Ertalabki suhbatlar


- mavzu. “Atrofdagilar sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish”



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə35/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

7- mavzu. “Atrofdagilar sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish”
Bolalar ongida faqat o‘zlarining sog‘lig‘i to‘g‘risida emas, balki boshqalarning sog‘lig‘i to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik qilish kerakligi haqida tushuncha hosil qilish.
8- mavzu. “Yuqumli kasalliklar”
Bolalarga yuqumli kasalliklar va ularni qo‘zg‘atuvchi mikroblar, viruslar, batsillalar to‘g‘risida ma’lumot berish.
9-mavzu. “Shifokorlar bizning do‘stimiz”
Bolalarga shifokorlar bolalarni davolashlari, sog‘lom bo‘lishlari uchun yordam berishlari haqida gapirib berish. Shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilish lozimligini, tushuntirish jarayonida hayotiy voqealardan, badiiy adabiyotdan foydalanish.
10-mavzu. “Dori-darmonlar, vitaminlar va ularning ahamiyati”
Bolalarga dori- darmonlar haqida qisman ma’lumotlarni berish, dori-darmonlar qanday foyda keltirishi, qanday xavf-xatar tug‘dirishi mumkinligini aytib o‘tish. Bolalarga dori- darmonlarni faqat shifokorning tavsiyasiga binoan va kattalar ko‘magida iste’mol qilish kerakligini tushuntirish.
11-- mavzu. “ Birinchi tibbiy yordam berish”
Bolalarni jarohat olganida o‘zini qanday tutish kerakligiga o‘rgatish, barmoq kesilganida qo‘lni tepaga baland ko‘tarish va yordam uchun kattalarga murojaat qilish kerakligini aytib o‘tish va tushuntirish. Bolaning o‘ziga mustaqil ravishda birinchi yordam ko‘rsata olishiga odatlantirish, bosh oftobda aylanib ketsa darrov o‘tirib olish va soyada biroz dam olish yoki kattalarni chaqirish lozimligini uqdirish. Agarda yuz sovuqda muzlab qolsa yuzni sharf, qo‘lqop bilan isitish lozimligini aytish, oyoq muzlab qolsa bir oz yugurish, sakrash, barmoqlarni biroz ishlatish lozimligi haqida ma’lumot berish, oyoq xo‘l bo‘lsa darrov xo‘l kiyimni quruq kiyimga almashtirish, xo‘l paypoq va oyoq kiyimda yurmaslik kerakligi haqida aytib o‘tish.


V- bo‘lim “Bolaning ijobiy hissiyotlari”
1-mavzu “Bolalarda hissiy muvaffaqiyat tuyg‘ularini shakllantirish”
Maktabgacha yoshdagi bolalarni muvafaqqiyatsizliklarga munosabatlarini bildirishga o‘rgatish, bolalarda iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoqimli va yoqimsiz his tuyg‘ularga munosabatlarini aniqlash. Bu yoshdagi bolalarning his tuyg‘ulari ko‘p jihatidan ularning biologik ehtiyojlari qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liqligiga ahamiyat berish. Bu ehtiyojlarning qondirilmasligi bolalarda noxush sabablarga olib kelishini e’tiborga olish (norozilik, iztiroblanish tuyg‘ulari)
2-mavzu “Bolalardagi qo‘rquv”
Bolalarda qo‘rquvning yuzaga kelish sabablari. Bolalarning xissiy holatiga qo‘rquvning ta’siri(qorong‘ilikdan, ertak qahramonlaridan, hayvonlardan qo‘rqish). Bolalardagi qo‘rquv sabablarini aniqlash. Bolalarda qo‘rqishning oldini olish bo‘yicha individual suhbatlar, treninglar o‘tkazish Bolalarga nimalardan, qanday sabablarga ko‘ra qo‘rqishlari sabablarini aytib berish imkoniyatini yaratish. Bolalar fikrlariga nisbiy baho bermaslikka harakat qilish.
3-mavzu “Bolalar o‘rtasidagi keskin vaziyatlar va kelishmovchiliklar”

  • Bolalarda yuz beradigan xissiy holatlarning oqibat bilan bog‘liqligini bilish, shuningdek kishilarning xis-tuyg‘u va holatlarini aks ettiradigan badiiy adabiyot, ertak asosida yaratilgan o‘yinlar, ashulalar, bolalar va kattalarning munosabatini aks ettiruvchi sahna asarlaridan foydalanish;

  • bolalarning tengdoshlari, ular bilan munosabatlari, kim bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishlari, o‘ynashlari, do‘stlashishlari haqidagi tasavvurlarini boyitib borish;

  • Yüklə 322,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin