Ekspert tizimlari nima?


Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi"



Yüklə 26,15 Kb.
səhifə2/3
tarix07.06.2023
ölçüsü26,15 Kb.
#126565
1   2   3
Ekspert tizimlari nima

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Elchi janoblari, Toshkentdagi elchixonada siz bilan muloqot qilayotganimizdan bag'oyat mamnunmiz. Qarangki, shu paytgacha siz bilan Vashingtondan turib gaplashganmiz. Bu yerda suhbatlashish judayam maroqli, ayniqsa ikki yillik pandemiya ketidan, yuzma-yuz. Virtual aloqaga o'rganib qolgan edik.
Elchi Daniel Rozenblum: Ha, o'rganib qolgan edik. Odamlar bir joyda yonma-yon o'tirishi, niqobsiz bir-birimiz bilan gaplashishimiz, g'alati tuyulyapti endi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Elchixona to'liq holda ishga qaytgan ko'rinadi.
AQShning O'zbekistondagi elchixonasi hozirda to'liq rejimda ishlashga qaytgan.
Elchi Daniel Rozenblum: Ha, qaytgan.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Masofadan ishlashni to'xtatdingizmi?
Elchi Daniel Rozenblum: To'xtatdik, ammo pandemiya paytida bunday ishlashga o'rganganimiz foydali. Ancha moslashuvchan bo'lib qoldik. Ishxonaga qaytdik, niqob ham taqish shart emas. Bu albatta vaziyat ancha yaxshilanganidan dalolat. Ammo, bilasiz, ehtiyot bo'lishimiz zarur. Dunyoning ko'plab davlatlarida koronavirus yana avj oldi. Lekin ayni damdagi holatdan xursandmiz. Mana shunday o'tirib, muloqot qilishdek imkoniyatidan.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Tashqarida viza uchun uzun navbatda turgan odamlar ko'p. Hayajonda, asabiylashgan, kutishmoqda. Elchixona ham gavjum. Normal vaqtlardagidek.
Elchi Daniel Rozenblum: Ha, konsulligimiz ham normal rejimga qaytib, pandemiya paytida yig'ilib qolgan ishni bitirishga urinyapti. Juda katta sonda arizalar tushgan, immigratsion va no-immigratsion vizalar uchun. Konsulligimiz jarayonni osonlashtirish harakatida, chunki bilamiz, odamlar kutib charchagan. Buni o'zimga ham aytishadi, ko'chada, uchrashuvlarda. Viza uchun uchrashuv belgilanishi zarur. Unga esa talab ko'p. Bo'sh joy ochilishini kutish kerak. Biz albatta jarayonni yengillashtirishga harakat qilamiz, lekin bu oson emas. AQShga qiziqish yuqori ekani, shuncha odam bizga intilayotganini ko'rish bizni quvontiradi, albatta. Bu holat ikki davlat orasidagi rishtalar qanchalik mustahkam ekanini ham ko'rsatadi.

Yüklə 26,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin