41. Qaysi foydali
Bir kashfiyotni ishlab chiqarishga joriy qilish, ishlab
chiqarish xarajatlarini 50% ga, ikkinchisi 40% ga, uchinchisi
esa 10% ga kamaytiradi.
Uchala kashfiyot ham bira to'la ishlab chiqarishga joriy
qilinsa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari necha foizga
kamayadi?
42. Necha metr mato kerak
Qaysidir matoni yuvgandan keyin u bo'yiga o'n oltidan
bir qismga va eniga o'n sakkizdan bir qismga tortilgani
(qisqargani) ma’lum bo'ldi. Eni 0,9 metr bo'lgan matodan
yuvgandan keyin 51 kv. metr qolishi uchun necha metr sotib
olish kerak bo'ladi?
30
|