Education in Malaysia


Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə17/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi: tajriba-sinov ishlari Jizzax shahridagi H.Abdujabborov nomidagi 9-sonli umumta’lim maktablarida va JDPI qoshidagi 1 – sonli akademik liseylarda olib borildi, bitiruv malakaviy ish muallifi tomonidan amaliyot davomida o’quvchilar orasida olib borilgan suhbatlar, tarbiyaviy yo’nalishdagi tadbirlarda foydalanildi,
Ishning birinchi bobi oiladagi muosabatlar masalalarining nazariy metodologik jihatlari deb nomlangan. Bitiruv malakaviy ishning ushbu qismida, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida oilaning o’rni, oiladagi turmush tarzi va uning ziddiyatlarini o’rganishning ahamiyatini tadqiq qilish, oilaviy munosabatlarning ilmiy metodologik asoslari masalalari o’rganilgan.
Ishning ikkinchi bobi inqirozli oilalar uchun ijtimoiy psixologik xizmat mazmuni va mohiyati deb nomlangan. Ushbu bobda oilada er xotin munosabatlarning shakllanishi va uning psixologik jihatlarini ilmiy asoslash, oilaviy munosabatlarning buzilishi va ularning oqibatlarini ochib berish, inqirozli oila a’zolari uchun ijtimoiy psixologik xizmat ko’rsatishning maqsadi va mazmuni o’rganilgan.
Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’ yxati va ilovalardan tashkil topgan.


I – BOB. OILADAGI MUOSABATLAR MASALALARINING NAZARIY METODOLOGIK JIHATLARI

1.1. Oilaviy munosabatlarning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni

Tarixan oila va nikoh masalalarining qanday bo’lganligi, ushbu qadriyatlarga olimlar va allomalarning munosabatlari qanday bo’lganligi o’ta muhim va amaliy ahamiyatli hisoblangan.


Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu urug’-qabila bo’lib, u bir ayol urug’idan tarqagan, matriarxat zotidan kelib chiqadigan (uning qizlari, qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni o’zida birlashtirgan. Shu tariqa urug’ – mohiyatan matriarxal oila bo’lib, onaning zotidan tarqalgan barcha avlodni bir-biriga chatishtirib boravergan. Bunday urug’ shaklining saqlanib qolgan andozalaridan biri ruslardagi “matreshka” o’yinchog’i bo’lib, u bizga ona avlodlarining o’zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi.
Gruppaviy yoki guruhiy oila – bir necha opa-singillarning boshqa bir toifa erkaklar guruhi bilan nikohga kirishini taqozo etgan. Bunday ayollar yo o’z qavmidan bo’lgan erkakka yoki tamoman boshqa – begona urug’ning vakili bo’lmish erkakka turmushga chiqishi mumkin bo’lgan. Lekin avlodning kelib chiqishi onalik urug’iga bog’langan, otalikni belgilash holatlari inobatga olinmagan. S. Golodning yozishicha (1998 y.), onadan tarqagan avlodlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ham ko’pgina xalqlarda saqlanib kelgan.
Juftlik oila – alohida, bir-biriga unchalik yaqin bo’lmagan yoki mutloq begona ikki kishi o’rtasidagi nikohni nazarda tutgan bo’lib, ular o’rtasidagi munosabatlar har doim ham mustahkam bo’lmagan va tomonlarning xohish-irodasiga ko’ra u istalgan vaqtda barbod bo’lishi ham mumkin edi. Hozirda mavjud bo’lgan oilalarda shaklan shu model saqlab qolingan.
Patriarxal oila – bir erkak kishining bir yoki bir nechta ayol o’rtasidagi nikohiga asoslangan bo’lib, bunda erkakning huquqlari xotinnikidan ko’proq bo’lgan, nikohning bu shakli ayni xususiy mulkchilik rivojlangan davrlarda keng tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak huquqlari ustivor bo’lib, uning har qanday oila masalalarini yechish va qarorlar qabul qilishdagi mavqyei yuqori hisoblangan. Shu sababli avlodlarning kelib chiqishi, urug’ning tarqalishi kabi masalalar erkakning avlodlari shajarasidan boshlangan, mulkka egalik va unga vorislik ham erkaklar tabaqasi orqali yuritilgan.
Monogam oila – bir erkak va bir ayol juftligi o’rtasidagi nikoh munosabatlarini nazarda tutadi. Ularning er-xotinlik munosabatlari ham umrbod hisoblangan (qadimgi grek so’zlaridan olingan: “monos” – bir, yagona, tanho; “gamos” – nikoh ma’nosini bildiradi). Oilaning bunday shakli taxminan uch ming yillar avval paydo bo’lgan. O’z mohiyatiga ko’ra bu – patriarxal oilaning bir ko’rinishi hisoblanib, yaqin yillardan buyon oilaning bu shakli ayollar va ayollarning teng huquqliligi, bolalar tarbiyasidagi muayyan erkinlik, ona va bolaning oila hayotidagi nufuzi ortishi shaklida rivojlanib kelmoqda.
Lekin biz oila va nikoh tushunchalarining allomalar va taniqli olimlar izlanishlarida qanday ifoda etilganiga e’tiborni qaratamiz.
Ana shunday nikoh tarixiga qiziqqan olimlardan biri qadimgi grek faylasufi Platon bo’lgan. Uning fikricha, barcha zamon va makonlarda patriarxal oila ijtimoiy munosabatlarning, jamiyat hayotining asosi bo’ladi, davlat esa ana shu kabi oilalarning birlashuvidan paydo bo’lgan.2 Lekin Platonning o’zi o’z qarashlarini oxirigacha himoya qilib, fikrlarini yakunlay olmadi. “Ideal davlat”3 deb nomlangan loyihasida u jamiyatda hamjihatlikni ta’minlash uchun ayollar, bolalar birlashmalari va sarmoyalarning umumiyligiga erishish lozim, degan fikrni ilgari surdi. Lekin ayni shu oxirgi fikr aslida yangi emas edi. Qadimgi grek tarixchi olimi Geradot o’zining mashhur “Tarixlar” deb nomlangan asarida ayollar birlashmalari bir qator qabilalar uchun o’ziga xos xususiyat ekanligini ta’kidlagan edi4. Bu kabi ma’lumotlar antik davrga xos bo’lgan qator manbalarda o’z ifodasini topgan.
Aristotel Platonning izdoshi sifatida uning “ideal davlat”ga oid fikrlarini rivojlantirib, ustozining patriarxal, ya’ni, erkak kishi yetakchi bo’lgan oila modelini yoqlab fikr bildirgan. Uning fikricha, oilalar birlashib, “turar-joylarni”, “turar-joylar” birlashib, yaxlit davlatni tashkil etadi.5 Platon va Aristotellarning shu kabi nuqtai nazarlari anchagina davrgacha hukmron bo’ldi va oila jamiyatning bo’lagi sifatida, o’ziga xos bo’linmas patriarxal institut sifatida idrok etildi. Fransuz ma’rifatparvari Jan-Jak Russo o’z davrida “Oila – eng qadimiy va asli tabiiy bo’lgan jamiyat bo’lagidir. Oila – kerak bo’lsa, jamiyat siyosiy qiyofasini belgilovchi obraz, bunda yetakchi, rahbar – go’yoki ota misoli, xalq esa – farzandlar kabidir”6 deb yozgan edi. Bu aslida insoniyat tarixida uzoq vaqtgacha ustivor bo’lgan paternalizm tamoyilining yaqqol timsolidir (“patern” – ota, otalik, yetakchilik ma’nosini bildiradi).
Shunday qilib, antik davrning faylasuflari ham, ulardan keyingi o’rta asr, hattoki, yangi davrga kelib ham ko’plab tadqiqotchilar va allomalar oila institutiga alohida ahamiyat berib, o’z asarlarida ijtimoiy munosabatlarning tabiati va namoyon bo’lishini aynan oilaviy munosabatlarning xarakteridan qidirish lozimligi fikrini yoqlab keldilar. Shu kabi fikrni nemis faylasuflari Kant va Gegelning mutloq g’oyaga aloqador asarlarida ham ko’rish mumkin. Ular avvalo “oila” va “nikoh” tushunchalari o’rtasida bevosita aloqa mavjudligini ta’kidlaydilar. Shu bois bo’lsa kerak, hanuzgacha shu ikki tushuncha ko’pincha sinonimlarday o’zrao bog’liqlikda ishlatiladi. Shunday bo’lsada, oilashunoslar bu ikki tushunchaning o’rtasida nafaqat farq borligini, balki ular aslida tarixan turli davrlarda paydo bo’lganligini ham isbot qila oldilar.
Masalan, rus olimi A.G. Xarchevning kitoblarida bu ikki tushunchani farqlovchi jihatlar aniq belgilangan. Xususan, uning talqinida “nikoh – erkak va ayol o’rtasidagi tarixan o’zgaruvchan o’zaro munosabatlarni bildirib, shu orqali jamiyat ularning jinsiy hayotlarini tartibga soladi, o’zaro er-xotinlik munosabatlarini hamda farzandlari bilan shakllanadigan munosabatlarni, bu boradagi huquq va majburiyatlarni belgilaydi, yo’naltiradi”7. Oila esa nikohga nisbatan murakkabroq tabiatli munosabatlarni ifodalaydi, chunki u nafaqat er va xotinlarning o’zaro munosabatlarini, balki ularning farzandlari, qarindosh-urug’lar, ikkalalari uchun yaqin bo’lgan insonlar munosabatlarini ham qamrab oladi.
Oila va nikoh masalalariga tarixiy yondashuv shveysariyalik olim I.Baxoven (1815-1887) ishlarida, ayniqsa, uning “Onalik huquqi” kitobida yoritilgan. Undan tashqari, amerikalik tadqiqotchi L.Morgan (1818-1881)ning asarlarida ham oilaga nisbatan evolyusion qarashlar bayon etilgan bo’lib, “Qadimgi jamiyat” kitobi buning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bu asarlarda oila institutining bevosita jamiyat tarqqiyoti bilan bog’liqligi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog’liq ekanligi g’oyasi o’z isbotini topgan. Bu o’zgarishlar tarix mobaynida turli jins vakillari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga bog’liq tarzda kechishi ham ta’kidlangan.
Shunday qilib, iilani ijtimoiy institut sifatida idrok etish va uni ilmiy jihatdan o’rganish an’analari tarixi XIX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Ayni shu davrdan boshlab jahonning turli burchaklaridagi taniqli sosiologlar va antropologlar (L.Morgan, M.Kovalevskiy, B.Malinovkiy, P.Sorokin, keyinchalik A.Xarchev, S.Golod va boshqalar.) oila muammolarini o’zlarining aniq tadqiqot mavzulari sifatida o’rgana boshladilar.

Olimlarning ta’kidlashicha, oila institutining o’zi tabiati nuqtai nazaridan ancha konservativ, ya’ni o’zgarmas, turg’un tizim bo’lgani bois, jamiyat miqyosida ro’y beradigan o’zgarishlar oila doirasida taxminan 10-30-yillardan keyingina aks eta boshlaydi. Bundan tashqari, rus sosiologi S.Golodning yozishicha, Yevropa xalqlari hayotida, oilaviy munosabatlarda kuzatiladigan barcha ijobiy jarayonlar monogam, patriarxal oilaning saqlanib qolingani sababli ro’y bergan bo’lsa, qolgan barcha salbiy holatlar aksincha, oilada ro’y berayotgan salbiy, yomon jarayonlardan kelib chiqadi. Bu kabi talqinlar tabiiyki, ko’plab tadqiqotchilarga oila va uning istiqbolini tushunishga, mazkur yo’nalishda jiddiy tadqiqotlar olib borishga xalaqit beradi.


Shunga qaramay, oila institutida kuzatilayotgan har qanday o’zgarishlari odatda eng avvalo, ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o’zgarib borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog’onalarida erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Qayd etilgan holat bevosita oila hayotida ro’y berayotgan turli xil o’zgarishlarga, ham salbiy, ham ijobiy hodisalarga sabab bo’lmoqda.
Ikkala jins vakillari xaq-huquqlarining amalda tenglashib borayotganligi xotin-qizlarning erkaklar – yigitlar oldida o’zini tutishi va o’z navbatida yigitlarning qizlarga, erkaklarning ayoliga bo’lgan munosabatlari, xushomad qilishlarida o’z aksini topmoqda. Ayniqsa, Yevropa xalqlarida nikoh oldi sovchilik instituti yo’qolib, uning o’rniga o’z xohishi bilan o’ziga nikoh sheriginini tanlashi an’anasi barqarorlashdi. Lekin ayni holat saqlanib qolgan mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda oila institutiga munosabat boshqacharoq, ya’ni an’analarga sodiqlik saqlanib qolgan. Sovchilikning ahamiyati shundaki, bunda o’rtada turganlar, kelin-kuyov oilasini tanigan, bilgan, surishtirgan odamlar bo’lgani sababli ham ular yosh oilaning mustahkam bo’lishidan juda manfaatdordirlar, shuning uchun haqiqiy o’zbekona mezonlar, “teng-tengi bilan” tamoyili asosida, sovchilar yordamida qurilgan nikohlar aksariyat holatlarda mustahkam bo’ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, har bir davrda bo’lgani kabi hozir ham yoshlarning o’z ihtiyori bilan, bir-birlarini yoqtirib qolishlari oqibatida paydo bo’lgan oilalar mavjud. Yoshlarning ayrimlari o’z ixtiyori bilan qalliq tanlashni, yoqtirib, sevib turmush qurishni oldindan niyat qiladi. Shunisi borki, o’z ihtiyori bilan turmush o’rtog’i tanlashda ota-ona va oilasi manfaatlari, ularning istak-xohishlari deyarli inobatga olinmaydi. Odatda bu kabi yoshlar nikoh oldidan ota-otasining roziligini olmaydi, shu sababli, ko’pincha, bunday nikoh yengil-yelpi qarorlar oqibati bo’lib, uzoqqa bormasligi mumkin. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi 2003 yilda o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra, ajralishib ketgan yosh oilalarning 90 foizidan ortig’i nikoh motivi-sababi sifatida “sevish-sevilish”ni ko’rsatganlar.
Xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligi tufayli XX asrga kelib ayolning oila va jamiyatda tutgan o’rni va maqomi keskin o’zgardi. Oxirgi paytlarda butun dunyoda matriarxat davridagi kabi oilaning yetakchisi, boshlig’i roliga ko’pincha ayol da’vogarlik qila boshlashi kuzatildi. Buning oqibatida erkak kishining oiladagi yetakchilik roli, oilada resurslarni boshqarish, qarorlar qabul qilish va farzandlarni jamiyat hayotiga jalb etishdagi maqomi sezilarli darajada pastladi.
Ikkinchi tomondan, ayol-onaning oilasi va bola tarbiyasi uchun bo’sh vaqtining kamayib borayotganligi, reproduktiv mas’uliyatning jamiyatda lavozimlar pog’onasida yuqoriroq o’rin egallash istagiga nisbatan pastlab borayotganligi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Shu sababli sanoati rivojlangan mamlakatlarda tug’ilishlar sonining kamayib borayotganligi, oqibatda aholi sonining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Afsuski, bunday holatlar O’zbekistonning shahar hududlarida ham kuzatilmoqda.
Oilaning tarbiyalovchi vazifasi oila a’zolaridan tashqari boshqa insonlarga, muassasalarga – enaga va guvernantkalarga, yoki davlat tomonidan to’la muhofazaga olingan tashkilotlar – Mehribonlik uylari, Muruvvat uylari va boshqalar zimmasiga yuklatilmoqda. Sobiq totalitar tuzum davrida ushbu vazifaning davlat zimmasida ekanligi, individual, oilaviy tarbiyaning gruppaviy tarbiya bilan, tarbiyalanuvchi shaxsiga e’tiborning keskin kamayishi bilan o’zgartirildi. Oqibatda hyech kimga tegishli bo’lmagan, psixik va aqliy rivojlanishi o’rtamiyona bo’lgan bolalar paydo bo’ldi. Bu ochiq yoki yashirin onalik deprivasiyasini keltirib chiqardi.
Ya’ni, XX asr o’rtalariga kelib, monogam oilada o’zgacha uyg’unlik kashf etgan, yaxlit guruhday tasavvur etilgan oilaning vazifalari – nikohga kirish, jinsiy hayotni ta’minlash va o’zidan nasl qoldirish – reproduksiya bir-biri bilan bog’lanmagan vazifalar tarzida ayrocha, alohida funksiyalarday tasavvur etila boshlandi. Agar XIX asr oxirlarigacha oila paydo bo’lishi bilan unda farzandlar tug’ilishini kutish odatga aylangan bo’lsa, yangi davrga kelib, qachon tashkil bo’lganligiga qaramay, bola tug’ilishini rejalashtirmaydigan oilalar hamda boshqa tomondan, oilasiz, nikohsiz ham tug’iladigan bolalar ko’paydi. Ochiqroq aytadigan bo’lsak, turmushga chiqmasa-da, bola tug’adigan yolg’iz onalar ham paydo bo’ldi. Shu tariqa nikoh bilan oilaning reproduktiv vazifasi o’rtasida tafovut paydo bo’ldi.
Jinsiy hayot borasida sodir bo’lgan o’zgarishlar shuki, agar ilgari bunday munosabat oiladan tashqarida ro’y bersa, jamiyat ham, din ham uni qoralar edi. So’nggi o’n yilliklarda dunyo miqyosida erkaklar ham, ayollar ham erkin jinsiy hayotga oddiy munosabat sifatida qaraydigan bo’lishdi. Ma’naviy inqiroz hisoblanmish bunday munosabatlarga jamiyatning befarqligi ilg’or fikrlovchi insonlarni jiddiy tashvishga solmoqda. Buning asosiy sababi jamiyatda ma’naviy qadriyatlar inqirozga yuz tutgani bo’lsa, ikkinchi tomondan, bunga ayollar o’rtasida kontraseptiv vositalardan foydalanishning urf bo’lishi va ular o’zlariga berilgan ijtimoiy erkinliklarni noto’g’ri idrok etishlari, ommaviy axborot vositalari orqali u yoki bu xalq mentalitetiga mos kelmaydigan axborotlarning keng tarqalishi sabab bo’layotir.
Eng achinarlisi, ayrim yoshlar va ularning ota-onalari uchun “nikoh” va “ajrim” tushunchalari oddiy narsaday, ziddiyatsiz qabul qilinadigan bo’ldi. Ular o’z shaxsiy mas’uliyatini his etmayaptilar. Sanoat rivojlangan mamlakatlarda 51 foizgacha bo’lgan nikohlar muayyan muddatdan so’ng barbod bo’layotganligi odatiy holday qabul qilinadi. Chet el axborot vositalarining ba’zi taniqli shaxs, aktyor yoki millionerning har 3-4 yilda almashinib turiladigan nikohlari to’g’risida yozilayotgan maqolalari eng o’qimishli, qiziqarli axborotday talqin etilmoqda. Tabiiyki, bu ularni o’qiyotgan yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ta’kidlash joizki, bunday holatlarda ajrimlarning tashabbuskorlari ko’pincha ayollar bo’lib, bu o’z navbatida oila ajrimlari sonining ortib borishiga, farzandlarning aybsiz aybdorlarday noto’liq oilalarda tarbiyalanishiga olib keladi
ar qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o’sib borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga yetkazilib turilishidan manfaatdor bo’lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontyev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini o’rganib, ilk asarlaridan birida agar shunday muloqot bo’lmaganida, taraqqiyotning o’zi ham mutloq bo’lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim bo’lagi bo’lmish oilaning roli kattadir.
Demak, oila ijtimoiy institut sifatida eng avvalo tug’ilish orqali aholining ma’lum miqdorda muttasil o’sib borishi, odamlar o’rtasida migrasiya, ya’ni u yerdan bu yerga ko’chib turish yoki o’lim okibatida kamayib boradigan miqdorini to’ldirish vazifasini bajaradi. Chunki ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanish uchun mehnat resurslari va ishchi kuchining yangilanib borishidan jamiyat ham, odamlar ham manfaatdordir.
Bundan tashqari, har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o’lmas merosi, avloddan avlodga o’tib boradigan an’analari bo’ladi. Fuqarolik holatlari, madaniy o’sish, ma’naviy yuksalishga xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab keladi (rassomchilik, san’atshunoslik, hunarmandchilik, gulchilik, kulolchilik, ilmiy meroslar, agrar sohada va h-zo).
Umuman odamlar jamiyatining saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o’rtasida o’ziga xos “bufer” – ko’prik rolini o’ynab kelmoqda. Zero, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab, avloddan-avlodga yetkazishda davlat va jamiyatdagi ta’lim muassasalari, madaniyat o’choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o’zgarishlar tez-tez ro’y bergani sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab-avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo’lolmaydi. Shuning uchun davlat oilaning mustahkam va farovonligi, odamlarning unda tinchlik, xotirjamlikda yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o’zi, balki ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib boradi. O’zbekistonda yosh oilalarga ko’rsatilayotgan muruvvatlar, bola tug’ilishi va katta bo’lishi uchun suyunchi puli, nafaqalarning belgilanishi, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o’z burchini bajarmagan taqdirda moddiy, ma’naviy, hatto, jinoiy sanksiyalar orqali jazolanishi ushbu noyob maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keyingi avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom etishdan iboratdir. Tahlil etiladigan bo’lsa, odamlar o’rtasida ro’y beradigan ko’plab munosabatlar orasida faqat oilaviy munosabatlargina davlat tomonidan shunchalik ardoqlanadi, masalan, sevgi-muhabbat, do’st-yoronlik, odamlar urtasidagi oldi-sotti, tadbirkorlik. mehnat munosabatlariga davlat deyarli aralashmaydi.
Demak, oilaning jamiyat oldidagi vazifalari deganda, uning avvalo oila a’zolarining muayyan ehtiyojlarini qondirish hamda shu orqali davlat va jamiyatning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilish qobiliyati tushuniladi. Masalan, ota ishlab chikarish korxonasida ertadan kechgacha mehnat qilar ekan, bu bilan u nafaqat o’zining yeb-ichish, dam olish, turli xaridlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan ehtiyojini qondiradi, balki oila a’zolarini, birinchi navbatda farzandlari, uy bekasi bo’lsa, turmush o’rtog’ining ehtiyojlarini, qolaversa, u yoki bu korxonadagi rentabellikning oshishi, iqtisodiy ko’rsatkichlarning yuqori bo’lishiga, shu orqali o’z Vatanida ushbu sohaning rivojlanishiga hissa qo’shadi.
Oila psixologiyasiga oid ilmiy adabiyotlarda oilaning quyidagi funksiyalari – jamiyat oldidagi vazifalari farqlanadi:
Oilaning hissiy-emosional funksiyasi – bu uning o’z a’zolari o’rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o’rtasida mehr-oqibat, o’zaro g’amxo’rlik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bo’lib, insonning ruhiy salomatligi aynan shu vazifani qanday bajarayotganligiga bog’liqdir. Oilaning ma’naviy-psixologik muhiti sog’lom deganda, aslida ana shu a’zolar o’rtasidagi iliqlik, samimiyat, o’zaro bag’rikenglikning mavjudligi, mehr-oqibat kabi insoniy hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin