida oila taraqqiyotining barcha jabhalarida o’zgarishlar kuzatilmoqda va o’z-o’zidan yangicha demografik vaziyat yuzaga kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Respublikadagi alohida demografik vaziyat o’z ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot yo’lini tanlab olish zarurligini belgilab beruvchi g’oyat muhim xususiyatlardan biridir”.
Oila siyosatining uzoqni ko’zlagan, istiqbolli yo’nalishi jamiyatda oila institutini mustahkamlashga qaratilgandir. Bunday siyosatning fuqarolar tomonidan anglanishi ularda oila-nikoh munosabatlariga nisbatan cheksiz mas’uliyat hissini, o’zi qurgan oilaga nisbatan g’urur va uni qadrlash psixologiyasini shakllantiradi, albatta.
XXI asr konsepsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsad – milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy kadriyatlar va jamiyat taraqqiyoti istiqbollarini hisobga olgan oila va uning ijtimoiy muhofazasiga aloqador tashkilot va jamoatchilik muassasalari uchun, oila borasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga mas’ul bo’lgan ta’lim va tarbiya masakanlari, ota-onalar uchun o’zbek mentaliteti, xalqimizning o’lmas madaniy meroslari, milliy qadriyatlarni inobatga olgan va uning ertasini belgilovchi metodologik hamda nazariy-amaliy qarashlar majmuini yaratishdan iboratdir. Bu ish Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazida “Ona va bola yili” davlat dasturi doirasida ishlab chiqildi.
XXI asr oilasi konsepsiyasini yaratishdan ko’zlangan asosiy maqsad – O’zbekiston Respublikasining asriy an’analari, oilaviy urf-odatlari, milliy qadriyatlarini tarixiy-etnografik asosda o’rgangan holda O’zbekiston oilalarining istiqbolini belgilovchii ustivor vazifalarni va faoliyat strategiyalarini belgilashdan iboratdir.
O’zbekiston oilalariga xos bo’lgan ustivor xususiyatlar, milliy qadriyatlar darajasiga ko’tarilgan oilaviy udumlar, rasm-rusmlar va an’analarning shaxsga tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatuvchi jihatlari ilmiy jihatlarini ochishga yo’naltirilgan ushbu hujjat Respublikamizda istiqlol yillarida oilani ijtimoiy jihatdan himoya qilish, ota-onalarga berilgan imtiyozlar va bola tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning komil inson tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarini inbatga olgan holda mavjud bo’lgan muammolar doirasida oilaning istiqboli, rivojlanish tendensiyalarini belgilaydi. «XXI asr oilasi» konsepsiyasi asosida oilani kompleks o’rganish dasturi taklif etilgan.
Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to’g’risidagi ezgu g’oyalarimizga hamohangdir. Shunga tayangan holda XXI asrda oilalar rivojlanishiga asos bo’luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy omillar va tamoyillar quyidagicha ifodalanishi mumkin:

  • XXI asr oilasi jamiyatda ustivor bo’lgan demokratik tamoyillarga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning subektiv xohish-irodasiga qaram bo’lmaydigan, jamiyatni olg’a rivojlanishiga to’siq bo’luvchi illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo’lgan maskan rolini o’ynaydi;

  • Yangi asr oilasi milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg’or, insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan uyg’unlashtiruvchi tabiiy makondir;

  • XXI asr oilasi insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom ma’noda jamiyatda ustivor bo’lishi va har bir jamiyat a’zosi bo’lgan fuqaro tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o’ynaydi;

  • XXI asr oilasi umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda tinchlik va xavfsizllikni ta’minlanishi uchun ma’naviy qo’rg’on rolini o’ynaydigan ijtimoiy institutdir;

  • XXI asr oilasi “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Inson va uning manfaatlari har narsadan ulug’” degan tamoyillarni o’z a’zolari ongiga singdirish uchun qulay bo’lgan mafkuraviy muhitdir;

  • XXI asr oilasi xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizasiyasining eng ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtiradigan va shu asnoda har tomonlama barkamol sog’lom avlodni tarbiyalovchi maskandir;

  • XXI asr oilasi har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o’z halol va safarbar mehnati orqali ro’zg’orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy tadbirkorlik, ijara, oilaviy ishlab chiqarish, kasanachilik shakllaridan oqilona foydalanadi va oila byudjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shahobchalari xizmatidan unumli va o’rindi foydalanadi;

  • XXI asr oilasi o’z fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish orqali insonlarga berilgan huquq va erkinliklarga ongli munosabatini ta’minlovchi, bunda milliy, umuminsoniy va demokratik tamoyillar ma’no-mohiyatini etkazuvchi ijtimoiy institutdir;

  • XXI asr oilasi o’zining intellektual salohiyati, aql-zakovati va iqtidori bilan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanish orqali innovasion kashfiyotlar va yuksak texnologiyalarni oila barqarorligiga yo’naltiruvchi, sog’lom ijodiy muhitni ta’minlovchi makondir.

Milliy g’oyani omma ongiga singdirishni eng avvalo oiladan boshlash, oilaning etnopsixologik xususiyatlarini, oila a’zolari ongiga sog’lom fikrlarni singdirishning pedagogik tamoyillarini, psixologik mexanizmlarini, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ma’naviy-madaniy jihatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Bugun barchamizga istiqlol mafkurasi va milliy g’oya mamlakatimiz erishayotgan va erishajak yutuqlarning asoslaridan birini tashkil qilishi, millatni millat, xalqni xalq qilib birlashtiruvchi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining zaruriy mezoni ekanligi tarixiy haqiqatdir. “Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor”16.
Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs mafkuraviy tasavvurlarining asosida yotgan fazilatlar o’smirning eng avvalo oilaviy munosabatlar tizimida tutgan o’rnidan, ota va ona, oiladagi boshqa katta avlod vakillarining ijtimoiy mavqelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero, mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar shaxsning yaxlit strukturasidagi muhim omillardan hisoblanadi.
Milliy g’oyani oila muhitida bolaning ongi, qalbiga singdirishning muhim vositasi – bu oilaviy qadriyatlarni saqlash va ilg’or oilaviy an’analarni kundalik tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining bir bo’lagiga aylantirishdir. Bunda ota-onaning o’rni va roli bevosita xarakterga ega bo’lib, faqat sog’lom muomala va samimiyat muhitigina o’smirning dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab etishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir.
Shu nuqtai nazardan, oilaviy an’analar, rasm-rusmlar va odatlar orqali bolalarimiz ongiga milliy g’oyani va istiqlol mafkurasini singdirishni ta’minlovchi psixologik omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish o’ta dolzarb va muhim vazifadir.
Xalq psixologiyasida mafkuraviy ta’sirchan omillar mohiyatini bilish, yangicha rasm-rusmlar marosimlarning ahamiyatli tomonlarini kundalik turmush tarziga aylantirish yoshlar e’tiqodiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi pedagogik texnologiyalarga kiradi.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin