43
Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga ega bo‘lib
kelgan. Innovatsiyalarni tijoratlashtirish esa yoki mukammallashmagan, yoki umuman
bo‘lmagan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida innovatsiyalar ishlab
chiqarishni emas, ularni amaliy qo‘llashni tashkillashtira oladiganlar g‘olib kelmoqda.
Innovatsion marketing iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy
biznesda ustuvorlikni «funksional» mahsulotlardan «innovatsion» mahsulotlarga
o‘tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi:
funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi
va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o‘tirmasdan xarid qilinadi (kerak bo‘lib qoldi
— ko‘rib qoldi — xarid qildi);
innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so‘nggi so‘zini
ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha
qisqaroq bo‘ladi.
Yangi mahsulot iste’molchi ahamiyatga ega deb hisoblaydigan har qanday
yangilik kiritish yoki mavjud tovarni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Biroq yangilik
darajasi turlicha bo‘lishi va bir necha pog‘onada ko‘rib chiqilishi mumkin. Korxona
uchun ilgari hech ham ishlab chiqarilmagan tovarlar innovatsion tovarlar bo‘ladi.
Shunday qilib, innovatsion marketing majmui maqsadli bozorga va innovatsiyalar
potensial iste’molchisiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, raqobat muhiti va
iste’molchilar istaklaridagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob qaytarish bo‘yicha amaliy
chora-tadbirlar yig‘indisini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: