EKZO- VA ENDOSERVITSITNI KELTIRIB CHIQARUVCHI XAVF OMILLARI VA ULARNING PROFILAKTIKASINI OPTIMALLASHTIRISH.
Matqurbonova Shaxlo Bahrom qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ayollarda jinsiy organlarining yallig'lanish kasalliklari chastotasining ko'payishi tufayli bachadon bo’yni yallig’lanish jarayoni tez-tez kuzatilmoqda.
Ekzo- va endoservitsit poliklinika bo'limlariga murojaat qilgan 70 foizgacha ayollarda aniqlanadi.
Ma'lumki, bachadon bo'yni jinsiy sistemaga patogenni kirishidan himoya qiluvchi biologik to'siqlardan biridir.
Bachadon bo’yni anatomik va fiziologik xususiyatlarining kombinatsiyasi (tor servikal kanal, sekretidagi IgA, lizotsim va bakteritsid xususiyatlariga ega bo'lgan boshqa moddalarni o'z ichiga olgan shilliq qavatning mavjudligi) patogenlarni kirishdan himoya qiladi. Himoya mexanizmlari tug'ruqdan keyingi bachadon shikastlanishi, abortlar, invaziv diagnostik jarayonlar tufayli buziladi, natijada infektsiya jinsiy yo'l bilan erkin kiradi va yallig'lanish jarayoni asosan ekzo- va endoservikslarda paydo bo’ladi.
Agar kasalliklar vulvovaginit yoki mahalliy immunitetning pasayishi bilan qo’shilib kelsa, bunda retsidivlanish ehtimoli ortadi.
Xulosa. Oilani rejalashtirishda, homiladorlikni rejalashtirishdan oldin, har bir tibbiy ko'rik paytida ayollarni yashirin infektsiyalarga tekshirish kerak. Ekzo- va endoservitsit, vaginit mavjud bo'lganda, bachadon bo'yni saratonini erta aniqlash uchun servikal kanal yuzasidan surtma olib, sitologik tekshirish kerak.
Har bir jinsiy sistemadagi invaziv diagnostik jarayonlar, shikastlanishlar, abortlardan keyingi asoratlar va retsidivlarni oldini olish uchun profilaktik davo muolajalarini olish shart.
Manzil : 220100 Xorazm viloyati Urganch sh. Al-Xorazmiy ko‘chasi 28-uy,
TTA Urganch filiali “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi
Ma’lumot uchun telefonlar: +998904382693
Elekton pochta manzili: matqurbonovashaxlo43@gmail.com