Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogonachalarga taqsimlanishi mavzusini o`qitish metodikasi


-rasm. Energetik pog`onalarda atom orbitallar energiyasi



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/36
tarix02.01.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#46709
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
element atomlarida elektronlarning energetik pogonalar va pogonachalarga taqsimlanishi mavzusini oqitish metodikasi (1)

9-rasm. Energetik pog`onalarda atom orbitallar energiyasi 

 

Bu  pog`onachalar  gruppalari  D.  I.  Mendeleyevning  elementlar  davriy 



sistemasiga  to`g`ri  keladigan  davr  ichidagi  orbitallarni  elektron  bilan  tulishish 

tartibini ifodalaydi. Pastidagi sonlar (2, 8, 18, 32) esa shu davrdagi element atomi 

orbitallarini tulishidagi elektronlar sonining yig`indisidir.  

Yuqoridagi  formuladan  va  quyidagi  rasmdan  ko`rinib  turibdiki,  3p 

pog`onachadan  keyin  orbitallarda  elektronlarning  tartibsiz  joylashishi  kuzatiladi, 

ya'ni  3p  pog`onachadan  keyin  3d-orbital  tulmasdan  4s-orbital  to`ladi.  Buning 

sababi  shundaki,  argonning  elektron  konfiguratsiyasiga  ega  bo`lgan  4s-  va  3d- 

elektronlarni atom yadrosida bir xilda ekranlashmaganligidir.  

4s-orbital atom yadroga o`tuvchi, shuning uchun u ichki elektronlar bilan kam 

o`tuvchan 3d-orbitalga qaraganda kam darajada ekranlashgan bo`ladi.  

4s-elektronlarni  kam  ekranlanishi  ularning  yadro  bilan  mustahkam 

bog`lanishda  bo`lishini,  3d-elektronlarning  ekranlanishining  kuchayishi,  ularning 

stabilligini  kamaytiradi.  Natijada  4s-elektronlar  3d  pog`onachadagi  elektronlarga 

nisbatan kam energiya zapasiga (energetik qulay sharoitga) ega bo`ladi. Biroq ular 



Tartib raqami 

Ene

rgiya

 


 

25 


energetik  pog`onada  bir-biridan  kam  farq  qiladi.  Elekron  energiyasi  kam  farq 

qiladigan pog`onachalar orbitallarini konkurent pog`onachalar deyiladi (yuqoridagi 

formulada qavs ichida berilgan).  

Har  bir pog`ona orbitallari bosh va orbital kvant sonlari yig`indisining (nQ1) 

ortib  borishi  tartibida  to`lib  boradi.  (V.  M.  Klechkovskiy  qoidasi).  Agar  bosh  va 

orbital kvant sonlar yig`indisi bir xil bo`lgan turli pog`onachalar bo`lsa, oldin bosh 

kvant  soni  kichik  bo`lgan  pog`onacha,  keyin  orbital  kvant  soni  katta  bo`lgan 

pog`onacha to`ladi.  

Yuqorida  aytib  utilganidek,  D.  I.  Mendeleyev  davriy  sistemasining  har  bir 

davr elementlarining tashqi kavati ns2 yoki ns2np6 elektronlar bilan to`ladi. Ko`p 

elektronli atomlarning elektron qavatlari Klechkovskiy qoidasiga muvofiq ravishda 

to`lib  boradi.  Demak,  ayrim  pog`onadagi  elektronlarning  maksimal  soni  quyidagi 

ifoda bilan aniqlanadi: 

N

mak



 = 2Nn = 2n2 

bu yerda: N

mak

 -pog`onadagi mumkin bo`lgan elektronlarni maksimal soni, 



Nn-orbitalning umumiy soni, n-bosh kvant soni.  

Shunday qilib, birinchi kvant pog`ona K - qavatda (nq1) 2 ta, L-qavatda (nq2) 

8 ta, M-qavatda (nq3) 18 ta va N-qavatda (nq4) 32 ta elektron bo`ladi.  

D.I.  Mendeleev  tomonidan  davriy  qonunning  kashf  etilishi  va  davriy 

sistemaning yaratilishi. Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifi. Davriy qonunning 

ahamiyati.  Katta  va  kichik  davrlar,  guruxlar  va  guruxchalar.  Elementlari  davriy 

sistemasidagi  o’rshshnng  uning  xossalariga  bog`liqligi.  Davrlarda  va  guruhlarda 

element 


atomlarining 

xossalari 

(radnus, 

ionlanish 

potensiali, 

nisbiy 


elektromanfiyligi,  elektronga  moyilligi,  oksid  va  gidroksidlarning  kislota,  asoslik 

xossalari) ning o’zgarish qonuniyatlari.  

  

Atom  yadrosi  va  uning  tarkibi:  izotoplar,  izobarlar  va  izotonlar.  Yadro 



reaksiyalari.  

D. I. Mendeleevning davriy qonuni va davriy sistemasi tabiatning eng muhim 

qonunlaridan biridir.  



 

26 


1869 yilda D. I. Mendeleev tomonidan ochilgan davriy  qonun hozirgi zamon 

tabiatshunosligida  eng  asosiy  qonunlardan  biri  hisoblanadi.  Bu  qonun  dunyoning 

material  birligini  bildirgani  uchun  nafaqat  kimyoda  balki  butun  tabiatshunoslikda 

juda katta ahamiyatga ega.  

Unda  kimyoni  fan  sifatidagi  mohiyati,  ya’ni  tarkibning  miqdor  o’zgarishlari 

ta’sirida,  sifat  o’zgarishlari  ekanligi  mujassamlangandir.  Boshqa  tabiiy  fanlar: 

fizika,  geokimyo,  kosmokimyo,  biokimyo  va  h.  k.  larning  rivojlanishida  ham 

davriy  qonun  va  davriy  sistemalarning  roli  juda  kattadir.  Uning  ahamiyati 

elementlarning  bitta  birlik  asosida  klassifikatsiyalash  bilan  chegaravanmaydi.  U 

har  bir  element  xossasini  sistemada  joylashgan  o’rni  asosiy  bashorat  kidadi.  Bu 

faqat  oddiy  moddalarning  fizik  xossalariga  emas  balki  butun  kompleks  kimyoviy 

xossalariga  ham  taaluqlidir:  har  bir  elementni  boshqa  elementlar  bilan  o’zaro 

ta’sirini,  hosil  bo’lishini,  tarkibi  va  xossalarini,  elemektlarning  kislota  -  asos, 

oksidlanish - qaytarilish xossalarini va boshqalarni bilish imkonini beradi.  

Davriy qonundan foydalanib Mendeleev hali noma’lum bo’lgan, elementlarni 

xossalarini  bashorat  qildi.  Ma’lumki  haqiqiy  ilmiy  nazariyaning  yoki  tabiiy 

qonunning  kuchi,  u  asosida  olingan  faktlarni  tushuntirishgina  emas,  balki  yangi 

faktlarni ko’ra bilish bilan bashorat qilishdadir.  

Davriy qonunning kashf etilishi va davriy snstemaning yaratilishi.  

XIX—asr  o’rtalariga  kelib  60  dan  ortiq  kimyoviy  elementlar  o’rganilgan 

(ayrim  manbalarda  63  ta  yoki  64  ta  kimyoviy  element  ma’lum  bo’lgani 

ko’rsatiladi)  bo’lib,  bu  elementlarning  atom  massalari,  valentliklari,  zichliklari 

hamda  eng  muhim  birikmalari  to’grisidagi  ma’lumotlar  ma’lum  bo’lgan. 

Elementlar  to’g`risidagi  ma’lumotlarni  to’planishi,  kimyoviy  elementlarni 

sistemalashtirishni  taqoza  qildi.  Buni  qilish  uchun  ko’pgina  kimyogar  olimlar 

urindilar  (Debereyner,  Dyuma,  Beyer  de  Shankartua,  Nyulends,  Odling,  Loter 

Meyer va hakozolar).  

Davriy qonunni ochish uchun eng yaqinlashgan nemis kimyogari Loter Meyer 

bo’ldi.  Bu  elementlarni  atom  massasi  ortib  borishi  asosida  joylashtirib,  davrlarni 

ajratib  oldi  va  o’xshash  elementlarni  vertikal  qatorlarga  joylanishini  ko’rsatdi. 




 

27 


Ammo L. Meyer ham, Mendeleyevgacha bo’lgan boshqa olimlar ham o’zlarining 

kashfiyotlarini ya’ni element massasi bilan ularning xossasi orasidagi bog`liqlikni 

ochib  bera  olmadilar.  Ularning  asosiy  kamchiliklari  bunday  bog`liqlikni  xossalari 

bir-biriga o’xshash bo’lgan elementlar orasidan topishga o`ttdilar. D. I. Mendeleev 

o’ngacha  qilingan  ishlarni  tanqidiy  nuqtai  nazardan  o’rganib,  bog`liqlikni 

kimyoviy  xossalari  butunlay  bir-biriga  o’xshash  bo’lmagan  elementlar  orasidan 

topishga  urindi  va  bog`liqlikni  elementlarni  atom  massalari  ortib  borishi  tartibida 

joylashtirib topdi.  

Mendeleev  barcha  elementlarni  atom  og`irliklarining  ortib  borishi  asosida 

joylashtirib,  kimyoviy  jihatdan  o’xshash  elementlar  muayyan  intervadlarda 

uchrashini  va  ma’lum  xossalarining  o’zi  elementlar  qatorida  davriy  suratda 

takrorlanishini payqadi.  

Mendeleev  tomonidan  topilgan  qonuniyatlar  bilan  tanishish  uchun  dastlabki 

20  ta  elementni  atom  massalarini  ortib  borishi  tartibi  va  ularning  tagiga  yuqori 

kislorodli birikmalarini formulalarini yozib chiqamiz: (formulalar elementning eng 

yuqori valentligiga mos keladi)  




Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin